Qizlarning ko'nglini yaralab qo'ymanglar (Hikoya)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 385
  • Коммент: 0
Bundan 2 oylar oldin kechqurun
qo'l telefonim jiringlab qoldi.
"Eshitaman"-javob berdim men.
Narigi tarafdan "bu kim ekan?
Sizni nomeringiz meni telmda
saqlanib qobdi." degan savolli
javob keldi. Xullas, tanishib
ketdik. Har kuni tel.da
suxbatlar, har xil qiziqarli
mavzularda fikr almashishlar
sabab, unga o'rgana boshladim.
Uylanmagan,o'qimishli, puli, uyi
yetarliliginiyam asli
Chimkentlik, O'zbekistonlik qiz
bilan oila qurish niyati
borliginiyam yashirmadi.
Tabiatan soddaroq bo'lganim,
har bir gapini haqiqat deb va
jiddiy qabul qilardim. Bir yarim
oy o'tdi. Ba'zi ishlar sabab
O'zbekistonga chiqib kelishim
kerak bo'ldi va omadni qarang-
ki, aynan Chimkentdan
ketadigan bo'ldim)). Tohir bilan
ko'rishadigan bo'ldik.
Shunchalar xursand edim-ki,
shaxzodamni ko'radigandek..
Ishqilib, o'sha kuni u ishdaligini
aytdi. Men ham keling
demadim. Xafa bo'ldim tabiiy,
lekin yana gaplashishda davom
etdim. To'g'ri, uni
ko'rmaganman xayotda,
tanimayman. Lekin o'ziga
bog'lab ulgurgandi. Bir kuni,
ishga ketayotib gaplashgim
keldi. Soat 7:00. Tel qildim ayol
kishining ovozi, xayronman.
Darhol xayollarimni chalg'itdim
SINGLISI! afsus,afsus xotini
bo'lib chiqdi. "Kimsiz?" - degan
savoliga, miyamga qaydan
keldi bilmadim KURSDOSHIMAN
devordim. Xo'jayini
o'qimaganligini aytib qolsa
bo'ladimi. "Shoshmangchi"
dedim-u
birmuncha fursat o'tib yana tel
qilib "uzr, bizni do'stlar
hazillashib boshqa Tohirni
nomerini berishibdi"-dedim
noiloj. Oralaridan bir og'iz
yomon gap o'tishidan qo'rqdim.
Men sababli yoshgina oilada
janjal bo'lishini xohlamadim.
Keyin esa ming xil xayol,
siqilish, soddalik, uning gaplari,
shirin-shakar farzandlarni orzu
qilganlari....tinch qo'ymadi. Ko'p
o'tmay T tel qildi, ishi ko'p
keyinroq tel qilishini aytib
xayrlashdi. Ertasiga xotini
xabarlashdi. Bu safar yolg'onga
xojat qolmadi. Meniyam to'g'ri
tushunishini, ortiq bezovta
qilmasligimni aytib uzr so'rab
xayrlashdim. Mana 2 kundir-ki
tinch. Iloyim tinch bo'lishsin!
Akajonlar..iltimos qizlarning
ko'nglini yaralab
qo'ymanglar.axir har bir qizning
o'z kutgani, orzu qilgan insoni
bo'ladi. Oilangizdan kechib,
ularning orzularini amalga
oshirmaysizlar-u baribir.. Axir,
O'ZBEK degan nomimiz bor!
O'ZBEKCHILIKDAN
kechmaylik.oqibatli bo'laylik.
Oilangizga tinchlik-totuvlik,
mangulik BAXT tilab qolaman


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.