Shohista ichidagi dardlarini Akmalga aytmasa o'zini ham Akmalni adoyu tamom qilishini o'yladi va yurak yutib hamma gapni etdi. Akmal xiyonatning qashqatqich zarbasiga arang dosh berdi bu tabiiyki onson bo'lmadi. uch kun uydan ko'chaga chiqmadi Shohista bilan ham gaplashmadi. U qo'ng'iroq qilgan paytta ham telefonga javob bermadi. Va nixoyat to'rtinchi kun Shohistani oldiga chaqirib gap boshladi. Ha qalesan. Man yaxshi o'zizchi nimaga telefonga javob bermadiz shuncha payt. Man o'ylavotudim. O'ylab bo'ldizmi. Ha demak gap bunday. Man sanga shu qadar ishonardkmki hatto bir marta bo'sayam sandan shubhalanganim yo'q. Seni go'yo vafo yurti malikasi deb bilardim. Sen esa meni boshqa qizlar bilan ham yuribti menga xiyonat qilayabti deb o'ylab nafaqat sevgimga bo'gan ishonchini balki mani sanga bo'gan sevgimni yuziga oyoq bosish darajasiga yetding. Man otamdan ayrilganimda hamma alamimni ishtan olish uchun o'zimni ishga sho'ng'itgandim o'sha payt sandan ozgina etibor kutgandim san nima qilding mani xatto dardimmi eshitish u yoqda tursin anglab ham ko'rmading. Qani endi o'zing et kechirishga loyiqmisan. Shohista shundayam tilini boy bergisi kelmasdi. |Uzbeklar.net| Akmal aka mani kechirish kechirmaslini o'ziz hal qilasiz man kechirimga loyiqman dimiman o'zimni to'g'ri sizni qadrizi bilmasdan ahmoqlik qildim. Man sanga imkon bermoqchiman lekin bu degani sanga ishonaman degani emas. tushinndin. Chamasi qiriq daqiqalar davom etgan suhbatdan so'ng Shohista uyga qaytdi va o'ziga o'zi bu yo'lga boshqa qadam bosmayman deb qasam ichdi. Va shu ketishda Akmalni yanada qattiqroq sevib qola boahlagandi. Bilasizmi azizlar qattiq judayam qattiq sevib qolish ham odamni telba holatiga olib kelarkan. Juda kuchli sevgi insonni qalbidan o'z g'ururini va or nomusini ham badarg'a qilib yuborar ekan. Xiyonat ko'chasiga qadam bosib o'ziga tegishli xulosa chiqara olgan qahramonimiz ham ana shunday ko'yga tushib qolgandi. Endi uni ko'ziga na o'zini ota onasi va yaqin qarindoshlari balki o'zining or nomusi ham ko'rinmay qolgandi. U hayolida faqat bir narsani sevganing visoliga yetishni o'ylardi. Buning uchun oldidagi hamma to'siqdan o'tishga ham tayyor holatta edi. Oldingidek sevganiga nisbatan shubha gumonlardan asar ham qolmagan ediyu lekin rashki kuchaygandan kuchaygandi. Shuqadar kuchaygan ediki rashk qilaman deb o'zini ham ayamas edi bazi holatlarda. Kunlar shu tariqa davom etaverdi. Shohista Akmalga shu qadar mehir berardiki Akmal uning xiyonatini ham unitib yuborgan edi. Albatta o'zbekchilikda sovchilar degan narsa bor. Akmal o'z sovchilarini Shohistaning uyiga jo'natdi.