MENI YAXSHI KO'RASIZMI ?!

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотров : 517
  • Коммент: 0
MENI YAXSHI KO'RASIZMI ?!
—Sen hadeb yig‘layverma, nima kuyoving kar, soqov, cho‘loq-po‘loqmi? Tuppa-tuzuk, binoiydek yigit,- dedi Qudrat tog‘a “piq-piq” yig‘layotgan xotinini yupatib.
Saodat xola esa yig‘idan qizargan ko‘zlarini ro‘molining uchi bilan artib
—Dadasi, qizingiz hali yosh, buni ustiga endigina talaba bo‘ldi. O‘zidan o‘n ikki yosh katta kishiga tegib nima rohat-farog‘at ko‘radi. O‘ylab ish qiling. Jon dadasi to‘yni qaytaring. Bolam bechora fotiha qilingan kunidan boshlab yig‘layverib adoi tamom bo‘ldiku, - deya yana ko‘z yosh to‘kishga tushdi.
—Senga nima deyapman, esi past. Endi to‘y buzilmaydi, men aytgan gapimda turaman. Uzoq yillik qadrdonimning o‘g‘li, otasining ruhi shod bo‘lishi uchun ham unga o‘zim otalik qilishim kerak, keyin yoshi katta bo‘lsa qizingni ko‘proq hurmat qiladi, uni ko‘proq asrab-avaylaydi. Qizing ham bir kun, yarim kun yig‘lab, ko‘nib qoladi.
Qudrat tog‘a shu so‘zlarni aytardi-yu, o‘zining ham yuragida qiziga bo‘lgan mehru muhabbat ustunligi sababli ozgina xijillik borligini ayoliga sezdirmasdi.
Bir tomondan o‘n sakkiz yoshli qizini o‘ttiz yoshli yigitga uzatish balki to‘g‘ri emasdir, chunki kuyov bo‘lmish Abdufotih tengqurlaridan ancha kech uylanyapti. Ayni u turmush qurishi kerak bo‘lgan pallalarda otasi, so‘ngra onasi bandalikni bajo keltirishdi. Aka-opalari uyli-joyli bo‘lib, oyoqqa turgunlaricha yillar o‘tdi. Abdufotih afg‘on tuprog‘ida harbiy xizmatni o‘tadi, so‘ngra vataniga qaytib oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qidi. Hozir ancha o‘zini tiklab oldi. Yosh bo‘lishiga qaramay tumandagi to‘rtta “kattakonning” biri. Ya’ni u tuman prokurorining o‘rinbosari. O‘ziga yarasha hurmat-e’tibori bor. Abdufotihga qolsaku yana bir-ikki yil, prokuror bo‘lguncha uylanmay ham yurishi mumkin edi, lekin umr o‘tib ketyapti. Keyin “Fotihjon, bolalar katta bo‘lyapti, farzandlar nechta, kelin yaxshi yuribdimi?” degan gaplardan charchadi. O‘zining yaqin-atrofidagi kishilarku “qachongacha bo‘ydoq yurmoqchisan, uylanmasang tuman prokurori bo‘lolmaysan” deya qulog‘ini qoqib qo‘liga berishdi. Ana shunday uylanishga qasd qilib yurgan kunlarining birida u ko‘chada rahmatli otasining do‘sti Qudrat tog‘ani ko‘rib qoldi. Undan hol-ahvol so‘radi, Qudrat tog‘alarning qishlog‘i tomonga ketayotganligi sababli cholni uyiga tashlab qo‘ymoqchi bo‘ldi. Qudrat tog‘a o‘g‘lidek bo‘lib qolgan bu yigitga
—Bolam, rahmatli dadangga juda o‘xshab qolibsan. Bir paytlar dadang ikkimiz birga suratga tushgandik. Hozir o‘sha rasmni ko‘rsang “yo tavba, bu menmanku” deb yuborishing aniq, iloyo o‘zing o‘xshasang ham umring o‘xshamasin, tuproq olsang oltin bo‘lsin, olginu oldirmagin, umringdan baraka top” deya duo bilan so‘zini tugatdi.
Ana shu pallada Abdufotihda dadasining yoshlikdagi rasmini ko‘rish istagi tug‘ildi. Agar Qudrat tog‘a o‘sha suratni berib tursa balki kattalashtirib ham olar.
—Tog‘a, o‘sha rasmni juda ko‘rgim kelyapti. Uni menga berib tursangiz, ko‘paytirib, ham kattalashtirib olardim, -dedi.
