Samir bolaligida yetim qolgach,ko'chalarda tentirab,och-naxor qolib,qishni qaxratonlarida muzlab qolishiga bir bahiya qolganida,uni bir odam asrab oldi.U odamning ismi Qoir,tayini yo'q,o'g'ri va qotil edi.Qoir Samirni ham shu yo'lga boshladi.
Oradan yillar o'tdi.Samir ulg'aydi.U juda qudratli va qahrli kimsaga aylandi.Shaxarda turli katta o'g'riliklar,zo'rlashlar,do'pposlashlar u tomonidan sodir etilardi.Biroq uni hech kim fosh etolmasdi.Samir juda boyidi.Uni bilmagan odam kamtarin,biroz lapashangroq deb o'ylardi.Samir shaxardagi eng kuchli mafiyaga aylandi.U o'z ishlari bilan band bo'lib yurganida uning oldiga Qoir keldi. |Uzbeklar.net|
-Samir,senga muhim topshiriq,uying yonidagi kafeni boshlig'i To'rani o'ldirasan,lekin bu tabiiy bo'lsin.Hech kim bilmasin
-Sabab?
-Eee,senga sabab kerakmi,sabab-seni bolaligingda o'lmaganing,sabab-seni boqqanim,-sabab-u meni dushmanim,sabab-u meni xotinimni yo'ldan urib,o'zi uylanib olgani,sabab-6oylik o'g'lim ona sutisiz qolib,oxiri muzday qabrga kirgani!!!
-Bo'ldi,Qoir aka,siz aytgandek bo'ladi.
-Avval uni sindir,azobla.Faqat iz qolmasin,toza ishla.
Samir buyruq asosida yasama hujjatlar yasab,Aziz ismi bilan To'rani oldiga bordi.Samirning shirin suxoni,aqlu zakovatga To'ra tan berdi.Uni o'ziga tansoqchilikka yolladi.Samir avval To'rani zimdan o'rgana boshladi.To'ra Samirdanda badavlat va xudbin odam edi.U ishxonalaridagi qizlarga tajovuz qilar,ularni xo'rlar edi.Samir yangi boshlig'ini tinimsiz kuzatar,uni nozik joyini izlardi. Prosta ASNOSA