Ona duosi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 387
  • Коммент: 0
Erta tong. Ög'il uydan chiqarkan
ona duo qildi: "Ilohim taning
sog',
martabang ulug', boshing
toshdan bölsin!" Shundog'am
ishga
kechikayotgan ög'ilning biroz
ensasi qotgan bölsada, yuzaki
xayr-ma'zur
qilib tashqariga chiqdi.
Mashinasiga ötirib ishga ketdi.
Har kuni shu holat
qaytariladi. Ög'il bir firma
direktori. Yosh bölsada, topish-
tutishi yaxshi. "Sog'ligimdan ham
nolimasam, -öylardi yigit,- onam
befoyda xavotir qiladilar". Ishdan
keyin
ulfatchilik, maishat, qizlar... Besh
yoshda otasiz qolganida boshqa
turmush qilmay, faqat uning
uchun yashagan onasi esa yarim
tungacha
bedor, ög'lini kutib
ötirardi. Allamahalda uyiga kirib
kelgan ög'il onasinining
bedorligini körib
asabiylashardi:
"Uxlayversangiz bölmaydimi?
Mana,
menda kalit bor. Özim kira
olaman uyga!" Ona hech narsa
demaydi. "Onaning könglini
tushunmaysanda",- hayolidan
ötkazardi u.
Ög'il onasini yaxshi
körardi. Onasi uchun hamma
sharoitni yaratib bergan, tez-tez
dam olish
maqsadida sanatoriyalarga
yuborib turardi. Shunda ham
uylanishga köp
ham shoshilmas, unga mana
shunaqa hayot ma'qulroq edi.
Ög'il onasi
abadiy emas, bu dunyoda oddiy
mehmon ekanligini unutib
qöygandi... Bir kuni tongda ona
odatdagidek
ög'lini duo qildi: "Ilohim taning
sog', martabang ulug', boshing
toshdan
bölsin, bolam" "28 yildan beri
shu gap",- hayolidan ötkazdi
ög'il. "Xöp",-
istamaygina jilmayib chiqib ketdi.
Har kungi tashvishlar, kechqurun
rostoranga joy buyurtirilgan.
Xullas, yarim kechasi mast holda
uyga
kelgan ög'il
onasining xonasidagi chiroq
odatdagidek yoniq ekanligini
kördi. Faqat
endi uni hech kim kutib olmadi.
Qon bosimi kötarilgan ona
ög'ilni kutib-
kutib jon bergandi... Onasini dafn
qilgachgina ög'il bu dunyoda
eng
katta boyligini yöqotganini
tushundi. Biroq endi kech
bölgandi. Vijdon azobida qiynalib
ichkilikka mukkasidan ketdi. Shu
asnoda jigar xastaligiga
yöliqdi. Kamiga shu bir oy ichida
uning bu holatidan foydalanib
yaqin
odamlaridan biri tufayli firmasi
kasodga uchradi. Unga döstman
deb
yurganlar ortidan pichoq
sanchganida ög'il aslida bu
dunyoda nimaga
erishgan bölsa bariga onasining
duosi bilan
erishganligini tushunib yetdi.
Ichib mashinasida katta yöl
böylab ketayotgan ög'il
chorrahaga yaqinlashar ekan,
tormoz ishlamayotganligini
sezdi. U qörqmasdi. Onasining
kulib turgan chehrasini köz
oldiga
keltirarkan, közidan bir tomchi
yosh yuziga yumalab tushdi.
"Kechiring",- pichirlardi yigit. U
chorraha
qarshisida katta tezlikda
ketayotgan mashina rulini qöyib
yubordi va
közlarini yumganicha, ovoz
chiqarib onasi har kuni
aytadigan sözlarni
qaytardi: "Ilohim taning sog',
martabang ulug', BOSHING
TOSHDAN BÖLSIN!"


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.