Nahotki rost bo’lsa. Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb
baqirib yubordi. Orqasidan
ayollar kevotgan ekan. Ular kelib,
Robiyadan hol ahvol so’rashdi. -
Tinchlikmi qizim? Sizga hich
narsa bo’lmadimi? Yordam
kerakmasmi? - A? (Robiya,
ularga savol nazari bilan qarab
turardi. Nima diyishini ham
bilmasdi.) - Sog’ligiz yahshimi?
Hozir baqirganizni eshitdik. - Ha.
Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi
odamlar to’planib turgan
eshikda) - Sizni tanimayroq
turibman. Bu yerda qanaqa ishiz
bor edi? - Manga bir narsani etib
berolmisizmi.... (u baribir
ishonmayotgan edi, shunga
aniqlik kiritmoqchi edi) - Nimani
qizim? - Bu yerda kim vafot etdi?
- Bu yerdami? Bu yerda 90dan
oshgan bir otaxon bo’lardilar.
Ushalar bugun olamdan
o’tibdilar. Mahallani yuragi
edilar. Tetik edilar. Lekin
Yaratganni irodasi. Olamdan
o’tdilar. - Rahmat. (beixtiyor
Robiyani yuziga tabbasum
yugurdi, ayollar unga qarab
hayron qolib, tuf tuflab qo’yishdi
o’zlarini o’zlari va yo’lda davom
etishdi. Robiya ichidan buni
yolg’on ekanini hursand
bo’lsada, tashqi tarafdan uni
aldashgani nafrati yuzini
burishtirib turardi. “shunaqa
narsa bilan ham hazil qiladimi,
man ularga ko’rsatib qo’yaman
hali. Kim bo’lsa ham ta’zirini
beraman. Aldoqchilar. Agar
Sobirni ham bunda qo’llari
bo’lsa, ularni hich qachon
kechirmiman. Yana maraka
borligini bilib etishgan. Mani
sinamoqchi bo’lishdimi?
Ko’rsataman ularga hali. Mayli,
muhimi sog’ bo’lsalar ham” dib
orqaga qarab yurdi. Baribir
sevgisi kuchlide. Nafratni ham
yenga oldi. Yana hayoliga bir
narsa kelib, telefonini oldi.
Sobirga telefon qilmoqchi bo’ldi.
O’lmaganini biladi endi. Sobirni
yod bo’lib ketgan raqamlarini
terdi. Qulog’iga tutdi. Yonidan
yana ayollar o’tib ketishvotgandi.
Ularni gaplari qulog’iga chalindi;
“Eshitilarmi qo’shni,
Xadichaxonni o’g’li Sobir ham
bugun olamdan o’tibdi.
Daraxtdan yiqilibdi. – Voy
eshitmagandim. Xudo rahmat
qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega
daraxtga chiqibdi? – Bolalarni
varragi ilingan ekan. Ushani olib
beraman dibdi. Tepasi qurigan
shox ekan. Usha sinib, yerga
yiqilibdi. Shoxni biri qorniga kirib
ketganmish. Yuragiga ham
kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. –
Voy, yoshgina ediya. Manga ham
qancha yordam berardi. Hich
qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada
ko’rib qolsa ham salomini kanda
qimasdi. Xadichaxonga qiyin
bo’libdiya. – Nimasini etasiz. Bu
yil uylantiraman digandilar. –
Unda tezroq yuringlar. U yoqga
ham chiqishimiz kerak. – Buni
qaranglar, bitta mahalladan ikki
ko’chada bir kunda maraka
bo’lsaya.” dib bir birlari bilan
gaplashib o’tib ketishdi. Robiya
telefonni ushlagancha joyida
qotdi. Unda telefonda
hazillashishmagandi. Orqaga
qaytib, boshqa ko’chaga yurdi.
