Qismat

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 369
  • Коммент: 0
Go’dakligimda otam mani o’z
qo’llari bilan ammamga
topwirgan ekanlar. Boisi
ammam Tangri tomonidan
befarzand o’tiwga maxkum
etilganakanlar. Buning ustiga
oilada ikkinchi qiz bo’lganim
uchun balki otamning manga
nisbatan mexr sarchawmalari
qurib qolgandir. Muximi bu
emasdi…! Tug’ilganimdan so’ng
oradan bir yarim yil o’tgach
Otam Ollox xuziriga rixlat
qilibdilar. Padarimning vafotidan
so’ng bevalik azobiga bardow
berolmagan onam ikkinchi
marotaba turmuwga chiqib
opamni o’zlari bilan olib
ketibdilar.Man esa o’z Onam tirik
bo’laturib ammamning
farzandiga aylanib
qolaveribman…! Oradan yillar
o’ta bowladi.Manga Onalik
mexrini bergan ammamning
uyida xech narsaga zoriqmay
voyaga yetdim. Biroq yuragimda
mani dunyoga keltirgan ayolga
nisbatan nafrat tuyg’usi kundan
kunga ortib borardi. Boisi Onam
ikkinchi turmuwidan xam
farzand ko’rganlaridan so’ng
opamning o’gay otasi uni o’z
farzandi kabi ko’rmay xo’rlay
bowlabdi. Opam 16 yowga
to’lganlarida esa uning
nomusiga tajovvuz qilibdi. Onam
bundan xabar topgan
bo’lsalarda o’wa iflosning aybini
berkitib xech nars bo’lmagandek
yawawda davom etibdilar. Ikki
o’rtada iffati g’uborlangan
bechora opam qon yig’lab
qolaverdilar.Fursat o’tib man
xam balog’atga yetdim.
Barchaga ma’lumki bo’yi yetkan
qizi bor uyning ostonasi tinmay
sovchilar tomonidan supiriladi.
Mandan umivor bo’lib uyimizga
kelgan ovchilar soni tobora ortib
borardi. Natijada ammamning
eri yaqin bir do’stining o’g’liga
mani unawtirib qo’ydilar. U bola
bilan ko’riwganimda biroz
yoqmagandi. Biroq manga Ota
onalik mexrini ulawgan
insonlarning so’zini ikki qilolmay
o’wa yigitga turmuwga chiqdim.
Wodiyona kowonasiga qadam
qo’yar ekanman barcha malaklar
singari yuragimda mittigina
umid uyg’ongandi. Qalbimda
kurtak ochgan uwbu umidni
baxtli bo’liw umidi dib
atagandim..! Biroq baxtga qarwi
Ollox qadamimni sinovlar bilan
siylay bowladi. Turmuwimning
dastlabki oylarida qaynonam o’ta
sertakalluf xamda ibratli ayol
obrazini maromiga yetkazib ijro
etib berdi. Ammo oradan
fursatlar o’tib esa o’zining asl
qiyofasini nomoyon eta bowladi.
Ro’zg’or iwlarimdan kamchilik
izlar,bordiyu xatoga yo’l qo’ysam
aybimni tuwuntirmay jerkib
tawlardi. Ba’zan esa xatolarimni
o’g’liga aytib mani
urdirardi.Xayotim tobora
tubsizlik ummoniga g’arq bo’lib
baxtsizlik sabolari dimog’imga
chalina bowladi. Biroq sabr
qiliwda davom etardim. Chunki
xar bir qizning xayoti turmuwga
chiqqanidan so’ng sinovlarga
to’lib ketiwini yaxwi bilardim.
Qolaversa Onamning baxtsiz
taqdiri mani xam bowimga
tuwiwidan xadiksirab yawardim.
Oradan fursatlar o’tib
xayotimdagi zimistonlikni yog’du
bilan yoritgan xuwxabarni
aytiwdi. Kaltak singan vujudimda
yangi bir xayot paydo bo’libdi.
Ona bo’liwim xaqidagi uwbu
xabar mani dunyodegi eng
baxtli insonlar safiga qo’wdi.
