Otello...

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 18.01.2016
  • Просмотров : 392
  • Коммент: 0
Qiz - Nega buncha rashkchisiz a?
Yigit - Nima edi?
QIZ- Yonimdan o’tgan mushukdan ham qizg’aning unda!
Yigit - Kallasini uzib olaman o’sha mushukni.
Qiz - Jinnisiz.
Yigit - Xa jinniman.
Qiz - Otellodan ham battarsiz!
Yigit - Yaxshi bo’pti.
Qiz - Rashkchilarning sarkadasi.
Yigit - Hey, hali mendan boshqa rashkchilar ham bormi? Men
sarkarda bo’lsam hali men tanimagan butun boshli qo’shin ham bor ekanda? To’g’risini ayt.
Qiz - Eeee, boringeee.
Qiz arazlab,ortiga burildi-yu katta qadamlar bilan yurib ketdi . Biladi, baribir ortidan keladi. Naqd soyaning o’zi. Bo'masamchi axir kuzatib kelmasa, qizni yo’lda birov shart og’irlab ketadi-ku! Qizning yuzlari qizarib ketdi. Lablari jahl bilan o'zicha pichirladi:
OTELLO...
***
Yigitning qo’llari musht bo’lib tugildi. Hozirgina qizga turtilib o’tib ketgan yigitning yoqasidan oldi. Ortidan yugurib kelib, bilaklariga yopishgan qizga ham e'tibor qilmasdi. Baquvvat qo’llar iskanjasida qolgan yigitni ura ketdi.
Qiz - Nega urasiz? Axir u emas, men unga turtilib ketdim-ku! Bu bechorada nima ayb?
Yigit - Rahmlari kelyaptimi?
Qiz- Bas qiling!
Yigit - Uzr-uzr, mana tegmadik, oshig’ingizga, ming bor uzr.
U yigitni itarib yuborib, qizga ham qaramay ketib qoldi. G’azabdan butun vujudi olov bo’lib yonardi. Uyga borgach kravatga o’zini otdi. Harchand urinmasin ich-ichidan toshib
kelayotgan vulqonning tafti bosilmadi. Rashk o't bo’lib kuydiradi. Mittigina telefondan chiqayotgan tanish musiqa uzoq vaqt jiringladi. Ekrandagi qadrdon ismni ko’rib tursa ham, qo’llari yashil tugmani bosishga botinmadi. Narigi tomonning sabri tugadi chog’i 5-6 javobsiz qo’ng’iroqdan so’ng, arazdan rang olgan sms keldi:
“OTELLO!"
***
Taqdir taqozosi bilan qizni boshqa yigitga unashtirishdi. Qiz yig'lab-yig'lab bu haqda
unga aytib bergach, u haqiqiy rashk qanaqa bo'lishini tushundi. Yuragiga, yo'q butun tanasiga o't qo'yib yuborishgandi. Ammo bu safar yigit ilojsiz edi. Hammasi hal qilib bo'lingandi...
Yigit - U bilan baxtli bo'la olasanmi?
Qiz - Bilmadim.
Yigit - Bilmading? Demak, xa.
Qiz - Yo'q.
Yigit - Seni o'g'irlab ketaman.
Qiz - Hech qachon, - yig'ladi qiz.
Yigit - Unda baxtli bo'l, - jahl bilan telefonni o'chirib qo'ydi.
Qiz - Tasalli berishni ham bilmaysiz, - o'ziga-o'zi gapirib yig'lardi qiz. Ko'z yoshlariga lablarining pichirlashi jo'r bo'ldi:
Otello...
***
To'ydan 3-4 kun o'tgan yangi kelin ming andisha bilan "yashirincha" onasiga qo'ng'iroq qildi. Hech kim go'shakni ko'tarmadi. Yana qo'ng'iroq qildi. Yana shu holat qaytarildi. Qiz qaynonasi, yangi uyidagilaridan qisinib telefon qilsayu hech kim javob bermasa. Jig'ibiyroni chiqdi. Ovqatni tayyorlab keyin yana bir bora qo'ng'iroq qilishga qaror qildi. Onasi telefonni ko'tardi:
- Nega birdan ko'tarmaysiz? Bu yerdagilar ko'rib qolishidan uyalyapman, - salom-alikdan keyin arazladi qiz.
- Qo'shni ayollar bilan mahallaga chiqqandik.
- Nega?
- Janozaga bordik. Ahmad qassobning o'g'li o'zini o'ldiribdi.
Shu onda qizni tok urganday bo'ldi. Tanasidan joni chiqib ketganday "shilq" etib o'tirib qoldi. Nigohi bir nuqtaga qadalgan qiz nima bo'layotganini anglolmasdi. Butun tanasini titroq bosdi. Lablari holsiz qimirladi:
OTELLO...


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.