O'qing faqat yig'lamang!

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 425
  • Коммент: 0
Sahro ichida yaqinda nikohdan
ötishgan yigit va qiz ketib
borishardi.
Ular karvon izlarini yöqotib
adashib qolishgandi. Quyosh
taftidan
jizg'anak bölib yotgan
biyobonda tirik jon nishonasi
uchramaydi. Yigit
bilan qiz Xudodan yöl
körsatishini sörab holsiz ketib
borardilar. Suvlari
ham tugagach ularning
qadamlari tamoman og'irlashdi.
Shu tariqa
töxtamay tungacha yöl bosdilar.
Töxtab och-nahor közlarini
uyquga
yumdilar. Ertasiga ular yana yölga
tushishdi. Yigit yöl boshlab
borardi.
Quyosh naqd ustlariga kelganda
qiz holsiz yiqildi. Ochlik va
tashnalikdan
u tamoman holdan toygandi.
Yigit uni yurishga chorladi.
Ammo qiz
boshqa yurolmasdi. Biroz tin
olishgach yigit qizni opichlab
oldi. Ular shu
tariqa yana bir kunni poyon
etkazishdi. Endi yigit ham
batamom
holsizlandi. Uxlashdan oldin
sevgani b-n bu sahrodan eson-
omon chiqib
ketish u-n Xudodan mador tiladi.
Ertasiga yigit qizni yana opichlab
oldi.
Endi har bir qadam tashlash
ming bir mashaqqatga aylandi.
Oxiri yigitni
tashnalik yiqilishga majbur qildi.
U qizni yerga qöydi va biroz
nafas
rostladi. Keyin qizga shu yerda
ötirishni buyurdi va özi atrofni
kuzatish
uchun bir baland barxan ortiga
ketdi. Bir necha yuz qadamdan
söng u
olisdan daraxt soyasini kördi. Suv
ilinjida ösha tomonga yurdi.
Chashma
bor ekan. Allohga ming
shukronalar aytib töyib suvdan
ichdi. Tanasiga
quvvat kirib örnidan turdi. Daraxt
ortida uzoqdan vodiy körinardi.
"Biz
tirik qoldik",- sevindi u. Shu
tobda kuchli shamol esa
boshlagandi va yigit
tezroq qizning oldiga qaytishga
shoshildi. Idishiga suv tölatib
ortiga
qaytdi. Lekin qizni qoldirib
ketgan joyga yetib kelganida u
yerda hech
kim yo'q edi. Yigit yon atrofga
xavotir bilan qarardi, lekin
nigohlari qizni
topolmadi. U yerda faqat qizning
butoqqa qistirilgan oppoq
römoli
tobora avj olayotgan shamolda
hilpirab turardi. Yigit römolni
qöliga oldi.
Unda qiz barmog'ini tishlab qoni
bilan yozgan uchtagina so'z bor
edi:
"Siz yashashingiz kerak!"...... Yigit
shuncha kunlik charchoqlarni
birvarakayiga his etgandek
holsiz yerga o'tirib qoldi. Keyin
darhol
o'rnidan turib qizni qidirishga
tushdi, "uzoqqa ketib qolishi
mumkinmas,
- o'ylardi u. Lekin shu tobda
shamol hech qanaqa izlarni
qoldirmaslikka
ulgurgan edi. Yigit oh urib bir
kun atrofdan qizni qidirdi. Lekin
uni hech
qayerdan topolmadi... Qiz ikki
kunki özining yigitga yuk bölib,
olg'a
yurishga halal berayotganligini
öylardi. Yigit unga kutishni
tayinlab
ketganida bor kuchini töplab
sahro ichiga qaytib ketar ekan, u
erining
suv topganidan bexabar edi..


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.