Man sevgan qizimga uylanmaganman sababi
onamga uni oilasi yoqmagan, shuning uchun mani
o’zlariga yoqqan qizga uylantirganlar. Qarshilik
qilmadingmi deyishingiz mumkin. Sevgim uchun
kurashdim ham lekin vaziyat shu darajaga bordiki
yo onamdan voz kechib sevgilim tanlashim yo
bariga qo’l siltab chimildiqqa kirishim kerak edi.
Xo’rlayvermang mening ham uvolim bor
Bir kuni izimni izlab qolasiz
Qadrim o’tganida ey holi abgor
Ortimdan mung’ayib yeg’lab qolasiz
To’y kuni hamma hodon o’ynab kulardi lekin mani
yuragimda yonimda o’tirgan kelinga nisbatan
Narrat kuchayardi axir mana shu qiz onamga yoqib
qolmaganida man sevganimga uylanardim.
To’yimda hamma kuyovlar kabi bahtimdan xursand
bo’lib o’tirardim. Agar shu qiz bo’lmaganda…
Ichimga butun boshli elektrostansiyani quvvatini
bersa ham yonmaydigan chiroqqa o’xshagan
qalbim va bugun meni bevafo deb qarg’ayotgan
sevgilimni o’ylab To’y otguncha zo’rg’a chidadim.
Hamma kiyovlar chimildiqqa muhabbat bilan kirsa
man Chimildiqda mani kutayotgan kelinchak
oldiga Nafrat to’la yuragim bilan kirdim. Unga
nisbatan qalbimda zarra mehr ham his etmadim. U
manga sevgim qotili bo’lib ko’rinardi.
Ilk kechadayoq xotinimga bor xaqiqatni aytim
onamni qistovi bilan unga uylanganimni, sevgan
qizim borligini va manga umuman
yaqinlashmasligini agar manga yoqishga
urinadigan biror ish qiladigan bo’lsa javobini
berishimni aytim.
Bechora sahargacha tinmay yeg’lab chiqdi. Man
tong otishi bilan Chimildiqdan chiqib kettim.
O’sha tunda bo’lgan suhbatni u hech kimga
aytmadi hatto kelinyanga ham indamagan ekan
(buni keyin bildim)
Xullas ikkimis ham taqdirga ko’nib yashay
boshladik. Onamni qaringdoshlarni va mahalla kuy
oldida er hotin rolini o’ynardigu lekin uy ichkasida
begaonalardak yashardik.
Man uni hammasiga chidoyotganiga hayron
edim… Hamma ishlarni qilardi bechora/ unga
rahmim ham kelardi lekin ko’zlarimga sevgim
qotili bo’lib korinardi. Shu taxlit oradan bir yil. U
hamon jim indamay taqdira ko’nib yashardi. Men
badbaht esa unga nisbatan bir o’giz shirin
so’zimni ham aytmasdim
Bir bir hotirlaysiz qizg’anchiq qizni
Va burchakda ye’glab o’tirgan hisni
Sizni qiynamasmu so’ginchning husni
Men ketgandan so’ng meni izlab qo’lasiz
Bir kuni ishim yuzadan shaxar markazidagi bir
firmaga boriib ishlarimni bitirib o’rtga
qaytayotsam xiyobonda sayr qilayotgan kelin
kuyovga ko’zim tushdi. Kelin kimligi aytsam
hayron bo’lasiz o’sha man sevib ardoqlagan qiz edi.
U shu qadar bahtli ediki buni ko’zlaridan ham
sezsa bo’lardi.
Axir oldida yurgan kuyov o’rnida hozir man
bo’lishim mumkin ediku… agar uyimdagi man
bilan birga yashayotgan xotinim bo’lmaganida
shuna o’ylar bilan to’gri Barga bordim alamimdan
rosa ichdim…
Yarim kechasi g’irt mas holda uyimga keldim…
Hovlida esa onam meni kutib o’tirgan ekanlar.
Ularni ko’zlariga qarolmadim…
- Man sani ko’chada ichib yurishin uchun katta
qilmaganman bilib qo’y b’la agar yana bir marta
shu ho’lda ko’rsam onang yo’q – deb mani koyi
boshladilar…
Kayfim borligimi yo sevganimdan ayrilganim yo
nafrat sabab bilmadim… Umrda birinchi marta
onamga gap qaytardim
- Nima dediz yana ichsan onang yo’q dedizmi ?
Mani mana shu keliningizga uylanishga majbur
qilgan kunizdan boshlab man uchun zarracha
hurmatiz qolmagan. Bugun uni to’yi boldi u
shunaqa bahtli edi ko’rib rosa alam qildi, mana
buningizdan uni nimasi kam edi boyligi nimasi
aytin ?
- Bas qil kelin eshitib qolmasin ?
- U hammasi biladi. Chimildiqqadagi birinchi
kirgan kundan beri biladi. Bilsa ham indamay
yashayabdi…
Onam chidolmadilar mani oldimga kelib yuzimga
tarsaki tortilar.
- Mani urdiza ona mana shu kelinizi deb urdiza ona
– Man alamimga chidolmay Xotimni oldiga kirdim.
Uni xovliga sudrab obchiqib duch kelgan joyiga
ura boshladim
Agar san bo’lmaninda man …….ga uylanardim.
Manam bahtli bo’lardim….. onam mani so’kib
yuzimga urmasdi… agar san onamga yoqib
qolmaninda …
Keyin nima bo’lganini bilmadim. O’zimga
kelganimda melitsyaxonada edim.
O’sha kechasi xotimni urayotganimda onamni
manga kuchlari yetmapdi. Qo’shnilarni
chaqiribdilar. Ular ham zo’rg’a ajratib olishibdi.
Xotinim esa Kasalxonaga olib ketishyotganda
yo’lda jon beribdi…
Man 10 yil qamaldim…
Sekin pichirlaysiz kechir bechoram
Men noshudni suygan xasta devonam
Ko’rsayding holimni ko’r bir parvonam
Lahzalik diydorni istab qolasiz
Bilasizmi 10 yil ichida umuman boshqa odamga
aylandim. " U yog’ ”da juda ko’p narsalarni qadriga
yetishga o’rgandim. O’zimni anglab yettim aslida
man sevgan qiz man uchun hech kim ekanini
Xotinim esa mani asl bahtim bo’laganini
tushundim. Biroq endi kech…
Qaniydi xech bo’lmasa bir lahsa yonimda paydo
bo’lsa undan kechirim so’ragan bo’lardim...
Xo’rlayvermang titrog’imda tinch yotay
Kelmang titrog’imni sezib qolasiz
Ye’glamang men sizga bashorat aytay
Men ketgandan so’ng meni sevib qolasiz
Qamoqdan qaytganimdan beri Sarvarani Izlab
qo’shig’ini kuniga 100 martalab eshitaman. Bu
qo’shiqda rahmatli xotinimni dardlari borday
tuyuladi menga
Ukam bu xatni vijdon azobida qiynalayotgan, O’Z
BAXTINI QOTILIGA AYLANGAN YIGIT dan deb qabul
qiling….
Hurmatli o’quvchi agar siz ham sevgingizdan voz
kechib ota onangizga yoqqan yigit yoki qiz bilan
turmush qurgan bo’lsangiz. Iltimos Sevgingizni
unitib, yoniggizdagi yoringizga do’stlik va mehr
tuyg’ularini hadya eting… Ishonamanki mehr va
do’stlik tuyg’ulari ustun bo’lgan oilada sevgi ham
tug’iladi...