Oyimni tanlagan qiz (1-qism)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 18.01.2016
  • Просмотров : 572
  • Коммент: 0
Oyim tabiatan dimog'dor ko'rinsalarda juda mehribon ayollar. Mahallada hamma ularni hurmat qiladi.Lekin oyim biroz shoshqaloqlar.Shoshqakoqliklari faqat meni uylantirish borasida.Amerikadagi o'qishimni tugatib,Ozbekistonimga qaytdim.Amerika rivojlangan davlat,lekin tan olish kerakki Amerikada bizning yurtimizdagi fayz yo'q.
Xullas oyim uylanishimni xoxlardilar.Meni esa rejalari ko'p edi.
Bir kuni ishdan qaytishimda bekat yaqinida bir qiz moshinamni to'xtatdi.
-Assalomalekum,Hamza metrogacha oborib qo'ying |Uzbeklar.net|
-Xo'p,necha pul berasiz?-o'zimni taxichidek tutdim
-2000so'm
-O'tiring.
Oynadan qizga qarardim,juda go'zal,to'lacharoq,lekin o'ziga juda yarashardi.O'ldim,sevib qoldim shekilli.Yo'q,bu qiz mani didimga umuman to'g'ri kelmaydi,kiyinishi sipo,manga zamonaviy kiyingan qizlar yoqadi.Pardozsiz,sochlariga qaychi umumuman tegmagan,"ukladka,stirichka" nimaligini bilsayam,umrida o'zida sinamangan.Qarab ketayotganimni sezib,yuzini ko'cha tomonga burdi.O'zimcha savollar berib gapga tutmoqchi edim,"ha","yo'q"dan boshqasini eshitmadim.So'ng qulog'iga quloqchinini taqtida musiqa eshitib ketaverdi.Iye,kallasi zo'r ishlarkanu,man bilan gaplashmaslik uchun shunaqa qildi.So'ng manzilga yetgach,tushdi.Tuni bilan shu qizni o'yladim.Ertasi kuni shu yo'ldan ishga ketdim.Lekin sodda parini ko'rmadim.Tushlik payti o'zimga shim oldim.Ishdan vaqtliroq chiqib o'rtog'imnikiga bormoqchi bo'ldim.Yo'l-yo'lakay shimimni etagini tikib berishi uchun atelyega kirdim.U yerda meni xayolimni olib qo'ygan qiz ishlarkan.Ko'rib rosa sevindim.Yonidan ketgim kelmay,hozir tikib bering,zarur edi deb baxona qilib uni kuzatdim.Nafis,maftunkor va odobli qiz edi.Sevdim.Meni hamma jiddiy,qattiqqo'l derdi.Ishnonamdagi ayollar ''sevmadigan hissiz kesak"deganini eshitib ham qolganman.Qachondir sevib qolishimga o'zim ham ishonmasdim.


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.