—Bolam, shunday qilsang savobga qolarding. Odam odamga g‘animat. Biznikiga tez-tez kelib tur, seni ko‘rib tursam otang Abdumavlonni ko‘rgandek bo‘laman. Rahmatli xo‘b yaxshi, odamoxun, dilkash inson edi. Surating o‘xshabdi, siyrating ham otangnikiday bo‘lsin.
—Rahmat tog‘a.
Mana shu suhbat tugaganda mashina Qudrat tog‘aning darvozasi oldida turardi. Abdufotih bolaligida kelib, kunlab qolib, mazza qilib o‘ynaydigan uyga kirib kelar ekan, beixtiyor bolalik xotiralarini, dadasining mehribonchiliklarini, ikki do‘stning soatlab suhbatlashishlarini, ba’zan janjallashib, ba’zan hazillashib shaxmat o‘ynashlarini esladi. Bolalik beg‘uborlik fasli ekanda. Bu hovliga oxirgi marta qachon kelganligini ham eslolmadi. O‘n ikki-o‘n uch yoshlarida kelganida Qudrat tog‘asining xotini Saodat xola qizaloq ko‘rgan edi. Shiringina, jajjigina chaqaloqni unga ko‘tartirib qo‘yishganida “men qiz bolamanmi, chaqaloq ko‘taraman” deya yig‘lab bergani esiga tushib kulib yubordi. Yillar o‘tib ham xotirasidan o‘chmagan bu voqeani Qudrat tog‘aga ham eslatgisi keldi.
—Tog‘a, men ikkinchimi-uchinchi sinfda o‘qiyotganimda qizli bo‘lgandingiz. Uni ismi nimaydi. Hozir katta bo‘lib qolgandir, - dedi.
—Ha, Gulnigorni aytyapsanmi? Esingdami uni ko‘targin deb senga berganimizda rosa yig‘laganding “qizlar chaqaloq ko‘taradi, men o‘g‘il bolaman” deb. Hozir u “ustudent”, ma’limlikka o‘qiyapti.
Abdufotihni ko‘rib Saodat xola ham quvonib ketdi. Bolam-bo‘tamlab uni ko‘rpachaga taklif etdi. Hovlining ozodaligini, saranjom-sarishtaligini, judayam fayzli ekanligini ko‘rib uning dili yayradi. Bu oila bilan nega bordi-keldini uzib qo‘yganligiga o‘zi ham hayron bo‘ldi. Axir otasining eng yaqin oshnasi, qadrdon do‘sti mana shu Qudrat tog‘aku?
—Bor onasi, rasmlar turadigan jomadonni olib chiq. O‘g‘limga bir o‘zini ko‘rsatib qo‘yay. Bilasanmi, Abdumavlon bilan tushgan suratimiz borku, hozir Abdufotih xuddi dadasiga o‘xshab qolibdi, - dedi Qudrat tog‘a.
Saodat xola olib chiqqan chomadon to‘la rasm ekan. Abdufotih ularni bir-bir tomosha qila boshladi. Mana tog‘a shop mo‘ylovlarini burab tushibdi, iy manovi tog‘aning katta o‘g‘li Mirvosilmi, egniga hech narsa kiymagan ekan. Bu qizcha kim bo‘ldiykin, ko‘zlarining chiroyliligini ko‘ring. Maktab formasi ham juda yarashgan ekan. Qudrat tog‘aning katta qizlarining hech biriga o‘xshamaydiyam. Balki ularning birorta sinfdoshimikan? Ha, mana Qudrat tog‘a aytgan surat. Haqiqatdan ham kishiga o‘tkir nigohlarini qadab, nim tabassum qilib turgan, qo‘lini o‘rtog‘ining bo‘ynidan o‘tkazib olgan yigit Abdufotihku. Tavba odam odamga shu darajada o‘xshaydimi? Rahmatli dadasi shu darajada chiroyli yigit bo‘lgan ekanda? Bejiz aytishmasakanda “qazisan qatrasan, asl naslingga tortasan” deb. Ayniqsa, ko‘z qarashlari juda-juda o‘xsharkan.
—Bu rasmga shaharga borganimizda tushgandik. O‘shanda dadang meni majburlab rasmxonaga olib kirgandi. Mana rahmatlini o‘sha ishi yaxshi bo‘lgan ekan, xotira bo‘lib qoldi.
