Poyoni yo`q qotillik (2-qism)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 360
  • Коммент: 0
Taqdirimning beshavqatligidan,meni dunyoga keltirgan otaning benomusligidan qaqshab yig’ladim.. Yig’idan shishib ketgan ko’zlarimni artib..Uyga yo’l oldim.. Onam xali qaytmagan ekan..Yarim kechasi kelishiga ko’nikib qolganman..Stol usidan non olib yedim..Qornimni to’yg’azib bo’lganimdan so’ng esa..Uyning mayda chuyda yumushlarini bajarishga kirishdim..Xali zamon onam kelishiga ovqat qilib qo’yishim lozim edi.. Barcha ishlarni sarishtalab bo’lgach esa televezorni yoqdim.. Qandaydir o’yin,yoki shouni ko’rsatishardi..Ota va ona farzandlari bilan birgalikda musobaqa.. Biroz ko’rdimda ensam qotib ketib televezorni o’chirdim..Onamni kuta boshladim.. Ko’zim ilinibdi…Eshikni oxista ochilib yopilganini sezdim shekilli,ko’zimni ochib qarasam narigi xonada kimdir go’ng’ir- g’ong’ir ,qilib past ovozda gaplashib,kulishardi… Quloq soldim.. -Iyaaaa,jonidan endi noz qilavermasdan..akangini bag’riga kelingchi..dedi noma’lum ovoz egasi.. -Vuyyyy.sho’xlik qilmangaaaa..o’g’lim uyg’onib qolsa,naq uyni boshiga ko’taradi. -Nima qilibdi,yosh bola bo’lsa nimani aqliga yetardi.. -Bilmabsizda buni,xuddi otasini o’zi-ya..!Birovni oldimda ko’rsa naq,to’polon qiladi..Yaramas bola..rashki juda yomon..Ablax otasiyam shunaqa edi.. - Xaaaa,endi bu birinchisi emas-ku asaaaal… -Shoshmang,ichishga birorni nima olib kelay… Shu vaqt onam yurib eshik tomonga kela boshladi..men ulgurolmadim o’zimni olib qochishga… U meni ko’rdi.. -Xaaa..zumrasha..!nima qilayapsan..?gap poylaydigan bo’ldingmi xali..?! - Yo’q..oyijon..gap poylaganim yo’q…dedim qo’rqa pisa.. -Bo’ldi..jonimga tegib ketding..narigi xonaga o’tib uxla dedi.. Shu vaqt ichkaridagi odam chiqib qoldi.. -Iyaaa,yahshi bola nima qilayapsan bu yerda,,tur joyingga uxlasang,senga pul beraman..Keyin kompyuter o’ynagani borasan,deb cho’ntagidan ikkita mingtalikni chiqardi.. Qo’lidagi mingtalikni yulib olib,yuziga otdim.. -Mengga sening pullaring kerak emas..ket uyimizdan… dedim qichqirib.. Onamning tarsakisi yuzimga tushdi.. -Itvachcha,sen xaromini boqayotganimga shukr qil..tushundingmi..Meni xayotimga aralashma uqdingmi..!? Agar yana bir marta shunaqa qiladigan bo’lsang..deddomga olib borib tashlayman..Men alamdan xiqqilagan kuyi,uchkari uyga kirib ketdim… Tun yarmigacha uyqum kelmadi..Qo’shni xonadan onamning erkalangan ovozi bilan,notanish kishing hirs bilan gapirgan gaplari yaqqol eshitilib turar edi.. Shu darajada o’sha payt meni,nomus tuyg'usi otashida yondirar edi-ki..!yostiqni uchini tishlab olgancha.. -Katta odam,bo’lsam..xammasini yo’q qilaman..Xammasidan qasos olaman derdim… Balkim,o’sha vaqtlari menning jajji vujudimda..Nafratning ilk kurtaklari quloch ochayotgan bo’lsa ne ajab…!Tun ham amallab o’ta boshladi..Soat millari tunni tortqilab honadan chiqarib tashlay boshladi.. Ko’zimga kechasi bilan uyqu inmagandi.. Tongga yaqin,uydagi notanish erkak,chiqib ketdi… Onam esa,turib ..yuvindi..nonushta qildi..Pardoz qildi.. Xatto meni nonushtaga chaqirmadi ham... Men esa o’ylardim.. Bunchalik bemehr bo’lmasa..!? Demak o’tkan kunlari aytgan gapi rost ekanda..’Iblisvachcha..!seni basharangni ko’rsam..Ablax otangni ko’rgandek bo’laman derdi.. Xaa..Demak rostdan ham meni onam yomon ko’radi… Shu kuyi uzoq o’ylanib yotdim.. Onam bu orada ishga ketishga tayyor bo’lib..Eshikni yopar ekan dedi.. -Itning bolasi..idish tovoqlarni yuvib,maktabingga bor.. Eshiknini taraqlatib yopdi.. O’rnimdan turib idish tovoqlarni yuvib…Bir bo’lak non qolgan ekan o’shani kovshab maktabga yo’l oldim… Sinf xonasiga kirib kelganimda dars allaqachon boshlangan,ustoz qo’lidagi bo’r bilan doskaga masalani yozardi..O’sha kungi birinchi dars qattiqqulligi bilan o’quvchilarni zir titratadigan Ziyodulla muallimni darsi edi.. - Ustoz,mumkunmi? Dedim eshikni asta ocharkanman.. -Burchakka tur..masalani yozib olay senga aytadigan gapim bor dedi.. Nihoyat masalani yozib tugatdi.. So’ng esa,to’g’ri mening oldimga keldi..Qo’limdan ushlab,doskani oldiga olib bordi va sinfdagilarga yuzlanib: -Diqqat qilllaring dedi.. Butun sinfni nigohi menga qadaldi.. -Bilasizlarmi buni kimligini dedi.. Sinfdoshlar orasidan kimdir..past ovozda ‘xaromi-ku bu..!’ dedi.. Sinf ichida uning past ovozda aytgan so’zi jaranglab ketdi go’yo… -Xa..rost aytdi kim aytsayam bu gapni..!dediyu menga yuzlaib:’Itvachcha..! eshitdingmi Kimligingni..?’dedi O’sha damda men yer yorilmadi yerga kirib ketmadim..Ko’kragim ichidan "Yo’q..!Bunday emas..Men xaromi emasman..Ota onamni gunohi uchun nega aynan men javob berishim kerak.?”degan savollar aylanardi..Lekin ularni tilimga chiqarishga ayni damda juda ojiz edim..Chunki bu achchiq xaqiqat edi.


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.