16:00. Ayol stol ustiga oppoq
dasturxonni töshadi. Keyin
xafsala bilan
dasturxonni turli noz-ne'matlar
bilan töldira boshladi. Bugun
keladigan
mehmonlar uning uchun alohida
ahamiyatli edi. Yuzida mayin
tabassum
bilan taom tayyorlashga kirishdi...
19:00. Ayolning pishirgan
ovqatlari bugun ishtahani
bög'adigan darajada
bemaza edi. Ovqatning
kartoshkasi kuygan, göshti esa
pishmagan.
Mehmonga kelgan ayolning
dugonasi, ög'il va yangi kelin
ovqatning juda
shirin bölganligini sözlasalarda,
taomdan bir qoshiqdan ziyod
yemadilar.
21:00. Nihoyat mehmonlar
uylariga ketish uchun qözg'ala
boshlashdi.
Yoshlar ketganlaridan söng
ayoldan dugonasi söradi:
- Bugun senga nima böldi o'zi?
Pishirgan taomlaringning mazasi
og'izda
qolardi. Bugun birinchi marta
keliningni mehmonga chaqirgan
bölsang...
Nega ovqating shunchalik
bemaza chiqdi? Yoki kasal bölib
qoldingmi?
Ayol nim tabassum bilan jilmaydi:
- Yöq, yaxshiman. Ataylab
shunaqa qilib pishirdim.
Bilmadim, yana
qancha umrim qoldi. Lekin endi
bu taomlarni yegan ög'lim
xotiniga hech
qachon “Оnam ovqatni sendan
köra shirinroq pishirardi”, deb
aytmaydi
va kelinimning qalbini
og'ritmaydi...