Ota - onangizdan mehringizni yashirmang

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотров : 397
  • Коммент: 0
Men talaba edim. Birinchi iyun “Bolalar kuni” munosabati bilan guruhdosh dugonalarim bilan biz ham xuddi yosh boladek bayramni nishonlagani oshiqdik. Bitiruvchi kurs bo‘lganligimiz sabablimi dugonalarim bilan rosa aylandik va bu yilgi bayram chinakamiga biz uchun bo‘ldi. Tushlik vaqti yaqinlashib qolganda esa shahar markazidagi tamadixonalar tamon yo‘naldik va bizga qadrdon bo‘lib qolgan kafega kirdik va bayramona kayfiyatimizga monand taomga buyurtma berdik. Buyurtmamiz kelguncha esa qizg‘in suhbatimizni davom ettirdik. Nogahon qo‘shni stoldagi kechik bolakayni biyron, chuchuk tili bilan aytgan shiringina so‘zlari qulog‘imga chalindi. U dadasi bilan bayramga kelgan chog‘i, bayramona kiyingan edi va ovqatlanib o‘tirishgan ekan. –Dadajon, rahmat! Yaxshi ham siz mening dadam bo‘lganingiz… Naqadar iliq, samimiy va yurakdan aytilgan so‘zlar! Shu kichik go‘dakni ota-onasiga bildirgan shukronalik tilaklari meni hayrtada qoldirgani rost. O‘ylaymanki, har birimiz ota- onalarimizga o‘z mahrimizni, ularni naqadar yaxshi ko‘rib qadrlashimizni, ardoqlashimizni so‘zlar orqali ham bildirib turmog‘imiz lozim. Dildan yaxshi ko‘rishimiz yaxshi, lek qalbimizdagi mehrimizni ba’zida ularga yetkizib turganimiz ham ularni ko‘nglini yanada ko‘tarishiga ishonaman!


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.