Barcha o'zbegimning mard o'g'lonlari,
Zafarlar muborak, quvnar ko'ngillar.
Ajdodlarga loyiq avlod shu asli,
Asli shunday bo'lar ota o'g'illar.
Siz jang qildingiz-u biz sizdan ko'proq
Hayajonda qoldik hovuchlab yurak.
Tandir go'sht yeb quvvat olgan o'zbeklar
Ringda mana qanday bo'lishi kerak!
Sahargi oshlarning quvvatidir bu,
Ig'vokash ey raqib, qanaqa doping???
It hurgancha qolar karvon odimlar;
Marraga yetdingiz, baraka toping.
Sal qo'rqib turgandik Rio boshida,
G'alaba qozonish ancha dushvordek.
Noumid ko'ngilga alanga yoqdi,
Olgan bronzasi bilan Diyorbek!
Toshdi yuraklarda ishonch yana ham
Boks ustalari uyg'otdilar shavq.
Finalda Hasanboy bilan qo'shilib
Ringga chiqdi go'yo 30 million xalq.
Ilk oltin taqildi mag'rur ko'krakka;
Endi birortasi bo'lolmasdi g'ov.
Yana bir bronza bilan siyladi
Ona vatanini Rishod Sobirov.