—Tog‘a, rasmni olib ketaveraymi, kattalashtiraman, ko‘paytiraman, bittasini sizga ham olib kelib beraman. Aka-opalarimga bittadan beraman. Rahmat sizga shu paytgacha bu rasmni yo‘qotmasdan avaylab kelganingiz uchun. Ha, tog‘a manavi qiz kim, tanimadim, - dedi Abdufotih ko‘zlari chiroyli qizni ko‘rsatib.
—Bu Gulnigorku, nahotki, uni tanimagan bo‘lsang. Ha, qayoqdan ham tanirding, otang o‘lganida u kichkinagina qizcha edi. O‘shandan buyon sizlar kelmaysizlar, men ham o‘zimdan ortib, ularni sizlarnikiga olib borolmayman.
—O‘rtog‘im Mirkamol nima qilyapti. Bir ko‘rganimda poytaxtga ishga chaqirishyapti, ko‘chib ketyapman, degandi. Oilali, bola-chaqali bo‘lib ketdimi?
—Ha, xudoga shukr Mirvosil akang ham, opalaring Tamara, Munis, Habibalar ham oilali, bola-chaqali, uyli-joyli bo‘lib ketishgan. Bir etak nevaralarim bor. Yaqinda Tamara opangni qizini ham chiqarmoqchimiz. Xudo xohlasa, kenjamiz Gulnigorni ham egasiga topshirib olsam, dunyodan bearmon ketardim.
—Ha, xudo xohlasa. Lekin tog‘ajon dunyodan ketishni o‘ylamang. Hali meni uylantirishingiz kerak.
Qudrat tog‘a angrayib qoldi. Chunki u o‘g‘li Mirkamol bilan tengdosh bo‘lgan Abdufotihni uylangan, bolali bo‘lgan deb yurardi.
—Ie, bolam, hali boshing ikkita bo‘lmadi? Qara, men juda oqibatsiz do‘st chiqib qoldimku? Seni akalaring allaqachon uylantirgan deb o‘ylab yurardim. Hatto, do‘stim o‘lib ketdi, farzandlari esa beoqibat chiqdi. Meni to‘y-ma’rakalariga ham aytishmaydi, bir marta yo‘qlab kelishmaydi deb xafa bo‘lib yurardim.
—Ha, tog‘a. Otamning o‘limidan so‘ng men harbiy xizmatga ketdim. Keyin o‘qidim. Ozgina o‘zimni tiklab olay, oila boqishga yetarli mablag‘ to‘play, qarindosh-urug‘larimga yuk bo‘lmay deb tinim bilmay ishladim. Ishlayveribmanu lekin umrim o‘tib ketganligini sezmabman. Mana hanuzgacha o‘z kirimni o‘zim yuvib, o‘zim ovqat pishirib yashab yuribman. Pul ham topdim, obro‘-e’tibor ham, lekin hali baxt topmadim. Balki otam, onam o‘lmaganida bunday bo‘lmasmidi?
Qudrat tog‘a nima deyishni bilmay yerga qaradi. Yaxshi do‘stim, oshnam, og‘aynim deb yuraveribdiyu, lekin odamgarchilik yuzasidan bir bora mana shu yetimlar xolidan xabar olmabdi. O‘z o‘g‘illarini dang‘illama to‘y qilib uylabdiyu, o‘rtog‘ining yetim qolgan farzandlari taqdiri bilan qiziqmabdi. Mana shu pallada boshi yerga egildi. U Abdufotihga qarayolmay qoldi. Bunday mushkul vaziyatdan uni qizi Gulnigor qutqardi. Gulnigor oshdan avval qo‘l yuvdirish uchun yelkasida sochiq, qo‘lida chilopchin va obdasta bilan salom berib chorpoya yaqiniga keldi. Abdufotih uning salomiga alik oldiyu nima qilishni bilmay turaverdi. Qarshisida ertaklarda tasvirlanadigan husnu malohatda tengsiz cho‘pon qizi turardi. Bir muddatdan so‘ng hushini yig‘ib olgan Abdufotih qo‘lini yuvdi va
—Tog‘a, Gulnigoringiz shumi? Katta qiz bo‘lib qolibdiku? Bizni uyingizda bo‘ladigan to‘ylarga aytmagansiz, endi Gulnigorning to‘yini bizsiz o‘tkazib yubormang, - deya oldi xolos. Shu pallada uning yuragini nimadir kuydirayotgandi.