Qayrildi. Bu ko’cha ham tanish,
rasmini ko’rgan. To’g’ridagi
eshik yonida ham odamlar
to’planib turishibdi... Robiya yo’l
chetidagi daraxt tagiga turib,
piqilib yig’lab yubordi. Buni
kutmagandi. Juda og’ir zarba
bo’ldi. Yerga o’tirib qoldi. Bir
qancha vaqt o’tirdi. Behol...
Yonidan odamlar ikki tobutni olib
o’tib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri
yoshniki, qizil duxoba o’ralgan,
biri qariyalarniki oq surup
o’ralgan. Odamlar tobutni qo’lma
qo’l qilib ketishvoti. Robiya asta
tobutga qarab qo’ydi. Nima
diyishni ham bilmadi... Kun
qoraygach, kimdir uni turg’azib,
manzilini so’rab, uyiga kuzatib
qo’ydi. Bu manimcha usha
Sobirni telefonida gaplashgan
yigit edi. Robiya uyida yig’lashga
ham holi qolmagandi. O’ksib,
o’ksib qo’yardi. Onasi uni yonida
nima qilishni bilmasdan yurardi.
Birga olib kelgan yigit unga nima
bo’lganini etib berdi. Onani
ko’zlari yoshlandi. Qizini sirdoshi
edi. Nima yordam qilishni ham
bilmasdi. Tez yordam chaqirdi.
Doctor Robiyaga tinchlantiruvchi
ukol qilib ketdi. Robiya uhlab
qoldi... Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi. “Salom.
Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”. Robiya SMS ovozidan
uyg’onib ketib, telefonini oldi.
SMS ni o’qidi. Kulib qo’ydi. Va
har doimgi javobini yozdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham
Xayirli tong! Rahmat juda zo’r
uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”
Yuborgandan keyin, telefoniga
qarab kulib qo’ydi. Oz kulib turib,
yuzi tezda o’zgardi. Axir qanaqa
qilib????? Hich narsaga
tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS
keldi. Telefonini qo’liga olishi
bilan, jiringlab qoldi. Sobir
telefon qivotti. Hayron bo’ldi.
Qanaqasiga. Nahotki adashdi.
Kecha uni kimdir olib keldiku.
Telefonni oldi. - Allo. Assalomu
Alekum. - Allo. Voalekum
Assalom. Siz Robiyamisiz. Hozir
SMS ni siz yozdingizmi? (kechagi
yigitni ovozi) - Ha. Manga SMS
keldi. Har kuni yozadigan
SMSlari. Javob yozdim. -
Kechirasiz. Telefon hali ham
manda turibdi. Sizga hich kim
SMS yozmadi. Sizdan SMS
kelganiga, o’qib hayron bo’lib,
telefon qildim. - Mana manga
SMS keldiku. Keyin yozdim.
Yozganimdan keyin esimga tushib, hayron bo’lib turgandim.
Siz telefon qilib qoldingiz...
(Sobir vafot etganiga so’ngi bor
ishonib, dodlab yig’lab yubordi.)
- Robiya. Afsusdaman. Og’irroq
bo’ling. Yig’idan foyda yo’q.
Robiya yig’idan to’xtamasdi.
Onasi kelib, qizini ovutgan bo’ldi.
Robiya yana yig’lab, yig’lab
charchadi. Uhlab qoldi. Onasi
Robiyani otasi bilan Sobirnikiga
fotixa o’qigani ketdi... Kelgandan
keyin onasi qizini boshiga kelib,
“sen albatta baxtli bo’lasan,
taqdiringga u yozilmagan ekan.
Boshqasi sani baxtli qiladi” dib,
peshonasidan o’pib qo’ydi. Ertasi
kuni tong. Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi. “Salom.
Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”. Robiya SMSni o’qidi.
Lekin javob yozmadi. Pichirlab,
siz o’lgansiz dib qo’ya qoldi.
Lekin bu unga g’ayri tabiiydek
tuyulardi. Tushga yaqin Sobirni
raqamiga telefon qilishni
dugonasidan so’radi. Birozdan
keyin dugonasi Robiyaga qaytib
qo’ng’iroq qoldi. Telefonni
boshqa yigit olganini etdi. U SMS
yozmagan ekan dib qo’shib ham
qo’ydi. SMS kelaverdi. Kelishdan
to’xtamadi. Har kuni. Bir xil
vaqtda, soat 6:00 da SMS
kelaverdi. 1 oy bir xil SMS.
