Sirli Sirdosh: Oilam boru 18 yoshligidan voz kecholmasam netay?

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.12.2016
  • Просмотров : 443
  • Коммент: 0
Bilmadim.. Yoshingiz o'ttizdan o'tganida qalbingizga muxabbat kirib keladigan davri bo'lar ekan.. Chidab bo'lmaydigan darajada. Bilmadim, avval sevgi muxabbat aslida nima ekan deb o'ylamadim. Xayotda bir insonni qalbdan sevsangizgina ertangi kuningizga ishonch paydo bo'lar ekan. Xar bir o'tayotgan kuningizni, daqiqangizni qadrlay boshlar ekansiz. Bu sevgimi, muxabbatmi aslida buni tushunib etishning o'zi xam juda bir qiyin tuyuladi. Oilali bo'lganingizdan keyin, farzandlaringiz oldingizda, ayolingiz bor uyingizda, bilmadim.. Xayotimga bir o'zgacha inson kirib keldi. Mendan oddiygina yordam so'radi. Ota onasi yo'q, Mendan yordam berishimni so'radi. Beixtiyor Ollox yo'lida deb bu insonga yordam qo'lini cho'zdim. O'zimda bor imkoniyatdan foydalandim. Bo'sh uy joyimni berdim. Og'ir axvolda edi, davolatdim. Sog'lig'iga qaradim. Uydan kelishmovchilik sabab chiqib ketgan ekan, buvasini qo'lida qolgan. Mana bir yarim yildan beri shu inson bilan yashayman. Menga moddiy taraflama xam boshqa taraflama xam xech qanday ziyoni tegmaydi. O'zi ishlab pul topadi, xayot tarzi yaxshi, begona inson bilan xech qanaqa munosabatda bo'lmaydi. Bilmadim.. Ayol kishiga xamma narsani qilib bersangiz xam, xamma narsasi bekamu ko'st bo'lgani bilan, yonida bo'lmasangiz unga alam qilarkan. Endi tashlab ketish xam.. vijdoningiz ko'tarmaydi. Nima qilishni bilmay qoldim. Aslida o'ylanib qolar ekansiz, nima qilsa bo'ladi? Javobi yo'q savollarga ko'milib ketasiz.. Kutilmagan xolatda yoningizdagi yaqin insoningizni. To'g'rirog'i sevib qolganingizni keyin anglab etarkansiz. Xattoki, bilmadim.. uyimdagi ayolimdan xam mexrim unga boshqacha, beg'ubor, samimiy tabassumga ega. Lekin xozirda nima qilishni o'zim bilmay qolganman. Boshim qotgan. U qiz bilan munosabatimni uzib tashlasam, ertaga uni xayoti nima bo'ladi? Endigina 18 ga kirgan qiz. U manga bir so'zni doim takrorlab aytadi, "Olloxdan so'ragandim, sizni berdi, Olloxga shukur”. Mana shu muammo meni juda qiynamoqda. Munosabatimizni butunlay uzib tashlashga uzimda qandaydir bardosh topolmayapman. Lekin uni baxtsiz qilib qo'yishga qo'rqaman, ertaga vijdon azobi insonni ezib tashlaydi. Nima qilishni bilmadim.. U uyda o'zi yakka yolg'iz yashaydi.. Payg'ambarimizga shunday bir savol berishganida, shunday javob bergan ekanlar: "Davringizning olimu ulamolari, ilmli shaxslari, imomu xatiblari nima deyishsa, siz qalbingizga quloq tuting, qalbingiz xalol deb bilibdimi shu ishni, bilingki siz uchun xalol” degan ekanlar. Bu yerda men xarom ish qilmayapman, lekin ertangi kunni, kelajakni o'ylayapman. U inson bilan o'zimni aqlim etmayapti ertaga farzandli bo'lib, umrimni oxirigacha birga yashab ketishga. Uni nikoximga xam olganman, lekin bu xaqida xech kim bilmaydi. Menga xammangizning maslaxatingiz kerak.. Boshim qotgan


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.