—Albatta, joyidan chiqsa buni ham uzatamiz. To‘yda qamishdan bel bog‘lab xizmat qilasizda, o‘g‘lim.
Osh yeyildi, dasturxonga fotiha o‘qildi. Abdufotih Qudrat tog‘aning duosini olib chiqib ketdi. Ko‘chaga chiqib mashinasiga o‘tirgach, eng aziz bir narsasi mana shu hovlida, darvozaning narigi tomonida qolayotganligini his qildi. Unda bunday tuyg‘u deyarli bo‘lmasdi, mana shu yoshigacha juda ko‘p qizlar bilan hamsuhbat bo‘ldi, ko‘pgina qizlarga dil izhorlarini qildi, yana talaygina sohibjamollardan sevgi maktublarini oldi, lekin hech qachon hozirgiday tuyg‘uni tuymagandi. Yuragi hozirgiday “jimirlab” og‘rimagandi. U Gulnigorni sevolmaydi. Bunga ko‘pgina to‘siqlar bor. Eng kattasi ularning yoshidagi farq. Kim ham qizini o‘ttiz yoshdan o‘tgan, o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshli qizlar ta’biri bilan aytiladigan “chol”ga berardi. Abdufotih mana shularni o‘ylab mashinasini ohista o‘t oldirdi.
Ikki kundan so‘ng u kattalashtirilgan suratni ko‘tarib Qudrat tog‘alarnikiga kirib bordi. Abdufotihning birdan bir istagi Gulnigorni ko‘rish edi. Lekin u hovlida ko‘rinmadi. Qudrat tog‘a Abdufotihni yaxshi kutib oldi, rasmni ko‘rib yana bir alqadi, “bolam, endi bordi-keldi qilib turaylik, mening ham to‘rimdan go‘rim yaqin bo‘lib qoldi. Seni ko‘rsam yoshligimni, otang Abdumavlonni ko‘rganday bo‘laman”, deya kuzatib qo‘ydi.
Qudrat tog‘a unga bitta gapni aytolmadi. To‘g‘risi, men prokuror o‘rinbosari bo‘lganligim, boy va badavlatligim uchun qizini bermoqchi” deb o‘ylamasin degan niyatda ichidagini tashiga chiqarolmadi. Abdufotih kelib ketgan birinchi kundanoq uni halovati yo‘qolgan, mana shu bolani boshini ikkita qilish istagi kuchaygan edi. Buni u do‘stining hurmati uchun, oshnasining ruhini shod etish uchun qilmoqchiydi. Gulnigorni Abdufotihga berish istagida yonardi. Ham qizi bunday yigit bilan baxtli bo‘ladi, ham Qudrat tog‘a bu dunyodagi bir insoniylik burchini bajaradi.
Kunlar tez o‘taverdi. Abdufotih ham bu orada uni, buni bahona qilib Qudrat tog‘alarnikiga ikki-uch marta kelib ketdi. Oxiri bo‘lmadi, bir kuni Qudrat tog‘a Abdufotihning ishxonasiga kirib bordi. Uni ko‘rib Abdufotih juda xursand bo‘ldi, yaxshi kutib oldi. Kotibasiga choy keltirishni buyurib, cholni kresloga taklif qildi.
—Bolam, aybga buyurmaysiz, yoningizga bir ish bilan kelyapman. Agar sizga ma’qul kelsa taklifimni qabul qilarsiz, ma’qul kelmasa, men bir sharti ketib parti qolgan choldan xafa bo‘lmaysiz.
—Tog‘ajon, nimaga sizdan xafa bo‘laman. O‘z otamdek yaxshi ko‘raman sizni, hurmat qilaman. Odam o‘ldir, birovning uyiga o‘t qo‘y demasangiz bas, qolgan barcha takliflaringizni qabul qilaveraman. Otam o‘rnida otamsiz, dadamni ko‘rgan insonsiz.
—Rahmat bolam. Men oldingizga qulchilikka keldim.
Uncha-buncha eski iboralarni tushunmaydigan Abdufotih hayron bo‘lib qoldi. Qulchilik nima degani, seni uyingda ishlay deyaptimi, tog‘am deb indamay o‘tiraverdi. Uni bu gapga tushunmaganligini sezgan Qudrat tog‘a yana boshqatdan gapini takrorladi.
—Men sizga sovchi bo‘lib keldim.
