-Ha zo'r,toping ismimni?
-Analgin yoki Noshpa
-Ey,maynavozchilik qilmang,unda topganingizda tel qilarsiz.
-Topolmasamchi?
-Unda alvidoda.-U tel.ini o'chirdi.Bir hafta dorixonalarni qidirdim.Topolmadim.Keyin bir tanishimni oldiga bordim.U dorixonaga ishga kirgandi.Ikkalamiz izladik.Oh,omadimdan topdim.Qizga tel qildim ko'tarmadi.2Kun bo'sh bo'lganimda tel qildim.So'ng ko'tardi.Salomlashdik.
-Nega ko'tarmaysiz?
-Nega ko'tarishim kerak?
-Men topdim-xuddi mukofot olmoqchi gadoday faxrlanib aytdim.
-Xo'sh?
-Dori nomi-AMIZON,ismingiz -NOZIMA,qaley-a?
-Yaxshi,unda yana bir savol
-Ufff,yanami?
-Unda xayr.
-Yo'q-yo'q,ayting.
-Anqara jangi qachon bo'lgan?
-1405-yil-ex,tarixni yaxshi bilsamda,shu esimdan chiqibdida.
-Topolmadingiz,1402-yil.Xayr.
Bunaqa qaysar qizni ko'rmagandim.Axir qizlarni "o'rashda"zo'r edim,bunisini ham o'rayman.Keyin bir oy tel qilmadim.O'zi qiladi deb kutdim.Odatda qizlarga yaqin borsang o'zini olib qochadi,lekin uzoqlashsang senga talpinadi.Bu hayotiy tajribamdan o'tgan edi.Lekin Nozimaxon tel qilmadi.
Keyin yashirin raqamimdan unga chiqdimda
-Assalomalekum,biz Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatidanmiz.Sizga savol beramiz.Har bir to'gri javobga hisobingizga pul tushadi va hokazolar deb tashladim.Qiz darrov ishondi.
Nozimaning ukasi Farhod Toshkentda o'qirkan.Uni raqamini avtobusda tel.ini olib tel qilganimda ko'rib qoluvdim.Ukasiga ham adashib tushgandek qilib tanishib,aka-uka kirishdik.U ijarada turarkan,uyimga olib keldim.Birga yashay boshladik.
Oradan 3oy o'tdi bizning savollarimiz davomida o'zim "o'rala" boshladim.Uni sevib qoldim shekilli.U meni ismimni Sanjar deb o'ylardi.Haqiqiy ismim Sarvar.Uni obdon tekshirdim.Uylansa arziydigan,oqila qiz.Ammo oilasini bilishim kerak.Chunki qizlarning oilasiga ahamiyat beraman.To'g'ri ukasi ham samimiy,yaxshi mard yigit.Lekin ota-onasini bilishim kerak.