Xasta yurak

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 351
  • Коммент: 0
Shahar markazidagi köp qavatli
uylarning birida ko'zlari moviy,
sochlari tim qora, yanoqlari qizil,
go'zal bir qiz yashardi. U sira
jilmaymas, doim g'amgin yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka
chalingan va öz ölimini kutardi. U
har kuni
deraza oldida o'tirib, uyi
qarshisidagi bir daraxtga
termulardi. O'ziga-o'zi
shu daraxt barglarini to'kib
bo'lganida, men olamdan ko'z
yumaman deb ishonardi.
Oradan vaqtlar ötib kuz keldi va
daraxtning barglari asta- sekinlik
bilan
to'kila boshladi. Qiz bölsa kun
sanab
daraxtga tikilib ötirardi.
Ötayotgan har bir kun göyoki
oxirgisi
böladigandek tuyulardi unga.
Barglarning tezroq tökilib, bu
azoblardan
tezroq xalos bölishni istardi.
Nihoyat qish kelib daraxtda qöl
b-n
sanarli bir-necha yaproq qoldi.
Qizning bölsa rangi sönib borar,
umidsiz
yashashda davom etardi. Nihoyat
daraxtda bittagina barg qoldi.
Qiz shu
kuni har doimgidan
ham ma'yus va sölg'in edi. U tun
chökkanida, ertangi kun bu
hayotni tark
etaman deya yostiqqa bosh
qo'ydi. Shu kuni tunda qattiq
shamol bo'lib,
yomg'ir yog'di. Tong otib qiz
uyg'ondi va nafas
olayotganligini, hali tirik
ekanligini öylab, nima bo'lganiga
tushunmasdan deraza
qarshisiga bordi. Daraxtdagi
sönggi
yaproq xuddi kechagidek, sovuq
shamolda tebranib turardi. Qiz
jimgina
nigohini yaproqdan
uzdi va ertangi kunni kuta
boshladi. Ertasi kun yana tongda
uyg'onib
deraza tomon shoshildi. Zafaron
barg hamon öz joyida mag'rur
turar,
uning bu turishi qizni hayron
qoldirardi. Ertasiga, ertadan
keyin, va
undan keyin ham... Barg xuddi
hech qachon tökilmaydigandek
edi. Qiz
nima bölayotganligiga
tushunmas, lekin uning ham
osonlikcha jon bergisi
kelmas, hech bölmasa shu
bargchalik yasha u-n kurashgisi
kelardi. Unda
hayotga ishonch uyg'ongan va
eng muhimi yashashda davom
etardi... Shu
tariqa bahor kelib daraxt
yangidan kurtak chiqara
boshladi. Shifokor qabulida
bölgan qiz tuzala boshlaganligini
eshitib sevinardi. U ösha kuni
nihoyat najotkor yaproqqa qarab
tabassum
qilib qöydi...
Bu voqea möjiza va bir vaqtning
özida möjiza emas edi. Möjizaligi
shundaki, bu hodisa tufayli
hayotdan umidi uzilgan bir qiz
hayotga
qaytdi, möjiza emasligi esa bu
hodisaning asl sababchisi bilan
bog'liq edi.
Qizning uyi röparasidagi köp
qavatli uyda bir rassom yigit
yashardi. Yigit
röparadagi uyda
yashovchi közlari moviy, sochi
tim qora, lekin sira kulmaydigan
gözal
qizni yoqtirardi. U qizni har kun
soatlab kuzatar, uning suratini
chizishni
istar va bu surat asarlari
ichida "shoh asar" bölishini orzu
qilardi. U qizni kulib turgan
chehrada suratda tasvirlashni va
bu orqali qizga tabassum
naqadar yarashishini aytishni
istardi. Bir kuni u qizning og'ir
hastaligini va röparadagi daraxt
barglari tökilib bölgan kun joni
uzilishiga
ishonishini bilib oldi. U qizning
ma'yusligidan siqilar,
uning uzoq yashashini, baxtli
bölishini istardi. Qish kelib
daraxtda bitta yaproq qolganida
u qizda
yashashga umid
uyg'otish yölini topdi. U
haqiqiysidan farq qilmaydigan
darajada öxshash
barg rasmini chizib, sönggi
tunda unda daraxt shoxiga
mohirona örnatib
qöydi. Shu kuni kuchli yomg'ir
yog'di. Tongda qizning hayratini
körib, öz
ishidan sevindi. Ertasiga, ertadan
keyin, undan keyin ham... Yigit
har kuni
bargni almashtirib turardi, sovuq
kunda ham, qor yog'ganda
ham... U
qizning yashab ketishiga astoidil
harakat qilardi. Bahor kelgach,
qizning yuzida ilk marta kulgu
kördi. U endi nihoyat özining
"shoh
asari"ni chizishi
mumkin edi...


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.