Abdufotihning vujudi muzlab ketdi. “Qachon, qaerda, qanday sabab bilan qizi Gulnigorni yaxshi ko‘rib qolganimni bildirib qo‘ydim. Axir ularnikiga bir necha oylardan beri borganim yo‘qku?”. Gulnigorni faqat u o‘qiydigan institutga borib, o‘ziga bilintirmay ko‘rib kelyapti. U nimadir demoqqa chog‘landi, g‘alati bo‘larkan, kap-katta odamlar sovchilik haqida gaplashib o‘tirishsa, ayniqsa, qizning otasi sovchi bo‘lib kelsa.
—Abdufotihjon mendan ranjimang. Men o‘ylovdimki, sizning boshingizni ikkita qilib qo‘ysam, narigi dunyoda do‘stimga yorug‘ yuz bilan ko‘rinaman, deb. Uning ruhini shod etishni, o‘zimni burchim deb bildim. Agar tashrifim sizga yoqmagan bo‘lsa, uzr. Ketaqolay.
Ana shu so‘zdan keyin Abdufotih o‘ziga keldi.
—Yo‘q, yo‘q tog‘ajon. To‘g‘risi men-men kalovlanib qoldim. Hali hech kim menga bunday demagandi. Men yosh bola emasman, hayotning achchiq-chuchugini ko‘rdim, yaxshi-yomon odamlar bilan hamroh bo‘ldim. Siz uylantiraman deysizu men yo‘q deymanmi. Faqat menga olib beradigan qizingizni kimligini bilsam bo‘ladimi? To‘g‘ri, men bir qizni yoqtiraman, lekin siz ham menga yomon ayolni ro‘baro‘ qilmassiz.
—Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga degan gap bor bolam. Men sizga yomonlik istamayman. Qizim Gulnigorni bir ko‘ring, suhbatlashing. O‘ylab-o‘ylab shunday qarorga keldim. Agar taqdiringiz bir bo‘lsa yashab ketarsizlar. Yana maqtayapti demangu qizim juda aqlli, esli-hushli. Siz o‘g‘limdek bo‘lib qolgansiz. Ikkingizning baxtingizni ko‘rsam armonim qolmasdi.
Tog‘a shu so‘zlarni aytdiyu yerga qarab jim o‘tiraverdi. U Abdufotihdan javob kutardi. Abdufotih esa nima deyishni bilmay qolgandi, axir orzusidagi qiz, unga kechalari uyqu bermayotgan malak Gulnigor ediku.
—Tog‘a, men nima ham derdim. Otam o‘rnida otamsiz deganman. Menga hech qachon yomonlikni ravo ko‘rmasligingizni ham bilaman. Sizga qaysi ish ma’qul bo‘lsa men roziman.
Qudrat tog‘aning yelkasidan tog‘ qulagandek bo‘ldi. “Xayriyatey” deya yengil nafas oldi. Abdufotih o‘rnidan turib tog‘aning oldiga keldi. Ular bir-birlarini bag‘rilariga bosishdi.
—O‘g‘lim, Hanifa ammangizga va katta opangiz Ozodaga ayting. Ertaga biznikiga kelishsin. Keyin bu gap so‘zlar o‘rtamizda qolsin-a.
Abdufotih bir muddat tog‘aga nima deb murojaat etishni bilmay kalovlandi. Hozirgina ota-boladek quchoqlashishdi. Endi tog‘a desa yarashmas.
—Xo‘p bo‘ladi, dadajon. Bu yaxshiliklaringizni o‘lgunimcha unutmayman.
Qudrat tog‘a bo‘lajak kuyovining darrov mehr bilan “dada” deganini eshitib uni yana bag‘riga bosdi.
***
Kelgan sovchilarga o‘sha kuniyoq rozilik berib yuborishdi. O‘sha kuni kechqurun er-xotin o‘rtasida yuqoridagidek suhbat bo‘lib o‘tdi.
Gulnigorni yig‘lashini aytmaysizmi? Otasi uni kimga va nima uchun berib yubordi. Dadasi shu qadar qizidan zerikdimikan? U bor dardini onasiga aytib yig‘lardi. “Oyijon, gunohim nima, dadam meni shu qadar yomon ko‘radilarmi, nega meni “qari” odamga beryaptilar, nega hozirdanoq turmushga chiqishim kerak, axir o‘rtoqlarim o‘ynab-kulib yurishibdiku”. Onasi uni yupatolmay qiziga qo‘shilib yum-yum yig‘lardi.
