Poyoni yo`q qotillik (8-qism)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 392
  • Коммент: 0
Yuragim orziqib ketdi.. Yutinib so’z boshladim..U bilan suhbatlashish uchun tayinli bir gap topa olmaganim uchun so’radim.. -Kechirasiz,bu avtobus qayerga ketayapdi..? -Iya,qayerga ketayotganini bilmaysizmi.?dedi qoshlarini chimirib.. -Yoq..yo’q siz meni notug’ri tushundingiz..Men qayerga yetdik demoqchiydim dedim qovun tushurganimni bildirmaslikka harakat qilib.. U bextiyor jilmaydi..Uning jilmayishi har qanday dardga malham bo’ladigan mehrigiyohga o’hshardi. Biz tezda til topishib ketdik..Bu borada ko’chadan orttirgan tajribam ancha qo’l keldi..Chunki ko’chada sanqib yurish barobarida ancha muncha bilan suhbatlashib so’z boyligim yetarlicha ortgan..Psixologiaga qanday ta’sir qilishni yahshi bilar edim.. Uning ismi Nilufar ekan..Qanday ajoyib Nilufar..Bu ismni o’sha damda hayqirib aytgim kelib ketdi.. Ikkalamiz yahshigina tanish bo’lib oldik.. Suhbat qizigandan qizib,Manzilga qanday yetib kelganimizni bilmay qoldim..U qizdan telefon raqamlari olgach esa..Uni kuzatgancha bekatda qo’l siltab qoldim.. Bekatdagi oshxonaga kirib obdon ovqatlandim..Bu yerlarga kelishimdan maqsad nima ekanligini umuman bilmasdim..Biror ish qilay desam..Bu yerning sharoitini bilmayman..Buning ustiga esa haligi voqealarni unuta olarmikanman..!? Jinoyatlarim jazosi qachondir kelishi haqidagi o’ylar butkul meni aqldan ozdiradigan darajada azoblardi..Garchi diydam allaqachon onam bilan yashagan damlarim qotib ketgan bo’lsa ham, norasidal umriga zomin bo’lganimni kechirib bo’lmaydigan jinoyat ekanligiga aqlim yetar edi..Ammo nailoj ularni o’limi orqasidan topgan pularim jonimga oro kiradi deb o’ylardim..Endilikda bunday ishlarni qilmasam hammasi joyida bo’ladi deb o’zimga o’zim taskin berar edim.. Ammo Nilufar haqida o’ylasam,barchasini unutib yashagim kelayotgan edi… O’sha damdagi holatnimni eslasam..yuragim orziqib ketadi..Menday yuragi alamzadalik hissi bo’lan to’lgan yigit uchun..Bunday uchrashuv chinakam yaratganning hadyasi bo’lgan bo’lsa Ne ajab…!?Bekatdan ketganimdan so’ng..Nima qilarimni bilmay qoldim..Biroz yurganimdan so’ng esa ro’paramdan,kattagina restoran chiqdi..Oynakka esa ishga qabul qilamiz deb yozilgan edi. Ichakariga kirdim..U yerda menimcha restoranning xo’jayini bo’lsa kerak..Bemalol oyog’ini chalishtirib televizor ko’rib o’tirar edi..U bilan salomlashgach maqsadimni aytdim.. - Iyaa,ukam.o’zi umringda biror bir ish bilan shug’ullanganmisan.? dedi -Nima deganingiz oka,shug’ullanmasak odingizga kelarmidik..dedi hazilomuz.. Shu tariqa boshlangan suhbatimiz,meni restoranga ofitsiant qilib olish nuqtasida poyoniga yetdi.. U yerdagi faolyatim boshladi..Kuniga mijozlar bilan tinimsiz ishlashim oqibatida yahshigina mijoz orttirdim.. Oradan hash pash deguncha 6 oy vaqt zippilab o’tib ketdi.. Bu orada men Nilufar bilan munosabatlarimizni ancha mustahkamlab ulgurgan edim.. Sevgi degan tuyg’uning yettinchi osmonida ancha kezishim mumkun edi ammo bir voqea bo’ldiyu hayotim butkul izidan chiqib ketdi.. Odatdagi kun..barchaga hizmatimni ado etayotgan edim..Restoran ro’parasiga Mers rusumla mashina kelib to’xtadi..Avvaliga uncha e’tibor bermagan ekanman.. Uning stoliga hizmat ko’rsatish uchun kelganimda esa Uni ko’rib qotib qoldim.. Bu o’sha maning do’stim Ravil edi..Uning yonida esa qandaydir ro’s millariga mansub bo’lgan bir qiz bor edi.. - Iyaaa,do’stim..qaleysan..seni qaytib ko’raman deb o’ylamagan edim..dedi va men bilan quchoqlashib ko’rishdi.. Men uning ro’parasiga o’tirdim… -Bu yerlarga qanday shamol uchirdi..Har holda seni ko’raman deb ko’zim uchib turgani yo’q edi dedim tund kayfiyatda.. -Haaa endi,tog’,tog’ bilan uchrashmaydi..odamlar esa bundan mustasno ekanda , dedi hiringlab kular ekan.. -Menga qara,men hayotimni izga solish uchun harakat qilayapman..seni kelishing ortiqcha..meni hayotimga suqulma..dedim -Tushunmadim..Shuncha pulni olib indamay qochib qolmoqchimisan..Sen bilan biz o’ldirgan odamlar ro’hi tinch qo’yadi deb o’ylaysanmi dedi u men tomonga engashib.. -Men o’yindan chiqqanman..gap tamom dedim U bu so’zlari bilan mendagi o’sha mudhish hotiralarni uyg’otgan edi.. -Ha mayli,kel og’ayni bugun biiiir maishat qilib eski damlarni hotirlaylik dedi..Men uni yelkasidan ushlab joyiga o’tkazdim-u,restoranning oshxonasi tomonga yo’l oldim.. Ravil indamadi,ovqatlarnib bo’lgach esa chiqib ketdi..Birozdan so’ng men bilan ishlaydigan yigit qo’lidagi qog’ozchani menga tutkazdi..U qog’ozchada esa Ravil menga tel raqamini qoldirgan,tegiga esa "Do’stingni unutib qo’ymagin” deb yozilgan edi.. O’sha kundan beri menga eslatgan voqeliklar butunlay tinchlik bermay qo’ydi..Kechqurun tushlarimga qiymalangan ayol murdasi kirib azob bera boshladi.. Oradan azob bilan,amallab 6 kun vaqt o’tdi.. Azoblardan forig’ bo’lishim lozim edi..Men Ravilga qo’ng’iroq qildim.. Biz uchrashdik..Ravil allaqachon o’ziga hashamatli uy qurgan..U boyib ketgan edi.. - Men,topishingni bilardim deb meni mamnun qarshi oldi..


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.