Avtobusda odam unchalik köp
emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi
bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi.
Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar
band. Faqat orqaroqdagi o'rindiqlarning
birida14-15 yow atrofidagi qizcha jimgina
ko'chani tomosha qilib ketardi. Ayol o'sha
tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni
hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus juda
imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6 odam
chiqqach ayol battar o'ng'aysizlana boshladi.
Nihoyat uqarshisida o'tirgan ayollardan
biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz
yoshligimizda avtobusga o'zimizdan kattalar
chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga
hayronman. Masalan manavi qizcha (qo'li
bilan ko'rsatdi), ota-onasi har kuni nimani
o'rgatadi, bilmadim. O'tiriwini qarang"!
Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol
g'olibona nazarda qizchaga qarardi. U haq
gapni aytganidan yuzida mamnuniyat
sezilardi. Qizcha yerga qarab jim bo'lib qoldi.
Keyingi bekatda avtobus to'xtagach 23-24
yowlardagi bir yigit shoshilib chiqib
qizchaning yoniga keldi. - Akajon - qizcha
ko'zyoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni
ko'tarib oldi. Ular haligi ayolning yonidan
o'tiwarkan, qizcha halitdan beri ularga
ma'noliqarab turgan ayolga dedi:"Qaniydi
ota-onam bo'lsa..." Ayol jim edi. U
avtobusdan tushib qizchani nogironlik
aravachasiga o'tqazayotgan yigitni kuzatib
qoldi. "Uning ota- onasi 3 oy oldin
avtohalokatga uchragan, faqat shu qizcha
tirik qolgan", kimningdir ovozi ewitildi.
Avtobus yurgan vaqtda qizcha o'tirgan,
bo'w o'rindiqqa qarab qolgan ayolning
ko'zlaridan yosh tinmasdi... Yetimni yig'latish
Kab'aga tosh otish bilan barobar azizlarim,
bilib bilmay birovni ko'nglini og'ritishdan
o'zingizni tiying! Ushbu xikoyani bir
opamiz hikoya qilib berdilar. Alloh qilgan
gunoxlarimizni o'zi kechirsin!