Toliqdingmi..? Bergin menga,qo'lingni ona,
Seni o'zim yetaklayman,jannat tomonga.
Qora soching oqaribdi,yuzingda ajin,
Rohat ko'rmay o'tdingmi yo tangku axvoling.
Ko'ryapsanmi..? Men qarshingda yoningdadurman,
Tinglab ko'rgin! Senga shirin so'zlar aytaman.
Yuragingni dard alamdan ozod qil bugun,
Seni bugun jannatingga olib ketaman.
O'ksimagin ko'z yosh to'kib qayg'urma aslo,
Seni bolang jannatiydir sen unga mano.
Bu hayotda muallimsan bag'ri keng dunyo,
Seni bugun bu dunyodan olib ketaman.
Mo'tabarsan yagonasan eng go'zal ona,
Har bir inson senga aziz senga parvona.
Dilingda ne yashiringan bilmaydi xech kim,
Seni yopgan nonlaringda tafting mujassam.
O'tmishingda ne-ne urush qonni ko'rmading,
Yordam so'rab qo'l uzatgan,ming jonni quvmading.
Senga qoyil tashvish ila jondan to'ymading,
Tazim aylay tenggi yo'qsan farishta ona.
Mayli qo'ygin yarashmaydi senga bu qaxr,
Kimdir senga chox qazisa tilagin sabr.
Ona bo'lsin barchamizga mehribon giryon,
Qo'lingni ber yurgin ona jannating tomon..!
Sasha.B - Ijodidan..!