Men jarrohman. Besh yashar qizaloqda jarrohlik ishini o‘tkazish uchun birinchi guruh qoni zarur edi. Lekin qon topilmadi. Shunda qizaloqning egizak akasidan so‘rashga majbur bo‘ldik. Men undan: –Bu “Hayot yoki o‘lim” masalasi, singlingga yordam berasanmi? – deb so‘radim. U biroz o‘ylab turib, so‘ng ota- onasi bilan xayrlashdi. Men esa bunga e’tibor qilmadim. Undan qon olib bo‘lgach, u bizdan: –Men endi qachon o‘laman? – deya so‘radi. U singlisi uchun o‘z jonini beraman deb o‘ylagan edi. Hozirda aka ham, singil ham hayot va sog‘lom.