Xozir bolamning axvolini ko'rib, o'zimdan nafratlanib
ketayapman. Pul, mol-dunyo, vaqtinchalik xuzur
halovat deb, bir umrlik qiynoqqa duchor bo'ldim...
Yoshligimdan pulga muxtojlik sezmay o'sdim.
Yeganim oldinda, yemaganim ortimda edi. Bilimli
bo'lmasamda qo'limda hunarim bor edi. Maktabni
bitirib bir sartaroshga shogird tushib, bu hunarning
barcha sir - asrorlarini o'rgandim. So'ng o'zimiz
yashaydigan mahalladagi go'zallik saloniga ishga
kirdim. O'z ishimni haddan ortiq yaxshi ko'rardim,
ertayu kech o'sha yerda edim. Hattoki uyda ham
sartaroshlik qilar edim. Topganim o'zimga yetib
ortardi. Bu hayot meni chunonam o'ziga bog'lab
qo'ydiki, oila qurish hayolimga kelmas edi. Bu orada
dadam menga go'zallik saloni ochib berdi. Endi
mening qo'l ostimda bir nechta sartarosh qizlar
ishlardi, ulatga ustozlik qilardim. Bu orada uyga
sovchilar kela boshladi. Onam '' vaqti - soatida
turmushga chiqish kerak, qizim. Keyin kech bo'ladi''
dedi. So'ng ota-onam menga ma'qul bo'lgan bir
yigitning oilasiga rozilik berib yuborishdi.
Unashtirilganimizga ko'p bo'lmay to'yimiz bo'ldi. Yangi
hayot, yangi odamlar, boshqacha muxit meni boshida
dovdratib qo'ydi. Aniqrog'i, men tarbiya topgan oiladan
butkul boshqacha oilaga kelin bo'lib tushgandim.
Hamma dilhiraliklar, to'ydan keyin boshlandi. Bilsam,
bu oila faqat maoshga kun ko'rar ekan. Oziq-
ovqattlarni maosh olganda g'amlab qo'yisharkan.
Mening esa bunaqa sharoitga ko'nikishim amrimahol
edi. Shu sabab to'y o'ygach, xafta o'tmay ishga chiqib
kettim. Tabiiyki, bu ularga yoqmadi. Men esa
istaganimni yeb, kiyadigan qiz bo'lganim uchun oldingi
hayotga qaytmoqchi bo'ldim. Boshida turmush
o'rtog'im qarshilik qildi: ''Gulzor, xech bo'lmasa bir oy
ota-onamni xizmatini qil. Keyin chiqasan o'sha
ishinga'' dedi, ammo men o'z bilganimdan qolmadim.
Endi o'ylasam, o'shanda hayotga juda yengil qaragan
ekanman. nahotki hamma narsani pul bilan
o'lchadim? Keyin qizim tug'ildi. U tug'ulguncha ham
bazo'r chidadim, ishlab turdim. Bolam tug'ilganiga
ko'p bo'lmay, yana ishga chiqdim. Chunki menga,
qizimga vitaminli ozuqalar olib kelishga ularda
ortiqcha pul yo'q edi. Mening bundan jaxlim chiqardi..
Bitta oilani moddiy ta'minlay olmaydigan erimdan
ko'nglim qolib ketti. Erim bilan shu haqda tinmay
janjallashardik. Xullas, ahvol shu darajaga borib yettiki,
men hammasini, hattoki qizimni ham tashlab chiqib
kettim. Eh, o'shanda qizimni olib ketsam bo'larkan.
O'z ishimni yaxshi ko'rib, pul va mol-dunyo uchum
oilamdan, farzandimdan voz kechdim. Boshqa
shaxarga ishlash uchun kettim. Yana turmush qurdim.
Lekin farzandli bo'la olmadim.
Yaqinda qizimni ko'rgani kelin bo'lib tushgan o'sha
mahallaga bordim. Ko'rib ko'zlarimga ishonmadim-
qizim savdoyi bo'lib qolibdi. Qaynota-qaynonam
menga achchiq qilib, unga umuman qaramay qo'yibdi.
Axir o'z jigarini zurriyodi-ku? Nahotki rahmi kelmagan
bo'lsa... Yaqin bir qo'shnim qizimning taqdiri haqida
gapirib qoldi: ''Gulzaraxon yaxshi ish qilmadingiz
o'shanda. Nahotki qizingizni ko'rgingiz kelmagan
bo'lsa? Uni tashlab ketganingizdan keyin hech kim
qaramay qo'ydi. U to'g'ri kelgan joyda, kim uyiga kiritsa
o'sha yerda yotib yurdi. Bu yil yetti yoshga to'ldi.
Maktabga ham olib boradigan odam yo'q. savdoyi
bo'lib qolgan. O'ziga o'zi gapirib yuradi. Hamma sizni
ayblaydi. Eringiz boshqaga uylanib bola-chaqali
bo'lgan. Boshida u qizingizga qarab yurdi.
Uylanganidan keyin o'zgardi. qizi borligi ham esidan
chiqdi. Qaynota-qaynonangiz sizni yomonlab:
''o'shaning bolasida, ertaga onasiday bo'ladi'' deb
parvo qilmasdi. O'shandan beri qizingiz bir axvolda
yuradi'', dedi. Yuragim orqaga tortib ketti. Yetti yoshli
qizcha yaxshi gapirolmaydi. Bundan ortiq daxshatli
manzara bo'lmasa kerak? Bir paytlar qilgan ishimdan
juda afsusdaman. Mol-dunyo o'tib ketarkan, sendan
ea farzand va ularga berilgan chiroyli tarbiya qolishini
juda kech tushunib yetdim.