Robiya Sobir bilan gaplashgan
oxirgi gapini esladi. “SMS
yozaman. SMSimni kutgin”
digandi. “Lekin qanaqa qilib, buni
imkoni yo’qku. Qanaqa qilib.
Ularni telefon raqamlaridan SMS
kelsade, lekin hich kim yozmagan
bo’lsa. Man javob yozsam borsa.
Mani rosa javob yozgim keladi.
Sog’indim dib. Rosa sog’indim.
Juda sog’indim. Tunlari
yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi,
sizni eslayverganimdan.
So’gindim dib yozgilarim keladi.
Lekin kimga yozaman. Man
yozganimni ular o’qimasalar.
Kimga yozaman????” shunaqa lar
dib yig’lardi. Yana tong. SMS
keldi. “Salom. Xayirli tong!
Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi?
Mana bugun ham usha vaqtda
SMS yozdim))”. Tanish xolat.
Qaytib qo’ng’iroq qildi. Boshqa
chiday olmadi. Telefonni
so’ramoqchidi. Bunday azobga
chidolmasdi. Telefonni bir boshqa
yigit oldi. - Allo. - Assalomu
Alekum. - Voalekim Assalom.
Eshitaman sizni. - Manga
haligacha SMSlar kevotti. Soat
6:00da. Avvalgidek. - (chuqur
ho’rsinib). Man Sobirni
akasiman. Uni telefonini man olib
yuribman. Avval etganizdan
keyin, kompaniyaga bordim. Ular
arxivni ko’rib, tasdiqlashdi. Keyin
telefon ustaga olib bordim. Ular
bunga SMS yuboruvchi
programma o’rnatilganini
etishdi. Unga SMS yozib,
hohlagan paytga yuborishga
qo’ysa bo’larkan. Sobir sizga
SMS jo’natishni har kungiga
qo’ygan ekan. Programmani
o’chirish uchun parol terish kerak
ekan. Afsuski bilmayman. Usta
o’chirsa, boshqa narsalar ham
o’chib ketar ekan. Ukamni
telefonida uni eslatuvchi ko’p
narsalar bor. Shunga o’chirtira
olmadim. Sizga etmoqchi edik.
Lekin qanday etishni bilmadim.
Nima dib o’ylashizni bilmadim.
O’zizni telefon qilishizni kutdim.
Sizdan bir iltimosim bor edi. Iloji
bo’lsa biznikiga keling. Onam
sizni ko’rmoqchi edilar. Ukamni
xonasi shunday turibdi. U yerga
oldin kirmasdilar. U o’lgandan
keyin, uni eslab xonasiga kirib,
sizni rasmlarizni ko’rdilar...
ushanga siz bilan |Uzbeklar.net|
ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang.
Hohlasangiz, uyizdan borib olib
ketishadi. - ... (uzoq o’ylanib.
Sobirni hurmati uchun ham rozi
bo’lishga qaror qildi). Hop. Faqat
oyim ham man bilan boradilar. -
Mayli. Sizni 11:00 larda olib
ketgani boraman. Manzilizni
etvoring. Robiya manzilini etdi.
Keyin onasiga etdi. Onasi boshini
egib, mayli ishorasini qildi.
Sobirni akasini ularni uyidan olib
ketdi. Uyda Sobirni onasi
Xadichaxon opa ularni yig’lab
kutib oldi. Yig’i orasida, “o’glim
yeta olmagan kelinim kelibdi”
digan so’zlari ham bor edi. Ular
Robiyani quchoqlab, rosa
yig’ladilar... Sobirni akasi o’zini
bolasini quchoqlab, homush
o’tirardi... Robiya onasi bilan
qaytib olib ketvotganda, akasi
gap boshlab qoldi: “Man ukamni
yahshi bilmas ekanman. Siz
haqingizda ko’p gapirardi. Sovchi
ham yubormoqchi edi. Afsuski...
