Oradan yana kunlar o'taverdi.Samir ovqatlangani oshxonaga tushdi.
-Assalomalekum tog'a,ovqat suzib beraymi?-Samir yoqimtoy ovoz kelgan tomonga yuzlandi.Axir bu tunov kechadagi qizku.
-Tog'a deysanmi?Yoshing nechada-u noqulay vaziyatga tushdi.Axir u qizlarni maftun etar,qizlar "kachok" deb aytardi unga.
-19da.
-Hh,mandan 7yoshgina kichik ekansanu,tog'aaaa deysana.
-Uzr,tog'a,haligi,xafa qildimmi?
-Albatta-Samir negadir hazillashgisi keldi
-Kechiring,mana ovqatingiz.
Samir qo'lini yuvish uchun o'rnidan turib bir qadam tashlagandi hamki,pollattaga sirpanib yiqilib tushdi.Qiz xandon otib kuldi.
-Nega kulasan-Samir baqirdi.
-Kulgilida tog'a.
-Nima tog'angni topolmadingmi?Kel yordamlash.-Qiz unga yordamlashish uchun qo'lini cho'zdi.Samir qizni qo'lidan tutganida yuragida qanaqadir iliqlik yugurdi.Ko'zlarini qizdan uzolmay qoldi.Buncha chiroyli,Sochlari qop-qora,yuzlari oppoq,kipriklari uzun,qoshlari qalam.
-Ey,turing,odam ko'rmaganmisiz?
-Sendaqasini yo'q.
-Uyalmaysizmi,o'zizdan yosh qizga gap otgani.Shu erkaklarga ham hayronman,qorni to'q bo'lsa ham menyudan ko'zini uzmaydi.
-Xuddi,pinvingchaga o'xsharkansan |Uzbeklar.net|
-Aaaaa?o'ldiraman,mani yigitim bor,sizga o'xshab qorovul emas,harbiy.Sizdek tog' emas,chiroyli.Biz unashtirilganmiz,kerak bo'lsa
-Sendan birov so'radimi ,bor kofe olib kel yaxshisi
-Xo'p.
-Ismimg nima?
-Zuxra
-Zuxra,ro'moling qanii?
-Uff,Alisher Fayzda.
-Zuxraaa-bir xotin Zuxrani izlab keldi-dasturxonga tortilmay qolib ketgan ovqatlar,shirinliklarni uyingga olib ket.Mana 2ta sumkada
-Xo'p,raxmat.-Zuxra sumklarni oldida uyga ketayotgan edi.-Uff,og'ir ekan,endi 2marta qatnarkanman.
-Men yordamlashaymi?
-Yo'g'e tog'a,raxmat ovvora bolmang.
-Oboraman,sen esa ko'p gapirib boshimni o'g'ritma,xop.
-Xo'p