Rio-2016 (Qutlovnoma) 2

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 27.08.2016
  • Просмотров : 390
  • Коммент: 0

Zil-zambil toshni ham ko'tarvolib dast
Ruslan oltin oldi, yana quvnadik.
Shodligimiz sig'may hatto tanaga
"Anjancha"ni baland qo'yib o'ynadik.
Elmurod polvonlik naslidaligin
Isbot qilib qo'ydi, raqiblar tonsa.
Shu isbot sababli yana O'zbekning
Ko'ksiga qadaldi bitta bronza.
Ey bu bokschilar!!! Tengsiz o'g'lonlar
Ta'rifga til ojiz, yashavor Shahram.
G'alaba nishonlash bobida hatto
U mot qildi mashhur Ronalduni ham.
Murodjon... Yana bir bronza medal;
Dunyo hayrat ichra boqdi o'zbekka.
Bahodir ham medal olardi aniq
Rusning yo qozoqning bir ko'zi tekkan.
Bayram avj oldi-ku to'yning so'ngida,
Raqiblar qoldilar etolmay qimir.
Yashavor! Ko'ksingni bezablar turgan
Kumushingdan seni, yasha, Bektemir!
Ayniqsa, janglarning so'ngi qizidi,
Befarq qoldirmadi hech biror kimni.
O'ttiz millionli xalq iltijo qildi,
Qo'lla rabbim, deya Shahobiddinni.
Ixtiyor bronza yutganda esa
Mo'g'ul o'zin ne ko'ylarga solmadi.
Shodlikdan diydasi qalqidi nogoh
Fazliddin ko'z yoshin tiya olmadi.
Xullas, qoyil deymiz sizga yigitlar,
Eson-omon endi Toshkentga qayting.
Raqiblaringizni taklif qiling va
Yurtimda "osh" kutar meni deb ayting...
Bobolarning ruhi yor bo'lsin endi
Hatto olindi-ku ajdodlar o'chi.
Eeeeey chet ellik do'stlar, istaganizcha
Nakautga yetar O'ZBEKNING KUCHI!!!



Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.