ODDIYLIK HOLATI
Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida aqlli insonlar shunday turadi-ku! insonlar uchun eng zo'r holat bu kulib ko'p gapirish, lekin sababsiz kulish ahmoqlik, sababsiz gapirish ahmoqlik-ku, nega oddiy holatda yurmaymiz? juda ko'pchilik hursand bo'lib yuradi yoki hafa, yoki oddiy bo'lib yuradi, biz uni hafa bo'lib yuradi deymiz, yoq! hazilsiz juda jiddiy ishlarni qilsa bo'ladi, aynan o'sha ishlar oddiylik holatida qilinadi.
Hamma o'lishini bilganimiz uchun ichamiz, chekamiz, shuning uchun gunox qilmaslik uchun bu ishlarni qilmaylik, bilaman baribir yo'q deysiz...
Ahmoq ayollarni deb erkaklar haqiqiy san'at asarini yaratishadi, yashang ahmoq ayollar! Beethoven essiz...
Qanday savollarni ahmoqona savol deyishadi bilasizmi? javobsiz savollarni, ular javobini bilishni ham xohlashmaydi.
Ish uchun yo'q, pul uchun ha deysizmi? unda ish uchun ham ha deng...
Uxlashingiz shart emas, o'zingizni qiynab siqilishni keragi yoq, siz shunday yoting, baribir uxlab qolasiz (uyqusizlik kasallari uchun)
Sizni maqtaydiganlar siz uchun va hayot uchun eng kerakli insonlar, juda foydali ishlar maqtovdan kelib chiqadi.
Bilmagan ma'lumotlaringizni so'rang, nega? nega? nega? menda shunday savollar paydo bo'ladiki...
Tarixga juda ham ishonmang, o'zgartiruvchilar ko'p.
Yaxshi qiz yo'q, chiroyli qiz bor.
Hiyonat qilmaslikni sababi imkoniyat yo'qligida.
Qaragan emas qaratgan aybdor.
Yetti yil o'qigan bilan yettita kitob o'qigan boshqa.
Yoshlikda kulgan qariganda kulolmaydi.
Bir qaraganda hechqanday xato ko'rinmaydi.
Hiyonat qilgan emas, uning jufti aybdor bo'ladi, unga shu ish kerak lekin sen bilan emas, ayb senda, ularda emas..
Erkaklardan nafratlanadigan ayollarga hech tushunmadim, buyuk qonunga qarshi chiqishmoqda, o'zi yaraldi, lekin endi yaratmaydi
Hamma o'ziga javob beradi, ota-ona ham shuncha harakat qiladi nimaga?, sababi farzandi o'ziga javob berishini xohlashadi.
Yaxshi fikrlar muallifdan oldin yoziladi, muallifi o'ladi, fikrni esa umri uzoq.
O'zgarish, bu juda havfli lekin eng yaxshi uslub.
Aql va pul, insonni inson qiladi, unisi ham bunisi ham bo'lmasa siz inson bo'lasiz, agarda ikkalasi sizda bo'lsa.. unda uzur bu insonlar uchun, siz o'qimang.
Arzimagan ishdan hechkim hurmat qilmaydigan fikr chiqadi va olamni yo'q qilib yuboradi.
Tanamiz xohlagan ishni tanamiz qiladi, biz to'xtata olmaymiz.
Qayg'u Kulgudan yaxshiroq, sababi hamma qayg'uni yo'q qilmoqchi bo'ladi, kulguni esa yo'q, hamma uchun kulgu yaxshi qayg'u yomon, qayg'uni hamma yo'q qilib yuboradi, kulguni esa yo'q, nima kulgu yomon emasmi? bir insonni nuqsoni uchun kulasan, seni kayfiyating ko'tariladi, hamma hursand, ahamiyat qiling, yaxshilar ustidan kulib kayfiyatingni ko'tarasan! be'mani fikrlarni deb kulasan!
Kulgu umrni uzaytiradi, Chekish insonni o'ldiradi, buni takrorlashni nima keragi bor? insonni o'ziga kerak bo'lmagan umri senga kerakmi? kimga uzoq umr kerak bo'lsa shu ma'lumotni o'zi qidirib topadi, sen o'zing uchun u o'zi uchun. o'zing yomonsan yana yomonlarga yordam bermoqchimisan?