TELFONDAGI SUXBATDAN.... -
Vaslingizni tushlarimda sog‘inganim rost,
Sizsiz jonim bu yerlarda ko‘nglim to‘lmaydi,
Ko‘rishganda sirlasharmiz oshiqlarga xos,
Telefonda hamma gapni aytib bo‘lmaydi.
Sizga atab she’r yozganman hech kim bilmaydi,
Gullar terdim, borgunimcha aslo so‘lmaydi,
So‘z berdimmi, endi so‘zdan qaytib bo‘lmaydi,
Telefonda hamma gapni aytib bo‘lmaydi.
Bilmam, mendan neni buncha istayverasiz,
Sevaman deb ayting deya qistayverasiz,
Muhabbatim isbotlagum mana ko‘rasiz,
Telefonda hamma gapni aytib bo‘lmaydi.
Zarracha ham yolg‘on yo‘qdek sizning so‘zlarda,
Zig‘ircha ham riyo yo‘qdir bizning so‘zlarda,
Hech kimda yo‘q ibo bo‘lsin sizdek qizlarda,
Telefonda hamma gapni aytib bo‘lmaydi.
Sizni menga, meni sizga uchratib qismat,
Bir muddatga ayriliqqa tashladi faqat,
Kuting, jonim, kuting, erkam,bir Meni faqat,
Telefonda hamma gapni aytib bo‘lmaydi.