So'zsiz sevgi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотров : 436
  • Коммент: 0
1-kurs o'qishga kirganinga xursand bo'lasan, sevinasan do'stlar orttirasan.Hayoting bahor shabadasi kabi maromida, do'stlaring yoningda.kastyum shim kiyib o'qishga borasan, darslarda kursdoshlaring bilan tortishasan, urishasan va yana yarashib olasan, ammo o'zing sevib qolayotgan qizga bir so'z ham aytolmaysan. May, semestr, imtihonlar, uch oylik ayriliq... 2-kurs irodang ancha mustahkam, o'zinga ishonching ortgan, o'qish boshlangan kuniyoq qizni yo'lini to'sib sevishingni aytasan lek hech qanday javob ololmaysan.Faqatgina uning quvonchla porlagan ko'zlariga qaraganingda nimanidir his qilasan ammo u ham shuni his qilayaptimikan degan savol sening yuragingga igna sanchayotgandek bo'ladi.Uni kuzatib yurasan, oldida aylanasan lekin bir so'z ayta olmaysan axir uni bor qalbing ila sevasan, kundan kunga raqiblaring ko'payadi, do'stim deb yurganing orqangdan pichoq sanchadi lekin xiyonatni oldida mag'lub bo'lmaysan chunki hayot davom etayotgan bo'ladi.Qish, oppoq qor, yangi yil bazmi o'yin kulgu, tabrik....Bahor, Navro'z bayrami, kursdoshlar dasturxon atrofida, samimiy suhbat,uning o'tkir nigohidan so'ng mayin tabassum va sen uchun soniyalik baxt....Yoz, jazirama, imtihonlar, vidolashuv.... 3-kurs, sentabr sog'inchning azobli qiynoqlaridan qutilding.... dekabr,unga haliham bir so'z aytolmading....Yanvar , nihoyat unga qalbingni ochmoqchisan ammo endi kech.... Endi uning ko'zlari avvalgidek emas, endi sen uning qo'llaridan tuta olmaysan,endi u senga quvonch to'la ko'zlari bilan qaray olmaydi, endi uning ko'zlarida taqdirga bo'lgan nafrat olovi alanga olgan, nigohlarida esa ertangi kunga ishonchsizlik sezilardi.U endi yosh bolalrdek hazillashmaydi, u endi chin dildan kulolmaydi, chiroyli yig'lolmaydi! O'zingdan ko'ra unga achinib ketasan kishi.Xo'sh bunga kim aybdor? Sevib turib aytolmagan bolami?, Bolaning sevgisiga javob qaytarmagan qizmi?, yoki qizining baxtini o'ylamagan johil otami? Yo'q bu shunchaki taqdirrning izmi yoxud so'zsiz sevgi azobi....


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.