KO'ZLARINGNI YUM
Ular bir-birlarini juda sevishardi. Shunchalik sevishardiki, tasavvur qila olmasdilar hayotlarini bir- birlarisiz. Ular ikkisiyu, dunyoda boshqa hech kim yöqdek tuyulardi birga bölishsa... *Közlaringni yum* derdi har safar yigit. Shunday derdiyu qiz közini ochganda qölida gul va chiroyli sovg'alar tutardi unga. Qiz har gal yigitdan közlaringni yum degan sözlarni eshitganida qalbiga shu qadar sevinch tölib ketardiki, bu sevinch uning shaxlo közlaridan nur bölib yog'ilardi yigitga. Yigit shu közlardagi nurni sevardi. Shuning uchun har gal qizga yangi va kutilmagan narsalar sovg'a qilishga urinardi u. Shunaqa beg'ubor edi ularning muhabbatlari... Vaqtlar ötaverdi. Kun kelib, yigit uzuk xarid qildi. Uchib borgisi keldi qizning yoniga. Borsada *közlaringni yum* desa, qiz közlarini ochganda uzukni tutib turmushga chiqishni taklif etsa... Qiz qanchalik quvonadiya. Uchrashuv belgilandi. Qiz vaqtliroq kelib kuta boshladi. Yigit ham körindi. Qöllarida qiz sevgan qip-qizil atirgullar. Oshiqlar bir-birlariga talpindilar. Yigit lablarida tabassum b-n qizga termulib kelardi. Butun hayoli qizda edi va voqe'likni bir zumga unutib q6ydi. Shu bir zumlik loqaydlik uchun taqdir uni jazoladi. Taqdir chizig'i belgilagan ekan, köchadan ötayotgan yigitni mashina urvordi. Atirgullar havoga uchdi. Yigit ancha narida qip-qizil qonga belanib yotardi. U boshini qiz tomonga burib nigohlari b-n uni qidirdi. Qiz yig'lardi... U yugurib kelib yigitni quchog'iga oldi. *Yig'lama tentak qiz, men yaxshiman* dedi yigit qizga shivirlab. Ularning atrofida tezda odam töplandi. Yigit bn qiz esa bir-birlariga jim termulib turardilar. *Közlaringni yum* dedi nihoyat yigit qizga. Qiz yigit aytgandek közlarini yumdi. Ochganida... Ochganida endi yigit yo'q edi. Ajal farishtalari bir zum kutmadilar, ishlari ham bölmadi bu gözal sevgi bilan. Qiz umrida birinchi bor közlarini yumganidan afsuslandi. U yig'lardi... O'ksinib yig'lardi......