Poyoni yo`q qotillik (9-qism)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 415
  • Коммент: 0
Ilojim bo’lmadi..O’sha esingda bo’lgan holat haliyam meni qiynayapdi..dedim -O’rtoq,men ham boshida rosa qiynalgan edim,lekin davosini topdim..esingdami o’zimizning ermagimiz..o’shandan ozroq baham ko’raylik..hammasi joyida bo’ladi..dedi Ikkalamiz miriqib marixuannani ta’mini ko’rdim..U aytgandek men butunlay boshqacha kayfiyatga kirdim..Endi ikkalamiz murdalarni qanday qilib bo’laklaganimiz to’g’risida,huddi qiziq bir voeani eslagandek bo’lib gaplasha boshladik.. Ravilni aytishicha,bizdan olgan ulushini tojikistonning qaysidir viloyatidan narkotik oldi sotdisiga tikkan va shu orqali kattagina boylik orttirgan edi..U meni ham shu savdoga undar edi.. - Og’ayni,qachongacham, odamlarni yuvundisini yeb kun ko’rasan..Men aytgan yo’lni tutsang boyib ketasan,oyog’ingni tayida hohlagan jononing hizmatda bo’ladi.. U tinimsiz menga uqtirmoqchi bo’lardi,, Men unamadim…Bunday suhbatlar endi deyarli haftada bir marta bo’ladigan bo’ldi..Va nihoyat Ravil maqsadiga yetdi..Men rozi bo’ldim.. Ikkimiz tikkan pullarimiz bilan tojikistonga qarab yo’l oldik..Albatta men bu haqida Nilufarga aytmagan edim..Shunchaki ‘hizmat safari’deb qo’yaqoldim.. Oldinda esa meni Tojikiston safari kutardi… Ikkalamiz ming bir bahona bilan Tojikistonning kerakli maxallasiga kirib keldik.. Bizni ko’rsatilgan manzilda Yoshi ulug’roq bo’lgan bir qariya kutib oldi.. -Hay,uko keldingme..?shu so’z bilan boshlandi hammasi… Biz uning uyida 4 kun mehmon bo’ldik..Deyarli bu kunlar tinch o’tdi.. 5 kun biz barcha yuklarni bizga kerakli miqdorda qoradorini olib chegara tomonga ravona bo’ldik.. U yerda bizni kure’r kutib turardi..Unga yetarli miqdorda pulni berib chegara ortida kutib turishni kelishdik.. Biz chegaradan o’tib,belgilangan manzilda giyohvand moddani qabul qilib oldik.. SHaharga kirib kelishda esa aytarli qiyinchilik sezmadik.. Bu safarning oqibatida esa men,o’zimdagi pulni 4 barobarga ko’paytirdim..Bu orada esa biz safarga 2 marta borib kelishga ulugurdik.. Eng achinarli tomoni esa,pulga mukkasidan ketgan biz kabi osiy bandalar..Bu narkotiklar oqibatida qanchadan qancha yosh yigitlarning umriga zomin bo’layotganimiz hayolimizga ham kelmasdi…Navbatdagi "ko’kat” operatsiyasidan so’ng..Uyga zo’rg’a yetib keldik..Bizga Tovar olib o’tadigan kishi qo’lgan tushgan edi..O’z navbatida u nafaqat qo’lga tushgan balki biz haqimizdagi ma’lumotlarni allaqachon gullaganligini bilardik.. Uyga kela solib,barcha pul va boshqa mayda chuydalarni mashina ortishga tushdik,,, Biz uchun qochqinlik davri boshlangan edi.. -Menga qara,ikkalamiz ikki tomonga tarqalamiz dedim Ravil menga savol nazari bilan qaradi.. -Agar ikkalamiz,birga ketadigan bo’lsak,bizni darrov "xit”lashadi,SHuning uchun tarqalib alohida ketishimiz kerak dedim.. Ravil boshida unamadi,lekin uni ko’ndirdim.. Ravilning mashinasi ko’zdan g’oyib bo’lgach esa,men o’zimga tegishli mol mulkni olib shahar chekkasidan olgan 2 xonali uyga ravona bo’ldim..Mening hotirjamligimga sabab esa,bizga tegishli kurier faqat Ravilni tanirdi,men esa ismimni o’zgartirib aytganim sababli meni tanimasligi aniq edi..Men unga aytgan ism bo’yicha tergov qilinadigan bo’lsa kalavaning uchi umuman boshqa tomonga borib taqalar edi..Shu sababli ham o’ta hotirjam edim..Jamg’argan pullarim bilan esa yahshigina ish boshlasa bo’lar edi.. Oradan 4-5 kun vaqt o’tdi,uzuq yuliq gaplarga qaraganda Ravilni uyida tintuv bo’layotganligi bilinib turardi..Men esa o’zimni o’ta hotirjam tutib,shahar chetidan o’tadigan markaziy yo’l chetidan "moyka” qurilishini boshlab yuborgan edim… Nilufar… bu ismni qalbimda tuysam,barcha qilgan ishlarim- u,barcha vijdon azoblarim yarasiga malham qo’yilgandek bo’lardi go’yo…U bilan narvbatdagi uchrashuvda men unga nikoh uzugi taqdim qildim.. -vooooy,nahotki Sodiq aka..!! Nahotki siz bir qarorga kelgan bo’lsangiz.. Uning gulgun chehrasi yanada yorishib ketgandek bo’ldi,go’yo… Hiyol qizargan yonoqlarini,ko’rsatmaslik uchun yuzini burib oldi.. -Uydagilaringga aytib qo’y,senga uylanmoqchiman dedimu.. Mahkam bag’rimga bosdim..O’sha damlarda men uning sochlaridan kelayotgan ifor og’ushida butkul mast edim… Oradan 3 oy vaqt o’tdi..Endilikda men Nilufar bilan oila qurishga erishgan,shahar chetidagi moyka ortidan keladigan daromadlarga qanoat qiladigan oddiy insonga aylanayotgan edim.. Bu borada Nilufarning cheksiz ko’magi,nihoyatda farosatli ekanligi bilan meni dunyoqarashimni o’zagartira boshlagan edi… -Sodiq aka,bilasizmi men sizga bir hushhabatni aytmoqchiman dedi Bir kuni ertalab ishga ketayotganimda… - ha,qanday habar ekan …so’zlay qolchi..?!dedim,jilmayib -Bilasizmi,men haligi….Biz yaqinda ko’payishamiz…u qizarib yuzini burib oldi… -Nahot…!!? Na..na… hoootki ..!!!!Men ichimdan qandaydir quvonch bilan otlib chiqayotgan vilqon haroratini sezdim…Uni bag’rimga bosib ko’tarib oldim-da,hona bo’ylab ko’tarib aylantira boshladi,,, U esa bo’ynimdan mahkam quchganicha tinmay kulardi… Mening hayotimda shu asnoda quvonch kirib kelgandi..Bu yaratgan tuhfasimi yoki bir sinovmi?menga muhim emas edi o’sha damda…


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.