Telefonini man olib yuribman.
Ishlatishgamas. Shunchaki uni
tanishlari, kimdir telefon qilsa
man gaplashaman. Ko’plar uni
olamdan o’tganini bilishmidi.
Tushuntiraman. Ko’plarni
kayfiyati juda tushib ketadi.
Manga ham qiyin. Har telefonda
uni eslab, uni tanishlariga javob
berish. Uni o’lganini eshitgan
tanishlari, u ko’p yahshilik
qilganini etib berishadi. Shu mani
ukammidi dib o’zimdan so’rab
qolaman. Hich qaysinisini man
bilmasdim. Tarixga yozilgulik
ishlar qilgan ekan. Undan
qovotganini bizani
eslashimizamas. Uni qigan
yahshiliklari ekan. Ushanga faqat
yahshilik qilish kerak ekan. Uni
birorta odam yomonlamadi.
Faqat afsus diyishadi. Ko’pchilik
akasidan o’rnak oladi. Havas
qiladi. Manda teskarisi. Ukamga
havas qilish. Undan o’rnak
olish... Sizga yana bir gap. Sizga
Sobirni unuting dimayman. Lekin
endi o’zizni hayotingizni qurishiz
kerak. Xotiralar bilan yashab
bo’lmaydi. Uni unutsez biza hafa
bo’lmimiza. U endi yo’q. Hich
narsani o’zgartirolmimiz. Yana
sizga boradigan SMSlar.
Hohlasangiz uni o’chirtirishim
mumkin. Kerak narsalarini
ko’chirtirib oldim. Shuni o’zizdan
so’ramoqchidim?” dib etib qoldi.
Robiya, indamadi. Faqatgina,
qolaversin dib etdi... Ertasi kuni
tong. Soat 6:00. Robiyani
telefoniga SMS keldi. “Salom.
Xayirli tong! Yahshi yotib
turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”. Robiya smsni yoddan
bilsa ham, baribir o’qidi. Keyin:
“Aldoqchi, uyqichi. Har doim
manga o’ziz yubormas ekansiz.
Man aniq bir vaqtda eslab
yuboradilar dib o’ylardim. Sizga
ishonardim. Yolg’onchi. Sizdan
nafratlanamaaaan, mani tashab
ketdiz” deb telefonini devorga
otib sindirdi. SIM kartasini olib,
uni ham sindirib tashladi. U endi
Sobirni unitmoqchi edi. Boshqa
telefon ishlatmoqchi ham
emasdi... Bir necha yillar o’tib,
taxminan 4 yillar. SIM karta
ishlatilmagi uchun shu raqam
qayta sotuvga chiqdi. Ancha
oldin sotuvga chiqdi. Chiroyli
raqam bo’lmagani uchunmi, yoki
nimadir sabab bu raqam
sotilmadi. Kompaniyadan bir
kishi bu raqamni sotib oldi. Uyga
kech keldi. Sumkasidan yangi
telefon olib, uni joyladi. Va uhlab
yotgan xotinini yoniga qo’yib
qo’yib, xotinini yuzidan o’pib
qo’ydi. Erta tong. Soat 6:00.
Yangi telefonga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”. Ayol cho’chib uyg’onib
ketdi. Yonida telefon turibdi.
Telofon bantik bilan o’ralib,
qog’oz yopishtirilgandi. Unga
“Robiya tug’ilgan kuning bilan
tabriklayman. Endi sanda ham
telefon bor. Oddiy raqam oldim.
Turmush o’rtog’ing Sanjar” dib
yozilgandi. SMS ni qayta o’qidi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi
yotib turdingmi? Mani uyg’onib,
sog’inib qolmadingmi? Mana
bugun ham usha vaqtda SMS
yozdim))”... Robiya pichirlab:
“Sog’indim, lekin oldingilaridam
ham ko’proq”.