Assalomu alekom aziz o'quvchi sizlarga bugun o'zimning ilk hikoyamni taqdim etimoqchiman. Ayrim hikoyarlardan ushbu hikoyaning farqi shundaki, bu hikoya biz yashab turgan jamiyatimizda o'z aksini topgan. Ko'p sevgi mavzusidagi hikoya va qissalar qahramonlari Kelishgan yigit va hurliqo go'zal qiz dev tariflanadi. Ushbu hikoyaning yana bir o'ziga hos jihati shundaki men hikoya qilib bermoqchi bo'lgan bu sevgi qissasi qahramonlari yani yigit va qiz uncha ko'rimsiz husinga ega edilar. Keling bir boshidan boshlasak. Birinchi qahramonimiz yigit bo'ylari uncha uzin bo'lmagan tim qora sochli oq sariqchadan kelgan edi. Umrida ovqat yemagan odamdek juda ozg'in va nimjon edi. Lekin u juda gapga usta yigitlardan edi. Boshqa yigitlar kuch bilan uni yengsa ham gapdan yenga olishmasdi. U o'ziga on yopishni yani Navvoychilikni kasb etgan edi. Ishiga pishshiq halol yigitlardan edi. |Uzbeklar.net| Gikoyamizning ikkinchi qahramoni qiz haqida malumot beradigan bo'lsak ko'r ko'rni qaro tunda uchratadi deganlaridek juda ko'rimsiz bezanishni o'ziga ep bilmaydigan sal to'lachadan kegan qoshlari qora ko'zlari sal qisuro qiz edi. U qiz bir ko'rishda yigitlarni ko'ziga tashlanadigan qizlardan ancha yiroqda edi. Qiz oilasi islom diniga qattiq rioya qiladigan taqvodor oiladan bo'lganligi sabab qiz ham hijobda yurardi. Shu yo'sinda savol tug'ilishi mumkin nega ikki sevishgan juda ko'rimsiz yigit qizdan tashkil topti deb. O'sha basavlat kelishgan yigit va juda husinga boy go'zal qizlarda bor yurak. ko'rimsizgina yigit qizlarda ham bor ularda ham sevgiga moil qalb bor. Biz buni doimo esdan chiqarib qo'yamiz. Yigit o'z ishidan hursand topish tutishi bilan uy ro'zg'origa yordami tegib yurgan payt o'sha qizni uchratadi. Iya ana halos birinchisi bo'lgani uchunmi hayajon bosdi shekil qahramonlarimizni ismlarini etmapmanu. Yigitniki Akmal. Qizniki Shohista. Akmal Shohistani birinchi bor ko'rganida hamma yigitlar singari unga etibor ko'zi bilan boqmadi. Ha Akmal Shohistani qayerda uchratdi deysizmi haqli va o'rinli savol. Akmal ishlaydigan Nonvoyxonaga Shohista non so'rab kelganida. Bir ko'rishli muhabbatmi yo Akmalning juda quvnoq muomalasmi bilmadim Shphistani non olgani aynan shu nonvoyxonaga yetaklab kelardi. U Akmalni har gal ko'rganida ich ichidan alla nimalar o'tayotganini xis qilardi. Go'yo uning qalbini unga begona hislar o'rnashib olayotgandek bo'lardi. Hullas Akmal va Shohista tezda til topishib ketishdi. tez kunda Akmal Shohistani yoqtirib qolganini sezmay ham qolishdi sevgi dardidan umuman begona bu ikki yosh kechalarni tongga ulab telefonda uzoqdqn uzoq suhbat qiladigan bo'lishdi. Bu muhabbat degan beshafqat tuyg'u ikki yoshni tobora bir biriga talpintiraverardi. Shoir DOHIY