Har doimgidek ishdan uyga qaytdim, ayolim ochiq chehra bilan kutib oldi. Kechki ovqatdan so‘ng gap boshladi: –Sizni juda yaxshi ko‘raman. Lekin siz yana bir ayolga juda keraksiz, ular sizni jonidan ortiq ko‘radi. Ularni ertaga kechki ovqatga taklif qiling. Kim ekan deb ayolimga savol tarzida qaradim. –Onangiz – deb javob berdi. Seskanib ketdim, chunki bir ishlar bilan bo‘lib onamdan ancha paytdan beri xabar olmagan edim. Darhol oyimga qo‘ng‘iroq qildim. Kech bo‘lgani uchun xavotirga tushdilar… –Oyi ertaga vaqtingiz bormi? Hiyobonga sayrga boramiz, keyin yaxshi joyda ovqatlanamiz, dedim. Oyim hayron bo‘lib rozi bo‘ldilar. Shu kecha yaxshi uxlay olmadim, ertasi kuni ertalabdan gul do‘koniga kirib oyimga atab gul oldim. Ularnikiga borib gulni berdim. Oyim meni chiroyli kiyinib, sochlarini turmaklab kutib turga ekanlar. Gullarni olib, ko‘z yoshlarini yashira olmadilar. Qimmat bo‘lmasa-da yaxshi joyda ovqatlandik. Oyimning ko‘zlari xiralashgani uchun menyuni ularga o‘qib berdim. Oyim yana yig‘ladilar: –Men ham sening yoshligingda xuddi shunday o‘qib berardim – deya jilmaydilar… G‘alati bo‘lib ketdim, oyim yana davom etdilar: –O‘g‘lim yana biror kun kelamiz, bu safar men seni mehmon qilaman – dedilar. Rozi bo‘ldim. Lekin, uch kundan so‘ng oyimdan butun umrga ayrildim… Oyimning cho‘ntaklarida esa bir parcha qog‘ozda xat bor ekan: –Bolam, o‘sha kungi bir umrga tatigulik kun uchun senga raxmat. Yana o‘sha joyda ikki kishilik buyurtma berib qo‘yganman. Kelinim bilan birga boringlar… Bu gaplarni o‘qib o‘tgan hayotimga afsuslanib ketdim. Axir oyimning yonlarida ko‘proq bo‘lishim, ular bilan xuddi o‘sha kungidek ko‘proq birga o‘tirsak bo‘lardi… (Internetda tarqalgan maktubdan. Aniq muallifini bilsangiz bizga xabar bering, albatta maktub davomiga qo’shib qo’yamiz)