Demak,bolalar uni o’ramizda yurishga munosib deb bilamizmi..? Agar ushbu fikrimni ma;qullaydigan bo’lsa,qo’lini ko’tarsin,,dedi Butun sinf barobar qo’lini ko’tardi… Men esa Ustozni qo’lidan yulqunib chiqdim-da,Sinfdan qochib chiqdim..Koridorda yugurib ketarkanman,orqamdan "Yana bir marta sinfda seni ko’rmay,Xaromi..”degan ustozni gaplari eshitilib turar edi.. Uyga kelguncha..Ko’chada rosa izg’idim..Yuzimni negadir qo’llarim bilan yashirishga harakat qilar edim..Huddi yon atrofdagi barcha odamlar "qaranglar xaromini’ deyayotgandek tuyulardi.. Yuraverib,charchab yo’l chetidagi ko’p qavatli uylarni tagida o’tirib qoldim… Alam xali tarqamagan edi.. Biroz vaqt o’tdi..O”z o’ylarim bilan band bo’lib yonimga kim kelganini sezmay ham qolibman.. Qarasam,ro’paramda yoshi men qatori,sochini taqir qilib oldirgan,ustidagi kiyimi esa qandaydir juldur yamoq bo’lgan bir bola turardi.. -Bu yerda nima qilayapsan..dedi Notanish bola.. -Senga nima,o’tiribman o’zim..dedim.. Biz tanishdik..U bolani ismi Ravil ekan..Etimxonadan qochgan ekan..Tunlari ko’p qavatli uylarning podvolida yotib yurar ekan..Biz ancha suhbatlashdik..Men xam o’z hayotim xaqida aytib berdim..Qismatimiz o’xshash bo’lgani sabablimi biz juda tez til topishib ketdik.. Unga men barcha xaqiqatlarimni aytar edim..Bilmadim lekin..u bilan suhbatlashganimdan so’ng o’zimni nimagadir ancha yengil xis qildim.. Ravil odatda,ko’chalardan mayda chuyda shishalarni yig’ar,yana qog’oz qoldiqlarini yig’ib ularni sotib puliga yegulik olib yeb kun o’tkazar edi..yana u kuzduzlari yer osti yo’llarida tilanchilik qilardi… Biz juda ham qadrdon bo’lib qoldik..Oradan fursatlar o’tardi..Men maktabga butunlay bormay qo’ydim..Onam bu haqida hatto so’ramadiyam..U uchun meni taqdirim unchalik qiziq emasdi.. Kunlarim shu tahlit o’taverdi… Endilikda onam o’z mijozlari bilan men uyda bo’lgan vaqtim ham bemalol ko’ngilhushliklar uyushtirishi odatiy holga aylanib borardi…Kunlar shu zaylda o’tar..onamning bu hatti harakatlai diydamni qotira boshlagandi..Endi men oldingidek atrofga qiziquvchanlik bilan emas..balki alam,nafrat bilan boqar edim.. Kunlarda bir kuni Ravil bilan birga yurganimizda u qo’lidagi soatini ko’rsatib maqtandi..Xaqiqatdan xam uning qo’lida qimmatbaho soat bor edi.. -Qayerdan olding o’rtoq..? so’radim - Xaa,endi buning yo’li borda..dedi mamnun qiyofada.. Judayam ko’p bora surushtiganimda so’ng esa u yorildi.. Uning aytishicha u soatni kimnidir cho’ntagidan o’g’irlab olganligini aytdi..men anchadan beri u bilan birga yurganim sababli o’g’irlik men uchun odatiy holga aylanib ulgurgandi..Mendagi qiziqish esa ancha oldin.avtobusdagi yo’lovchilarni tunash bilan boshlandi.. Avtobusdagi ‘sarguzashtlar’ancha avjiga chiqib borar edi..Undan ortirgan beqiyos tajribam esa meni mukammal o’g’riga aylantirib borardi.. Oradan hash pash deguncha ma’lum vaqt o’tdi..Men uyni butunlay tashlab ketdim..Onamning so’nggi taqdiri meni ortiq,tashvishlantirmay qo’ydi..Endi Avvalgi Sodiqdan asar xam qolmadi..19 yoshli Sodiqboyga aylandim..Ko’chadan beqiyos tajriba ortirdim..So’z san’atini shu darajada chuqur o’zlashtirardim- ki,hatto ba’zan o’zimga o’zim qoyil qolardim.. Endi Romil ikkalamizni qo’limizga 5-4 so’m pul tushgan..Yashash joyimiz ham pullik kvartiraga ko’chgan,ust boshimiz ham ancha po’rimgina edi.. Kunlardan bir kun Romil gap boshlab qoldi..-Menga qara Sodiq..biror bir normalniy,kottaroq ish qilmasak bo’lmaydi..Hamma joni hitlar bosib ketdi..Bu ketishda tirikchilikni mazasi qolmayapdi dedi -Ho’sh..biror bir taklifing bormi dedim, U jo’yali biror gap aytolmadi..O”sha suhbat o’z joyida qolishi mumkun edi-ku,lekin bir voqea sabab bo’ldiyu bu haqida chuqurroq o’ylashimga to’g’ri keldi.. Ko’chada ketayotgandim birdan ko’zim ko’cha chetida turgan,qora ko’zoynak taqib olgan bir cholga ko’zim tushdi..U har har zamonda qo’lidagi tayoqchasi bilan yerni urib urib qo’yardi..Bu harakat u uchun ko’z vazifasini qisman bo’lsa-da bajarar edi.. Uning yoniga yaqinlashdim..Va u o’rirgan o’rindiqqa o’tirdim,va gapga solgan kishi bo’lib: -Xa,otaxon..ahvolalr qalay dedim hushmuomilalik bilan.. -Nima xam bo’lardi bolam,bu dunyoda kunduz bilan kechani farqlay olmasdan arosatda yuribman- da dedi.. Biroz u bilan suhbatlashdik..Uni baxoli qudrat ishonchiga kirdim..U uyiga ketishi kerakligini aytib,kimgadir tel qilmoqchi bo’lganida,uni shashtidan qaytarib - Otaxon,agar ruhsat bersangiz sizni uyingizga kuzatib qo’yaman..deb darrov qo’ltig;idan oldim.. Uyi uncha uzoq emasdi..Uy bilan xiyobon oralig’ masofasida yo’l qatnov bo’lmagani sababli boboy kuniga o’sha yerga sayr qilgani chiqar edi..Shuning uchun bo’lsa kerak..Baxoli qudrat o’z yo’lini topib kela olardi..Boboyni uyiga chiqdik..1 qavatda edi.uning uyi.. U meni uyiga taklif qildi..Men kirdim..Uy nihoyatda didsizlik bilan jihozlangan edi..Hamma yoq pala partishligidan uning biror kimi tez tez xabar olmasligini sezdim.. Uyni yig’ishtirib tartibga keltirib berdim..Boboy esa tinmay sharafimga shonlar o’qishdan charchamas edi.. Men boboyni xolidan tez tez xabar olib turishga kelishib,uyni tark etdim.. Oradan 3-4 kun vaqt o’tdi..Bu orada men boboyning ishongan ‘tog’ "iga aylanib ulgurgan edim.. Va nihoyat rejamni 2 bosqichiga o’tish vaqti kelgan edi..