—Dadasi to‘yga sanoqli kunlar qoldi. Erta-indin qizimizni begona uyga olib ketishadi. Lekin qizingiz hali ham ko‘nikolmayapti. Faqat bir gapni qaytaraveradi. “Dadam meni yomon ko‘radilarmi?” deyishdan boshqa gapni gapirmayapti. O‘zini bir balo qilib qo‘ymasa, deb qo‘rqyapman.
—Senga necha marta aytishim kerak. Kuyovim bilan qizing hali shunday yaxshi yashab ketadiki, ko‘rganlar havas qiladi. Nimaga endi men qizimni yomon ko‘rishim kerak ekan. Kenjatoyimni hammasidan a’lo ko‘ramanku. O‘zim yemay unga yedirsam, o‘zim kiymay unga kiydirsam. O‘qiyman dedi, o‘qityapman. Agar bilsang sendan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman Gulnigorimni. To‘xta onasi, undan biror marta “yaxshi ko‘rganing bormi” deb so‘radingmi? Agar yaxshi ko‘rgani bo‘lsa to‘yni to‘xtataveramiz, Abdufotihga boshqa yaxshi qizni o‘zim topib beraman.
—Yo‘q. Har safar yig‘laganida shu savolni so‘rayman. Doim “yo‘q-yo‘q, bo‘lsa o‘sha bilan qochib ketmasmidim?” deb javob beradi.
—Xudoga shukur, agar yaxshi ko‘rgani bo‘lmasa Abdufotihni yaxshi ko‘rib ketadi. U bilan birga yashab ketadi. Mayli yig‘layversin. Keyin ko‘nikadi.
***
To‘y o‘tdi. Kuyov o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi. Endi uyiga kelsa issiq ovqat tayyor, ishga ketayotganda tuflisi yaraqlatib artilgan bo‘ladi. Gulnigor ham taqdirga tan berib yashayverdi. Lekin u yosh bo‘lganligi sababli ko‘p narsani farqiga bormasdi. Masalan, kechqurun uyiga borgisi kelib qolsa bog‘cha bolaga o‘xshab tixirlik qilar, Abdufotih “ertaga olib borib kelaman” deyishiga qaramasdan yo‘lga otlanardi. Noiloj Abdufotih mashinasini soat kechki o‘nmi o‘n ikkimi qishloqqa haydardi. Qizining bunday fe’lidan xijolat bo‘lgan Qudrat tog‘a unga ancha pand-nasihat qildi. Onasi kelinlikning, bekalikning yukini har qanday sharoitda ham ko‘tarishini, erning chizgan chizig‘idan chiqmaslikni uqtirdi. Shunday qilib Gulnigorga insof kirib qoldi. Endi u ko‘pda xarxasha qilmasdi. Abdufotih ishdan kelsa kulib kutib olar, institutga mashinasida tashlab qo‘ymasa ham o‘zi avtobusda ketaverardi. Gulnigor baribir bola edi.
Bir kuni Abdufotih ishdan kelsa u mahallaning bir to‘p qizaloqlarini yig‘ib olibdi. Hovlining o‘rtasida arqonda sakrab yotibdi. Hali ovqat qilinmagan. Abdufotihni ko‘rib shoshib qoldi va arqonni tashlab, yugurib uni oldiga keldi.
—Assalomu alaykum, yaxshi ishlab keldingizmi?
U shunaqa chiroyli ediki, hatto burnining uchidagi mayda ter donachalari ham o‘ziga juda yarashgandi. Bolalarcha beg‘uborlik bilan boqib turgan tim qora ko‘zlarini ko‘rib, jahl otiga mingan Abdufotih indayolmay qoldi. “Hali yoshda, bir-ikki yilda o‘ziga kelib qoladi” deb o‘yladi va
—Vaalaykum assalom. Yaxshi hunar topib olibsizmi, endi ko‘chaga chiqib mayda toshchalarni terib kelib beraman. Ertaga “to‘ptosh” o‘ynang.
Uning kinoyasini eshitgan Gulnigor kulib yubordi-da “xo‘p bo‘ladi” degancha yana qizaloqlar davrasiga shoshildi. Har tugul mahallaning jamalaksoch qizchalari Abdufotihdan hayiqishdi chog‘i, bitta-bitta chiqib keta boshladilar.
