Shunday qilib Shohistaning rashki tobora Akmalni medasiga tegib borar. Uni har xil hayollar iskanjasiga g'arq qilardi. Ammo Akmalning muhabbati ham chin edi Shohista buni ich ichidan bilib tursa ham negadir undan shubhalanardi. Hech bir ko'ngilli va ko'ngilsiz voqiya sababsiz bo'maganidek Shohistani Akmaldan shubhalanishiga ham o'ziga yarasha sabablari bor edi. Eng katta sabab bu uning holavachchasi Dildora edi. Dildora Shohistadan 4 yoshga katta ko'pni ko'rgan aniqrog'I ko'pchilikni ko'rgan sevgining jirkanch daryosida cho'milib yurgan qiz edi. U Shohistaga Akmalni kichik ayiblarini ham kattalashtirib aytar Akmalning muhabbati faqat tilida deb Shohistani aynitishga urinar bir so'z bilan ifoda etadigan bo'lsak. Shohistaning ko'ngliga Akmalni yomon ko'rsatardi. Akmalning birgina aybi yaqinda otasidan ajralib qolgandan so'ng ro'zg'or tashvishi bilan band bo'lib qolganligida edi. Ha Akmal otasining vafotidan so'ng juda ham odamovi holatiga tushib qolgan edi. U o'zini ishga sho'mg'itib shu bahonada bu dardlardan chalg'ish niyatida edi. |Uzbeklar.net| Shunday kezlar paytida ish ko'pligidan Shohistaga vaxt ajrata olmayotganini o'zi ham sezmasdi. Chunki sevganim hammasini biladi va meni tushinadi deb o'ylagan edi. Shohistaku tushinishga tushinardi agar o'rtada Dildora bo'lmaganida. Dildora esa battar uni aynitar u sendan to'ydi endi u o'zgasini topib olgan sening keraging yo'q deb battar Shohistani qiynardi. Bir kuni Dildora Shohistaga qarab gap boshladi: Shohi Akmal qilgan ishni nima sen qilolmiysanmi u boshqasi bilan yurganda sen yuromisanmi dedi. Shohista esa: Bo'lishi mumkin emas Akmal akam mendan boshqa bilan yurib ketomidi u meni sevadi menga xiyonat qilmaydi. deydi Dildora esa yo'q uni hatti harakatidan malum boshqasini topgani. Sen yaxshisi gapimga quloq sol seni orqa mahallamizdagi Doston degan yigit so'rayapti. Senga oshiq bo'lib qolgani aniq diydi. Shohista bu gaplarga etibor ham qilmaydi. Dildora esa kundan kun Akmalni qoralab Dostonni maqtashni kanda qilmasdi. Bu payt esa Akmal o'z dardi bilan yurgan edi tog'rida u shupaytgacha ishoniv suyanib kelgan otasini yo'qotgandi dard kelsa qo'shaloq deganlaridek endi oilani boqish ro'zg'or tashvishi ham uning kichik yelkasiga joylashgan edi. Shunda ham kuniga Shohistadan xabar olar uning dardini tinglashga har kuni vaqt topardi garchi Akmalni dardi o'ziga yetarli bo'lsa ham. Albatta bu o'tkinchi hayotimizda ota ona o'lmoqg'I meros deydilar. Lekin uning dardini ko'tarish ham juda mushkul albatta. Ana shu katta haqiqatni Shohista unitib qo'ygandek edi.