Boisi xar bir qizning xayotidagi
asl ma’no uning vujudida paydo
bo’ladigan mittigina go’dak deb
bilardim. Wukurkim manga xam
o’wanday baxt nasib etdi. Biroq
farzand xaqidagi xuwxabarni
turmuw o’rtog’imga aytganimda
u nima deganini
bilasizmi…? ,,Bolani oldirib tawab
Onami xizmatini qigin. Xali
yowmiza nasib qisa yana ko’p
farzandli bo’lamiza’’ Qaynonam
xam o’glining fikrini ma’qulladi.
O’wa kimsalardan bu tarzdagi
vaxwiy so’zlarni ewitaman dib
sira o’ylamagandim. Qanday qilib
o’z farzandiga bunday
noxaqlikni ravo ko’riw
mumkin…? Nabiralik bo’liwni
xoxlamasa nima uchun
tug’maydigan kelin tuwurmadi
o’wa Xudo urgan uyiga…? Wu
kabi savollar manga tinchlik
bermasdi. Oxir oqibat bolani
oldiriw xaqidagi gap so’zlarni
tutingan Ota onamga aytiwga
majbur bo’ldim.Ular mani o’wa
ifloslar azobidan xalos etib o’z
uylariga olib ketiwdi. O’yladim..!
Balki turmuw o’rtog’im xatosini
anglab yetib mani olib ketkani
kelar…! Biroq uning siyratidan
xam darak yo’q…! Birin ketin
oylar o’tib Ollox quchog’imni
mittigina qizaloq bilan siyladi.
Uning ko’zchalariga
termulganimda xasratlarim ado
bo’lib vujudim taskin topardi.
Kutdim…! Balki nabirali
bo’lganini ewitib qaynonam
bizni olib ketgani kelar…! Biroq u
diydor o’rniga o’glini bowqa bir
qizga uylantirdi. O’wa qizning
xam bowiga mani kunlarim
tuwuwini o’ylasam bechoraga
raxmim kelardi. Nixoyat baxtsiz
turmuwimdan umidimni uzib
yangi xayot bowlawga axd
qildim. Qizalog’im 3 yowga
to’lganida esa taqdir xukmi
sabab bir insonga ko’ngil
qo’ydim. Biroq uning yowi
mandan kichikroq edi.Kun sayin
unga o’rganib
qolaverdim.Samimiy suxbatlar
xamda sog’inchli maktublar oxiri
ko’rinmasdi. Lekin bu xolat
qachongacha davom etiwi
mumkin. Axir u bilan kelajakda
bir butun oila bo’liw extimoli
xomxayol edi xolos. Natijada
ko’p o’tmay o’wa inson o’z
maqsadini owkor etdi. Nima
sabab manga mexribonlik qilib
yurganini bilasizmi…? Uning asl
niyati mani zinoga bowlaw ekan.
Undan bu tarzdagi jirkanchli
gapni ewitgach ko’nglim sovub
ketdi. Naxotki tuyg’ular xirs
oldida ojizlik qilsa..? Ajrawkan
ayol bo’lganligim uning xayolida
mani zino uchun eng munosib
nomzod qilib qo’ygandir.
To’wakka qilingan taklifni
ewitgan zaxotim uning xayotini
butunlay tark etdim. Naxotki
man kabi turmuw zarbidan
aziyat chekkan ayollar ikkinchi
marotaba seviw uchun noloyiq
bo’lsa..? Nima uchun xirs
insonlar ko’zi bunchalik ko’r qilib
qo’ygan…? Mana jonim ardog’ida
ulg’aytirgan qizalog’im xam 4
baxorni qarwiladi. Uning
kelajagi xaqida o’ylasam
vujudimni titroq bosadi. Otasiz
o’sayotgan qizim man kabi
baxtsiz bo’lib qoliwdan qo’rqib
yawayman. Ba’zan
munisginamning jajji
qo’lchalarini tutib xayol surib
qolaman. Qani endi Tangrim
bizni wunday saodat bilan
siylaganida umrimiz xuzur
xalovatda o’tgan
bo’larmidi.Naxot o’zgalar kabi
wirin xayot kechiriwga xaqqim
bo’lmasa…? Xozirda birgina o’y
xayolimni egallab,yurak-
bag'rimni ezib
turadi.Mittivoyimning
ma’yusgina siyratiga termular
ekanman uning baxti uchun
xam bu dunyoda baxtli bo’lgim
keladi…!


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.