Yigit- Allo... Qiz- Tinchlikmi? Yigit- Nima tinchlikmi? Qiz- Kechasi soat ikki yarimda telefon qilayapsiz? Yigit- Baribir uxlamayapsanku Qiz- Ha, lekin uxlashim mumkin edi Yigit- mumkin edi…. Qiz- Nega qöng'iroq qildiz? Yigit- Senda birgina savol… Menda bölsa qancha javobsiz qolgan savollar bor, bilasanmi? Qiz- Bilishni xohlamayman... Yigit- Qaysar! (tr) Qiz- hammasiga meni ayblamang. Endi kech, hammasi tugagan… Yigit- Lekin sen hozir ovozimni eshitishni xohlayotganding… Qiz- umuman unaqa emas. Qayerdan oldiz bu gapni? Yigit- O`zing xohlamaganingda va notanish raqamdan qo`ng`iroq bölsa ko`tarmasdingku. Qiz- Hammasi o`zgargan… Yigit- Sen o`zgarmaysan, saqichni qo`y. Qiz- hali chaynamadimu Yigit- Qo`y dedim! Qiz- qo`ydim... Yigit- Meni unutish uchun qilgan hamma harakatlaring bekor ketdi, shunaqami? Qiz- Siz menga azob berish uchun telefon qildizmi? Yigit- Savolga savol bilan javob berishing… savolga javob ber? Qiz- …. Ha Yigit- Hozir nimani xohlayapsan? Qiz- Nima farqi bor endi…. Baribir iloji yo`q Yigit- Aniqmi? Qiz- tiniq.. Yigit- Derazangni och! Qiz- ochdim Yigit- ko`rmayapsanmi? Qiz- a? voy… nega? Yigit- Nega…nega keldimmi? Seni ovozingni eshitgim, yuz- ko`zingni ko`rgim keldi… Iforingni sog`indim… Bilasanmi, ikki oy oldingi suhbatimiz, bu ahmoqona xato edi. Senig aybing yo`q edi, aksincha, hammasi meni aybim bilan böldi… Buni tan olaman. Negaki sen mening borlig`imsan, hayotim mazmunisan. Sensiz men hech kimman. Qiz-... Yigit- Nega yig`layapsan? Qiz- Sog`indim… Yigit- Bu yoshlar "sog`indim”dan ko`proq… Qiz- to`g`ri... Yigit- Meni kechir... Yoningga qaytishimga ruhsat ber Qiz- Sizdan qochib qayoqqa ham ketardim… Yigit- Tabassumingni sog`ingandim…. Qiz- Nega oldinroq kelmadiz? Yigit- Yoningga yo`latmas eding. Qiz- qayerdan bilasiz, balki…. Yigit- Men hamma narsani bilaman. Ayniqsa seni. Qiz- Nima men sizga kino yoki kitobmanmi (tr) Yigit- yöq, shunchaki meni hayolim har doim senda. Qiz- ... Yigit- Endi kirib yot, boshqa hech qachon ketmayman yoningdan. Qiz- haydasamchi? Yigit- haydasang ham Qiz- Sizni sevaman... Yigit- Men esa seni…