Gulnigor o‘zining bu hatti-harakatlarini faqat bolalik uchun qilmasdi. U mana shunday qilib, Abdufotihni joniga tegmoqchi va tezroq ajrashmoqchi edi. Chunki u Abdufotih qancha yaxshi bo‘lmasin, uni yaxshi ko‘raolmayotgandi. Har safar uni o‘ylaganida “otam meni “cholga” berdi degan fikr kallasiga kelardi. Shu fikr uni sevib qolishdan to‘xtatib turardi. U o‘ylardiki, Abdufotihdan ajrashsam yoshimga munosib yigitga turmushga chiqaman, deb.
Gulnigorning ta’tili boshlagan kunlar Abdufotih unga
—Guli ertaga seni toqqa olib boraman. Bir mazza qilib yayrab kelaylik. Axir sen echkiga o‘xshab sakrashni yaxshi ko‘rasanku,- dedi uning mahallaning qizaloqlari bilan deyarli kun ora arqon sakrashiga ishora qilib. Gulnigor ham bo‘sh kelmadi.
—Bir o‘zim mana bu turmadek uyingizda zerikib o‘lishim kerakmi?
—Hali koshonam turma bo‘lib qoldimi?
Gulnigor erining jahli chiqqanligini sezib indamay qoldi. Unga bitta gap kam ikkitasi ortiqcha. Abdufotih afg‘on urushida qatnashmaganmi, sal narsaga jahli chiqadi, tutoqadi, hatto Gulnigorga qattiq ham gapirib yuboradi. Xudoga shukrki, shu paytgacha biror marta qo‘l ko‘tarmadi. Ayolining past kelganligini ko‘rgan Abdufotih indamay o‘ringa cho‘zildi.
Ertasi kuni tanish-bilishlar to‘rt mashinaga joylashib sayohatga jo‘nashdi. Abdufotihning mashinasida Gulnigor, ikki nafar begona qiz va Abdufotihning do‘sti Isroil ketayotganlarida begona qizlardan biri luqma tashladi. U Abdufotihni xotini Gulnigordan rashk qilayotgandi.
—Fotih qanaqa bolasan-a, meni tashlab ketding. Agar menga uylanganingda seni uydan tashqariga chiqarmasdim.
Abdufotih nima deyishni bilmasdi. To‘g‘ri avvallari u mana shu qiz bilan shakarguftorlik qilgan. Yigitchilikda bo‘ladiku. Lekin uylanganidan keyin bunaqa ahmoq narsalarni tashlagandi.
—Gulnigor bu hamkasbim Xilola. Uning gaplaridan xafa bo‘lma. O‘zi shunaqa hazilkash qiz.
Bu paytda Gulnigor mingta xayol, mingta dard bilan o‘tirgandi. U Abdufotihni dunyodagi eng toza, eng yaxshi erkak bo‘lishini istardi. Axir u shu yoshigacha birorta erkakni qo‘lidan ham ushlamagandiku. Nega endi uning eri “yomon” bo‘lishi kerak. Abdufotihga turmushga chiqqach “ajrashaman” deb o‘ylar, lekin biror marta begona erkak haqida xayol ham surmagandiku? Bejiz o‘ttiz yoshigacha bo‘ydoq yurmagan ekanda. Bir yaxshiga bir yomon, har yerda bor yor-yor deb kuylashlari haqiqat ekanda. Gulnigor xuddi ularning suhbatini eshitmayotgandek mashina oynasidan tashqariga qarab ketaverdi.
Ular tabiatning eng go‘zal va bahavo maskaniga borishdi. Qanday chiroyli joylar, archalarning ko‘m-ko‘kligi, soy suvining shiddat bilan pastga intilishi, baland-baland qoyalarning salobat bilan turishi barcha-barchasi Gulnigorni maftun qildi. U tabiat go‘zalligi oldida hamma narsa bir pulga qimmatligini angladi. Xudoning qudratiga yana bir bor tahsin o‘qidi.
Olib kelingan hamma narsalar mashinalardan tushirildi. Chiroyli joy hozirlandi. Hamma o‘zicha xursand, bir-biriga gap bermay chuldirayotgan pallalarda Gulnigorning ko‘ngliga qil ham sig‘masdi. U mashinada eshitgan gapini hazm qilolmay o‘tirar va Xilolaga o‘zi istamagan holda yomon-yomon qarab qo‘yardi.
Nonushtadan so‘ng hamma juft-juft bo‘lib balandlikka o‘rladi.
