Отанинг дуоси ўқ (6-қисм)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 18.01.2016
  • Просмотров : 342
  • Коммент: 0
Farzandning jahli chiqdi, o’zini yo’qotdi va tezlikda tokchaga ilib qo’yilgan, o’zi yasab, dadasiga sovg’a qilgan pichoqni olib, qinidan sug’urdi. Otasiga yaqinlashdi.
– Mening esa, sizdek dadam yo’q! – dedi-da, pichoqni uning ko’ksiga sanchdi.
Dada bir silkindi-da, jon berdi.
Farzand faqat shundan so’nggina hovuridan tushdi va nima ish qilib qo’yganini his qildi. E, voh! Endi, bu dunyoda qanday yashaydi? Bundan ko’ra o’lgani yaxshi! U jahd bilan dadasining ko’ksidan pichoqni sug’urdi-da, uni o’z ko’ksiga tirab, ikki qo’li bilan tirab zo’rlab kirgizdi va yiqildi. |Uzbeklar.net|
Ertasi kuni bu xonadondan ikki mayit qabristonga eltildi.
Et yemas eshon duo qilingan Abduvali Abdurahmon o’g’lining farzandli bo’lganini bir yildan so’ng eshitgandi. O’shanda, Yaratgan Zot, ishqilib, uni kechirsin, deb qo’ygandi.
Yillar shoshilmay ketaberdilar. Hayot davom etaverdi. Abduvali ismli yigitni duo qilganiga nihoyat o’n to’qqiz yil bo’ldi.
Shu kuni, o’shanda zuryodsiz bir yigitni ko’chada uchratganida, yonida bo’lgan jajji, hozir esa navqiron, odobli va ilmli yigitga aylangan eng kichik farzandi kechki payt uyiga kelib, Toshkentda duv-duv gap tarqalganini aytdi: “Falon mahallalik Abduvali ismli odamni o’z o’g’li chavoqlab o’ldiribdi, keyin pichoqni o’z ko’ksiga uribdi…”
Et yemas Eshon chuqur xo’rsindi. “Ha, Jazo va Qasos – muqarrardir!”, degan fikr uning ko’nglidan o’tdi.


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.