Xullas shu yo'sinda kunu tunlar birin ketin bir birini quvlashda davom etaverishardi. Bu ikki yosh esa go'zal muhabbatining sarhush olamiga tushib qolgandek o'zlarini juda baxtli xis qilishardi. Ularning ko'zimga hayot yanada go'zal olam esa yanada yorqinroq ko'rinardi. Bu ikki yoshga havas qilguvchilar soni ko'paya boshladi. Turgan gapki havas bor joyda hasad ham bo'ladi. Ularni shirin muhabbatlarini ko'rolmaydigan kimsalar ham paydo bo'lgandi. Ular esa hech kimni gapiga pisand qilmay o'zlarining Ishq deb ataluvchi go'zal dunyosida sarmast edilar. Rashk. Bu tuygu muhabbatga juda yaqin ulfat. Ana o'sha tuygu sabab muhabbatning umri uzoq bo'ladi. Ammo asalning ham ozi mazzali deganlaridek haddan ortiq rashk ham insonni telba muhabbatni esa juda yovuz tuyg'uga o'xshatib yuborarkan. |Uzbeklar.net| Aynan ana shu haddan ortiq rashk Shohistani butun vujudiga hokimlik qila boshladi. Tabiiyki haddan ortiq rashk o'rtada jankallar sodir etadi. Akmalni hatto qari kampirlardan ham qizg'ona boshlagan Shohista kun ora o'z rashkini jilovlay olmay janjal boshlardi. Bilmadim bu ozg'in bo'yi past yigitni qayerini rashk qilardi. Nima bo'lganda ham uning hayoliga shubha gumonlar tumshiq tiqa boshlagandi. Go'yoki Akmalni kimdir op qochib ketadigandek. Bazida ey nodon qiz unga sandan boshqa .... qaramaydiku namuncha yonib kuymasem degingiz keladi. Lekin bu muhabbatning qudratiga tasanno aytish kerakki Shohista uchun Akmaldek mukammal yigit yo'qdek edi. Akmalga boshida Shohistani rashki juda moydek yoqardi. Ko'rmaganni ko'rgani qursin degandek bu yigit bechorani oldin uyidagi iti ham qizg'onmas edi. Shungami uni rashk qisa go'yo osmonda uchardi. Borib borib bu rashk Akmalga ham yoqmi qola boshladi to'g'ride hadeb bitta taomni istemol qilaversezam ko'nglizga tegib qoladiku.