Vaqt g'animat.

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.01.2016
  • Просмотров : 444
  • Коммент: 0
Ko'cha tomon ertalabdan nazar soldim,

O'z ishimla, o'z yo'limga qadam oldim,

Borarkanman atrofimga bir-bir boqib,

Insonlarga boqib asta o'yga toldim.

Ketayapti ana qarang kimdur ishga,

U qiz shoshayapti hoynahoy o'qishga,

Har insonni tashvishi bor o'z o'zicha,

O'ylamaydi kim qayerga shoshyapti-a?

Nazar soling atrofizga u yon bu yon,

Fikr qiling ey odamlar vaqt g'animat,

Manzillar bir shoshmoqdasiz ayting qayon,

Ey insonlar vaxt g'animat, umr karvon.

Ayting qachon onangizni yo'qladingiz,

Yo do'stizdan xabar oldiz ayting qachon,

Singlingizni xolini bir so'radizmi?

Ey insonlar vaqt g'animat, umr karvon.

Amma xola maylikuya aytmay turay,

Axir qanday inson bo'ldik o'ylamasak,

Zamon zayli shunday deymiz, vaxt yo' deymiz,

Ey insonlar vaqt g'animat, umr karvon.

Xato qilsa shayton yo'ldan urdi deydi,

Shaytonning yo'lidan yurib osh, non yeydi,

Ollox xuzurida ayting ne ham derdi,

Ey insonlar vaqt g'animat, umr karvon.

Oilangiz, bola chaqa g'amin yersiz,

Pul topasiz, kiyim-kechak olib berdiz,

Ammo mehr haqida nelar ham derdiz,

Ey insonlar vaqt g'animat, umr karvon.

Charchab xorib kelganizda ostonada,

"Dadajon" deb quchoq ochib yugurarlar,

"Charchaganman bor qoch"dan o'zga ne derdiz,

Ey insonlar vaqt g'animat, umr karvon.

Fikr qiling,o'ylang bir on,eslang oz moz,

Yoshligingiz qanday o'tdi yodga oling,

Mayli kegin siz bilganingizla yuring,

Ey insonlar vaqt g'animat, umr karvon.

Men hali ochilmagan gulning g'unchasi,

Bilmadim qaydan keldi so'zlar bunchasi,

Kumushbibi bilganicha qildi bayon,

Ey insonlar vaqt g'animat, umr karvon.


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.