Do’stimiz dilidegi dardlar…!!!
Maktabni tamomlaganimizga xam 20 yil bo’libdi. Wu munosabat bilan sinfdowlar
yig’ilib bir vaqtlar bilim olgan dargoximizga yana bir bor qadam ranjida qiliwga
qaror qildik. O’tkan yillar mobaynida safimizdan bir qator sinfdowlar Ollox
xuzuriga rixlat qiliwdi. Ularning xam pok ruxlarini xotirlaw maqsadida 9-may
sanasida maktabimizga tawrif buyurdik.Ewikdan kiraveriwda maktab binosiga
qorovullik qilayotgan keksa bir inson e’tiborimni o’ziga qaratdi.Sinfdowlarimni
ichkariga kiraveriwlarini tayinlab o’zim esa biroz uwlanib qoliwimni aytdimda
uwbu keksa mo’ysafidning suxbatini oldim.Uning ko’zlariga qaraganimda afsus
nadomadning alomatlariga guvox bo’ldim. Xayot zaxmatlari qaddini
bukib,qo’llarini qaltiratib qo’ygandi. Bolam deya so’z bowladi u: Yowligimda
tog’ni talqon qilgudek baquvvat yigit edim. Ammo bilakdagi qudratim bir
suluvning makri oldida ojizlik qildi.Iwvalariga iwonib sevib qoldim uni.
Sevmaslikning xam iloji yo’q edi. Boisi Tangrim uni maloxatda beqiyos qilib
yaratgan. Yo’llariga nigoron bo’lib tinmay yo’lin poylardim.Tunu kun yolg’izgina
faqat uni o’ylardim. O’zimcha owiq yigit edimda tinchligini ta’minlab o’zimniki
qiliwga urinardim va omadim kelib maqsadimga xam yetdim. Sevaman dedi
iwondim…!!! Bo’salaridan sarmast bo’lib quvondim…!!! Qaysarlik qilib Ota
onamning so’zini yerda qoldirib unga uylandim. Nikoxdan so’ng qo’lini sovuq
suvga xam urdirmay kipriklarimda asray bowladim.Tannoz edi biroq nozlaniwi
o’ziga yarawgan. Bu orada Ota onamning xoli yodimdan ko’tarilib fikri xayolim
bilan ayolimga maxliyo bo’lib yuraveribman. Fursat o’tib Onam xasta bo’ldi. Man
esa davo izlaw o’rniga makkora xotin gap so’ziga iwonib o’z Onamning o’limini
kutdim.Onam farzandining umidini yerda qoldirmadi. Ikki oy to’wakda mixlanib
yotib so’ngra bir umrlik yer bag’riga mixlandi.Onam o’lganda xam bandalik deya
ko’zlarim namlanmadi. Wunchalar tuban bo’lib ketganimga aqlim yetmasdi. Endi
navbat Otamgami…? Qonimda bor u xam mandek zabardast edi.Wu boisdan xam
Onamning ojiz jismini nobud qilgan zaxmatlar Otamning irodasini sindirib
ulgurmagandi. Saxnaga yana ayolim chiqdi. Endi uning ko’ngilchasi uyni Otamga
qoldirib aloxida yawawni istab qolgandi. Boisi rafiqasining o’limidan so’ng xarob
kimsaga aylanib qolgan padarimning ko’ylaklarini yuviw qo’lini sovuq suvga xam
urmaydigan nozik ayolimga malol kelardi.Nodonligim sabab uning uwbu istagini
xam bajo keltirdim. Suyanchig’im deb qomatini kerib yurgan otam o’wa
suyanchig’i ortidan termulgancha qolib ketaverdi.Farzandim xamda makri bilan
mani bowqargan rafiqamni olib bowqa uyga ko’chib chiqdim.Qani endi oqibat…?
Qani endi farzandlik burchim…? Barchasini unutib ayolimning izmidan
yuraveribman.Ko’p o’tmay Onamsizlikdan Otam xam Volidam singari qaytmaslik
safariga yo’l oldilar.Ularning xam muzlagan murdalarini qora tuproqqa omonat
qoldirdim. Oradan yillar o’tib ikki o’g’limning kamolini ko’rdim. Biroq ularning
Oqibatini emas.O’qitdim uyli joyli qildim.Ikki o’g’lim xam o’zga yurtlarda
istiqomad qiliwadi.Biroq ularning xattoki xozir qanday ko’riniwda ekanliklarini
xam bilmayman.Ular xam ayyollari ko’ngliga qarab mani yolgizlatib qo’yiwdi. Endi
esa tirikchiligim sabab uwbu maktabga qorovullik qilaman. Bolam Ota Onang tirik
bo’liwsa tirikligida ulug’la,o’ligida qadrlaganing befoyda’’ deya tinmay yig’lardi.
O’wa keksa nuroniydan uwbu nasixatlarni ewitgach tezlik bilan uyga yo’l oldim.
Xonadonimga yetib kelgach ne ko’z bilan qarayki ayolim Volidamga biroz baland
ovozda, qo’rslik bilan gapirayotgandi. Darxol uning oldiga bordimda g'azab bilan
yuziga tarsaki tuwurdim. U o’zining qilgan noxaqligini tezda faxmalab yetdi
xamda indamay uyga kirib ketdi. Man esa biroz avvalroq kelinidan dawnom yegan
biroq o’gli uni urganini ko’rib bundan xafa bo’lgan xokisor Onaizorimning
sochlariga oq tolalar oralagan bowini bag’rimga bosgancha tinmay yig’lardim…!!!