Soat 6:00. Robiyani
telefoniga navbatdagi SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”. Bu SMS lar Robiyaga
tanish, har kuni bir vaqtda, bir xil
SMS keladi. Robiya ham o’z
navbatida Sobirga bir xil javob
yozadi. Faqat uniki aynan bir
vaqtda emas. Har hilroq, nechidir
minutga farq qiladi. “Assalomu
Alekum. Sizga ham Xayirli tong!
Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))”... Ha. Bu
ularni har kungi salomlashish
SMS lari desa bo’ladi. Sobir va
Robiya bir birini 3 yildan beri
tanishadi. Ular avtobusda
to’sattan bir voqea sabab
tanishib qolishgan. Ushanda
Robiyaga ikki mast yigit gap otib,
unga tegajorlik qilishvotgandi.
Avtobusdagi odamlar, yigitlar
ichib olganigami, yoki ulardan
qo’rqibmi, o’zi odam ham kam
edi. Yo’q, konduktor e’tiroz
bildirgandi, bir narsalar dib
so’kishdi, keyin biletingni
sotginam diyishdi. Sobir
orqaroqda o’tirgandi. Bu
gaplardan keyin o’rnidan turib,
ularni oldiga keldi. Ozgina janjal,
keyin pastga tushishdi. Avtobus
yo’lida davom etdi. Sobir ular
bilan alohida gaplashdi... Robiya
avtobus oynasidan qarab qoldi...
Robiya tikuvchilik fabrikasida
tikuvchi bo’lib ishlaydi. Har kuni
bir vaqtda shu avtobusda uyga
qaytadi. Sobir ham usha atrofda
institutda o’qiydi. Uni ham
darslari tugagandan keyin shu
vaqtda, shu avtobusda uyga
qaytadi. Ertasi kuni Sobir
avtobusni orqa o’rindig’ida
o’tirib kevotganda yoniga bir qiz
keldi. Boshida u ahamiyat
bermadi. Yonida joy bo’sh edi.
Lekin qiz Sobirga qarab turardi.
U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga
tikilib turganiga o’zini g’alati his
qildi. Keyin qizga: - Kechirasiz.
O’tirmoqchimisiz. Marhamat
(shunday deb o’rnidan turdi) -
Yo’q. Sizga rahmat etmoqchidim.
- Joy berganimgami? - Yo’q.
Mani tanimadizmi? - ... (Sobir
o’ylanib qoldi) - Kecha mani
bezorilardan himoya qilgandiz.
Begona bo’lsez ham. - Ha.
Kechamidi. Uzr. Sizga
qaramagan ham ekanman.
Bemalol. Nega endi begona
ekansiz. Man barchani o’z
yaqinimde ko’raman. Sizga
yordam berganimdan
hursandman. - Kecha sizga
rahmat etolmaganimga rosa
uyalib yurdim. - O’zi rahmat
etishizga imkon bo’lmadiku.
Tushib ketdik. - Ha. Lekin
baribiram. Bugun sizni ko’rib
rosa hursand bo’ldim. Yonizga
kelib, nima dib gap boshlashni
ham bilmadim. Yana bir bor
rahmat... Bu ikkinchi uchrashuv.
Lekin birinchi suhbat. Shu
holatdan keyin avtobusda bir
birlarini har kun ko’radigan
bo’lib qolishdi. Ismlarini
etishdi... telefon raqam... endi
telefonda suhbatlar... (bir qancha
vaqt, taxminan 1 yilcha o’tdi,
Sobir o’qishni tugatib, ishga
kirdi) - Allo. Robiya. Salom. -
Assalomu Alekum. - Sizga bir
gap etmoqchidim. - Qanaqa gap.
- Sizni sansirab gapirsam
maylimi? - Hop. O’ziz bilasiz
(Robiya o’ylanib qoldi. Nega
sansiramoqchi dib) - Hozir
o’ylanib qolding. To’g’rimi?
Sababi, man o’zimga yaqin
olganlarimni barchasini sansirab
gapiraman. Qizlarni nazarda
tutvomman. Bunga
sinfdoshlarim, kollejdagi
kursdoshlarim erishgan.
