Samir Zuxrani yuklarini ko'tarib,uyigacha olib ketar edi.U negadir Zuxrani jig'iga tekganida xursand bo'lib ketardi.Lekin shuni ta'kidlashim lozimki,Zuxra tufayli u umrida 2-marta,hozir yordamlashgani va dori olib berib yaxshilikka qo'l urishi edi.
-Tog'a,sizga bir gap aytaymi?
-Uff,tog'a-tog'a-tog'a,aaaayt
-Siz Ulug'bek Qodirovga o'xsharkansiz
-Kimu?
-Eee,mashxur aktyorku.
-Sen ham bir mashxur aktrisaga o'xsharkansan
-Yo'g'e,menmi,kimga? |Uzbeklar.net|
-Klara Jalilovaga-Samirga hazillashish juda yoqdi.
-Nimaaa??? Boringe,siz bilan gaplashmayman.So'ng ikkoloviyam indamay ketishdi.Qaqajon Zuxra uzoq gaplashmaslikka chidolmay yana gap boshladi.
-Tog'a,bolalariyiz bormi?
-Yo'q.
-E,shunaqami,siqilmang,xudodan sitqidildan so'rasangiz,albatta bo'ladi.Mana opamda ham 7-yil bola bo'lmadi,hozir esa egizakchalari bor.Odamni tirnoqqa zor qilmasin iloyim.-Samir uni gaplaridan ensasi qotib kulardi-Voy nega kulasiz,yurakdan shuni istayapman,har duo qilganimozda siz uchun so'rayman
-E,pingvinjon,hali uylanmaganman.Sen esa nimalar demaysana?
Ular qizning uyiga yetgach,Samir o'z uyiga qaytdi.Uning xayolida qizning oxirgi "Yaxshi odam ekansiz" gapi aylanardi."Yaxshi odam,u qanaqa bo'ladi,u kimgadir ziyon yetkarmaydimi.Menchi,men yana odam o'ldirmoqchiman.Birinchi marta 15 yoshimda odam o'ldirganman.Yana o'ldirishim kerak.To'rani yigitlarimdan biriga aytib o'ldirtirishim mumkin edi.Lekin o'zim buni qilmoqchiman.Nega,Qoir akam xoxlaganigami.Yoki uning hayoti To'ra tufayli barbod bo'lgani nafrarimni qo'zitdimi?
O'g'riliklar,boyvachchalarni qo'rqitib pul olish, boylik-faqat boylik orttirishga urinibman.Tunlari ishratxonalar,narkobiznes.Yo'q-yo'q,men yomon odamman,shundayligimcha qolaman,shundayligimcha o'lib ketaman.Zuxrachi,umrimda unaqa odam ko'rmaganman,u oppoq farishtaga o'xshaydi.Qalbi toza."
Samir shunday xayollar bilan uyiga keldi.