Poyoni yo`q qotillik (4-qism)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 391
  • Коммент: 0
Odatdagi vaqtda boboyning uyiga keldim..Boboyning mazasi yo’q edi..Shuning uchun nimgadir u ko’rpa yostiq qilib yotib olgandi..U yotgan o’rnida meni kelganimni sezdimi, -O’glim Sodiqjon..keldingmi bolam dedi Hasta ovozda -Keldim..otaxon..shu yerdaman siz tashvish chekmang deb baholi qudrat unga madad bo’ldim.. Chol bilmadim..nimagadir bir nimalarni menga aytmoqchi bo’lardi… Uning yoniga o’tirib bir oz suhbatlashganimdan so’ng "yorildi” -O”g’lim,men yoshimni yashab,bu umrda ilinjim qolmadi..Faqar bir narsani senga vasiyat qilib qoldirmochiman..Menimcha sen yomon insonga o’hshamaysan..Faqat men aytgan narsalarni qil..dedi Men ajablanib unga tikilib qoldim..U entikib nafas olardi..Nimagadir xira,nurini yo’qotgan ko’zlar shiftga qadalgancha sokin so’zlardi.. -Bilasanmi,men senga aytmagan edim..Umrim davomida sir saqlagan bir sirim bor..Shuni senga aytaman..Chunki endi buni sir saqlashimdan foyda yo’q bolam..Men bunday ancha yillar ilgari bir ayolni sevar edim..U vaqtlarda men norg’ul erkak edim..Birinchi ayolim rus millatiga mansub bo’lganligi sababli..Allaqachonlar meni tashlab ketgan..Men tanishgan ayol bilan bo’ydoq erkak sifatida nikohdan o’tib yashagan edik..U vaqtlarda zamon notinch bo’lganligi sababli..U bilan uzoq yashay olmadik..Men afg’onga urushga ketdim..Lekin u meni kutdi.. Bilmadim u qilgan duolari ijobat bo’lganmidi men sog’ omon qaytib keldim.. Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay..Og’ir hastalikdan olamdan o’tdi..Boshida uning farzandlariga o’zim qaradim..Juda qiynaldim 2 nafar yosh bolaga qarash men uchun og’ir edi.. Bu orada men bilan ayol o’rtasidagi nikoh rasman qayd etilmagani uchun 2 ta farzand ni men dan tortib olishib deddomga olib borib tashalashdi..Oradan anchga vaqt o’tib,meni ko’zlarim ojiz bo’lib qoldi..Balkim Yaratgan meni Bandai ojizni..O’sha yetimlarni boshini silay olmaganim uchun shu tahlid jalogandir..Butun umr men shu qorong’ulikka mahkum bo’lib qoldim,bolam..Shu so’zlarni aytar ekan boboyning ko’ksi ko’tarilib tusha boshladi..U hansirab nafas olar ekan..So’zlarni shosha pisha ayta boshladi.. -O’g’lim,u yetimlarni menda haqqi qolgan..Ular menimcha yaqin orada deddomdan chiqishadi,,Ularga tegishli bo’lgan o’nasidan qolgan tilla taqinchoqlar menda qolgan..Men yashayotgan uy esa hukumatning yotoqxonasi..O”sha tilla taqinchoqlarni men jovonga berkitib qo’yganman..Iltimos… Bolam..!! menga va’da ber ularga tegishli bo’glan barcha ma’lumotlar o’sha javonda..O”sha tillalarni sotib..o’zlariga ishlatishsin..Bu ularning haqqi..Kalit javonning ustidagi choynakning ichida..Va’da bergin bolam.. Cholning so’zlari endi..aralashib ketdi..Nafas yetishmayotgandan titray boshladi..Ko’karagi bir ko’tarildiyu..jon berdi… Ancha yillar ilgari so’qir bo’lib qolgan ko’zlaridan yosh sizib chiqdi.. Men esa,javon ichidagi tillani oldim..U yerda anchagina tilla taqinchoqlar bor edi..O”sha damda menga boboyning o’limi- yu,xaligi yetimlardan ko’ra tillalar muhimroq edi.. O”z o’zimga esa "Nima qilibdi,yetimlar mazza qilib davlatning nonini yeb yuribdi,yordam menga kerak..Boboy rozi bo’l " derdim.. O”sha vaqt hatto tez yordam chaqirishga ham yaramadim..SHosha pisha tillalarni olib ko’zdan g’oyib bo’ldim.. Oradan 3-4 kun vaqt o’tgach esa..Boboyning ayniy boshlagan murdasini qo’ni qo’shnilar pul yig’ib ko’mishdi..Janozaga javondan topilgan ma’lumotlar orqali topilgan yetimlar ham chaqirilibdi..Ularning faryod urib yi’glaganlarini qo’ni qo’shnilar anchagacha gapirib yurishdi..Men esa xatto janozaga borishga ham yaramadim..Yetimlarni esa hatto surishtirmadim ham..Vijdon…-Muakammal bo’lmagan,ba’zida esa salbiy jarayon..Bu mavjud bo’lgan va mavjud bo’layotgan narsalar o’rtasidagi olishuv..Yahshilik va yomonlik bir nuqtaga birlashtiriladi,omon qolish yohud halokat… O’sha damlarda men bu qilgan ishimdan kun kelib vijdonim qiyalishi mumkun ekanligi haqida umuman o’ylab ham ko’rmas edim..Cholning uyidan olib chiqilgan tillalarni baxoli qudrat tanish zargarlar orqali sotdim..Anchagina yig’gan ekan chol qurmagur..! Tez orada men o’sha pullar hisobidan shahsiy avtoulovga ega bo’ldim..Tarallabedod hayot esa davom etar,men bilan Ravil maishatdan hecham charchamas edik.. Bir kuni tunda Ravil ikkalamiz navbatdagi maishatbozlikdan so’ng meni mashinamda uyga qaytayotgan edik..Ziyofat bo’layotgan joy shahardan ancha uzoqda bo’lganligi sababli,2 ta tumanni bosib o’tishimiz lozim edi,to uyga qadar..Ovloqroq yo’lda ketayotganimizda yo’l chetida yosh bolasini yetaklab ketayotgan kelinchakka ko’zimiz tushdi..Ikkalamizni ham kayfiyatimiz chog; bo’lganligi sababli musiqani baland qilgancha ketayotgan edik.. - SHoshma sodiq,..mashinani sekinlat bu juvonni olib olaylik deb qoldi Ravil.. -Eyyy,nima qilasan deb unamagandim..Ravil yelkamga turtib shivirladi - Lekin,yomon zo’o’oo’o’r narsa ekan,qomatini qaragin..rosa o’lvoradide..qittak qittak qilganimizga o’ziyam qaymoqdekkina ‘zakuska’bo’ldida..deb tamshandi.. Men mashinani sekinlatib,juvonning ro’parasida to’xtatdim..Oyanadan boshimni chiqarib.. - Kechirasiz,shaxargacha uzoq..bu ovloq yerlarda kech tushganda qiynalib qolasiz,yo’limiz bir ekan..olib ketamiz dedim.. Juvon rozi bo’lib,bolasi bilan birgalikda mashinaga chiqdi.. Mashinaning old oynasidan unga razm soldim..Endi payqadim juvonning yig’idan ko’zlari qizarib ketgan..Yuziga qandaydir g’am soya sogan edi..Undan hol ahvol so’rash bahonasida so’radim..- - Uzr,aybga buyurmaysiz- u,shaharga nima ish bilan ketayotgan edingiz..?


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.