—Guli, tur biz ham huv anavi yerdagi sharsharaga chiqamiz, -dedi Abdufotih atrofga ma’nosiz tikilib o‘tirgan xotiniga.
—Negadir mazam bo‘lmayapti. O‘zingiz chiqib kelavering. Men sizga yo‘lda ortiqcha yuk bo‘laman.
—Nega uydan chiqayotganimizda betobliging haqida indamading. Kelmay qo‘ya qolardik.
—Uyda yaxshi edim. Yo‘lda charchadim shekilli.
—Ha, yaxshi. Unda sen oshpazga qarashgin. Bir o‘rtoqlarimga pazandachiligingni ko‘rsatib qo‘y, - deya Abdufotih boshqalardan ortda qolmaslik uchun chopib ketdi. Gulnigor unga termulgancha qolaverdi.
—Nomard, ermish bu. Qaering og‘riyapti, dori-pori kerak emasmi, mayli men ham sharsharaga bormayman ham demadiya, - deb o‘yladi Gulnigor va Abdufotihdan qattiq ranjidi.
O‘sha kuni Abdufotih qizlar bilan rosa raqsga tushdi, turli gullar terish bahonasida ularni yetaklab tog‘larga chiqdi. Gulnigorga esa e’tibor ham bermadi.
Tog‘ sayohatidan dardu dunyosi qorong‘u bo‘lib kelgan Gulnigor haqiqatdan ham betob bo‘lib qoldi. Shifokorlar uni uch oylik homilasi borligini aytishdi. U endi avvalgi Gulnigor emasdi. Abdufotihni yaxshi ko‘rishini ham yomon ko‘rishini ham bilmasdi. Bilgani u farzand kutyapti, erta-indin ona bo‘ladi. Endi dunyolarga o‘t tushib ketmaydimi, unga baribir edi. U Abdufotihni rashk ham qilmasdi. Nima qilsa qilib yuravermaydi, endi mening farzandim borku.
Nimadandir xafa bo‘lib ishdan kelgan Abdufotih xotinining so‘lg‘in chehrasiga, homiladorligi bilinib qolgan gavdasiga qarab achinib ketdi. U o‘yladiki, gulday qizning umrini men uvol qilyapman. Unga bir og‘iz ham yaxshi gap gapirmayapman. Ko‘nglimdagi unga bo‘lgan muhabbatimni bildira olmayapman, deb. Chunki u Gulnigorni sevardi, lekin ayoliga munosabatini qanday bildirishini bilmasdi.
Shunday kunlarning birida Gulnigor uni bo‘ynidan quchdida, so‘radi:
—To‘g‘risini ayting, meni yaxshi ko‘rasizmi?
Yaxshi ko‘raman, sevaman, sensiz o‘lib qolaman degan so‘zlar yoshimga yarashmaydi deb o‘ylagan Abdufotih xotiniga
—Nima men senga o‘n besh yashar yigitchamanmi. Balki yaxshi ko‘rarman. Seni ishing bo‘lmasin, -deb javob berdi.
Gulnigorning ustidan kimdir sovuq suv quyib yuborgandek bo‘ldi. Lekin u indamadi.
Kunlar shu zaylda o‘taverdi. Endi ular farzandli bo‘lishdi. Yaxshi yashay boshladilar. Abdufotih “ko‘tarilib” ketdi. U xotini va farzandiga shu qadar sadoqatli ediki, o‘sha tog‘ sayohatida nima uchun xotinini xafa qilganligini, uni rashk qiladimi, yo‘qmi bilish maqsadida Xilola ishtirokida tomosha uyushtirganligini tushunolmasdi.
Yillar o‘tdi, farzandlari ko‘paydi. Gulnigor ham maktab direktori darajasiga yetishdi. Katta o‘g‘lini uylash taraddudida yurgan paytlarining birida Abdufotih Gulnigorni mahkam quchdida so‘radi:
—Onasi, meni yaxshi ko‘rasanmi?
—Qiziqmisiz, men sizga o‘n besh yashar qizchamanmi?
Har ikkisi ham kulib yuborishdi.
—Qaytar dunyo deyishardi. Bir umr shu gapni yodingda saqlab yurgan ekansan-da?
—Dadasi, nafaqat bu gapni, uyimizga birinchi bor borganingiz, sizning qo‘lingizga suv quyganim ham kechagidek yodimda.
Har ikkisi ham ko‘zlaridan yosh chiqquncha kulaverishdi.

Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.