Institutdagilar ham erisha
olmadi. Ularni sizlab |Uzbeklar.net|
chaqiraman. Usha oxirgilari
kollejdagilar bo’lib qolgandi. Man
endi shucha paytdan keyin san
erishdin. Agar hohlamasang,
sizlab ham chaqiraveraman. -
Yo’q, man sansirab chaqirishizni
hohlayman (Robiya o’zi bilmagan
holda shu gaplarni etvordi) -
Hursandman. Mayli keyinroq
telefon qilaman. - Hop Yana 2 yil
o’tdi. Sobir har kuni soat 6:00 da
SMS yozadigan bo’ldi. Bir
hillarida kechroq ham yozardi.
Uhlab qolishi, yana boshqa
sabablar... lekin ko’proq 6:00 da.
Lekin so’ngi paytlar, yengi telefon
olganidan keyin roppa rosa
6:00da kelardi. Yuboradigan
SMSi: “Salom. Xayirli tong!
Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi?
Mana bugun ham usha vaqtda
SMS yozdim))”. 3 yil ichida ularni
orasida qalin munosabat
uyg’ongandi. Lekin ular buni
sevgimas dib o’ylirdi. Aslida
sevgidan boshqa nima bo’lishi
mumkin? SMSda sog’inch haqida
yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir
birini sog’inisharmidi bir uyquda.
Bu savol Sobir va Robiyaga ham
qiziq edi. Sobir unga SMS yozdi.
”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir
narsa so’rayman, rostini et. Man
sanga shuncha SMS yozaman.
Sog’inmadingmi dib. San
zarracha diysan. Rostan ham
zarracha sog’inasanmi? Shu
manga qiziqde.” Robiya javob
yozdi: “Bilasizmi? Siz bilan
uhlashimdan oldin gaplashib
bo’lganimdayoq sog’inishni
boshlayman. Shuning uchun,
sog’inchimni oz bo’lsa ham
jilovlash uchun, tushlarimda ham
sizni ko’rishga harakat
qilaman.Zarracha deganim, har
narsa zarrachalardan tashkil
topgan. Zararachalar
bo’lmaganda ulkan narsalar ham
bo’lmasdi. Siz ham mani
sog’inasizmi? Doimo o’ziz
so’riysiz, lekin hich sani
sog’indim dimiysiz”. Sobir javob
yozdi: “Sanchalik sog’ina
olmasakanman. Sani sog’inching
zarrachadek bo’lsa, maniki
shunaqangi yuqoridaki, uni hich
kim hali his qilmagan ekan.
Mandan boshqa. Lekin
uhlavotganimda sani sog’inib
uyg’onib ketganimda, ko’rishim
uchun xonamni har devoriga sani
rasmningni osib chiqganman.
Qaysi tomonga qarasam ham,
sani ko’raman. Faqat sani”.
Mana bu sog’inch. Ta’rifga
so’zlar ojiz. Bunday sog’ichlilar
bir birini sevmidi dib etib
bo’ladimi? Baribir ichidagisini
etishi kerak. Sobir birinchilardan
chiday olmadi. Va uchrashuvga
taklif qildi. Sovg’a didi. Uzuk
ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta
kafega belgiladi. Sevgi izhorni
ham orginal qilmadi. Uzukni olib,
Robiyani barmog’iga taqib qo’ya
qoldi. Robiya tushunmay ham
qoldi. Sobir: “Man sani sevaman,
manga turmushga chiq” dib,
suhbatni tugatib qo’ya qoldi.
Manimcha bunga ham ancha
kuch va iroda to’plagandir....
osonmas etish. Robiya bir og’iz
javob qaytara olmadi. Uzukni olib
qolgani, bu qabul qilganide. Sobir
ham shunday o’yladi. Kafedan
chiqib, bekatga borishdi. U yerda
bir qari kampir turgandi. Qo’lida
og’ir sumka. Bozordan
kevotganga o’xshiydi. U Sobirdan
uni uyigacha olib borishini
iltimos qildi. Sobir yo’q diya
olmadi. Kampir uni bu yerdan
uncha uzoq emas ekanini etib
o’tdi. Robiya ham ular bilan
birga ketdi. Yo’lda kampirni
tilidan duo tushmadi. Rostan
ham uzoq emas ekan. 5
daqiqada yetib borishdi.
Kampirni bir pioyola choyga
taklifni rad etishdi, kech
qovomiza dib, bahona qilib
ketishdi. Kampir yana duo qilib
qoldi. Bahor oyi keldi. Har
kungidek bugun ham Robiyani
telfoniga SMS keldi. “Salom.
Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”. Robiya ham usha
javobni jo’natdi. “Assalomu
Alekum. Sizga ham Xayirli tong!
Rahmat juda zo’r uhladim.
Sog’inchim, zarracha!))” Sobirdan
yana keldi: “Yaqin kunlar uyinga
onam bilan ammamni
yuboraman”. Bu gapga
Robiyadan javob kelmadi. Nima
dib ham yozardi. Soat 10:00larda
Sobir Robiyaga telefon qildi.
Nimadir etmoqchidi. Lekin Robiya
“keyinroq o’zim telefon qilaman.
Hozir ishlarimni qivoliy” didi.
Manimcha yana sovchilar haqida
gap ketadi dib o’ylagandir. 2
soatdan keyin va’da bergani
uchun qaytib qo’ng’iroq qildi. -
Allo. Assalomu Alekum.
Yahshimisiz. - Voalekum
Assalom. Ha zo’r. Ishlarinigni
qilib bo’ldingmi? - Ha. Hozircha
qilib bo’ldim. Hali yana bor. -
Man hozir daraxtga chiqvotudim.
- Nega? - Ko’chada bolalarni
varragi daraxtga ilinib qolibdi.
Tepasida, olsa bo’larkan.
Ushanga iltimos qilishgandi,
“Amaki olib bering, o’zi bitta edi.
Uydagilar boshqa olib bermimiz”
diyishgandi, mayli dib
obermoqchiman. Hozir daraxtni
yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa
haliroq o’zim SMS yozaman.
SMSimni kutgin, albatta
yozaman. Yoki o’zing qilgin.
Ishlaringni hammasini qilib
bo’lib. Maylimi? - Hop bo’ladide.
Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda
man 10 marta daraxtga chiqib
tushardim dib o’yladi Robiya.
Nega SMS yozmayaptilar. O’zim
qilaman. Raqamlarni terdi. Javob
yo’q. Qayta telefon qildi. Yana
javob yo’q. 1 soatlardan keyin
yana telefon qildi. - Allo.
Assalomu Alekum. - Voalekum
Assalom. Kim bu? - ... (begona
ovoz edi. Robiya nima diyishini
bilmiy qoldi. Sobir hich telefonini
begonalarga bermasdi,
adashmadimmi dib raqamga
qarab qo’ydi. Adashmagan.) -
Kechirasiz. Man Sobirga telefon
qilgandim. Ularni chaqirib bera
olmaysizmi? - Siz Robiyamisiz? -
Ha. - Manga Sobir siz haqingizda
etgandi. Ko’p etar edi. Juda ham
ko’p etar edi. - ... - Sobir endi
oramizda yo’q. - Nega.....(ovozi
titrab chiqdi). - Telefonni
hozircha manda. Baxtsiz xodisa.
Boya negadir daraxtga chiqgan
ekan... usha yerdan... yiqilibdi...
Shomga chiqaramiz. Undan
ayrilib qoldik. Man haligacha
o’zimga kelolmayapman. - ...
(Robiyani qulog’iga bu gaplar
kirmasdi) - Uzr. Boshqa gapira
olmayman. U sizga uylanmoqchi
edi. Uni telefonini endi kim
tutishini ham bilmiman.
Buguncha manda turibdi. (aloqa
uzuldi) Robiyani hayollari ostun
ustun bo’lib ketdi. Ming hayollar.
Faqat bir gapni qaytaradi: “Yo’q.
Ishonmayman. Bo’lishi mumkin
emas. Ular o’lmaganlar. Ular
tiriklar. O’rtoqlari hazil
qilishvotti. Kimdan bilishim
mumkin? Yo’q. Uylariga
boraman. Hoziroq boraman”. dib,
yo’lga chiqib ketdi. Sobirni
mahallasiga kirib bormoqda.
Telefonga qarab qarab qo’yadi.
Hozir Sobir qaytib telefon
qiladigandek. Qaytib telefon
qilishga yuragi betlamiydi. “Qaysi
uy ediya. Nechinchi edi. Uylarini
eslolmayapman” dib o’ylab tez
tez ketib borardi. “Shom
bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor.
Agar rostan ham o’lgan
bo’lsalar, odamlar to’plangan
bo’lishi kerak. Ko’chani nomi
qanaqa edi. Ha. Mana shu
ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi kerak.
Telefonlarida shu yerda tushgan
rasmlari bor edi. Shu ko’chadan
yuraman. Mashinalar, odamlar
ko’p.