Yolg'izlikka o'rgandim Azizam.
Charchadim,oxiri to’ydim baridan,
Oxiri yo’q yo’ldan,g’amlar qa’ridan,
Tuproqqa belagan oltin-zaridan,
Oxir seni yolg’iz dilim topadi..!
Be’mano umrimni sovurdim yelga,
Birorta foydamam tegmabdi elga,
Beribman o’zligim,ko’zdagi selga,
Yelkamda gunohim qo’nim topadi..!
Shaytoniy davralar,bo’lgandi manzil,
Behayo so’zlardan yasablar hazil,
Endi ko’tarolmay turibman zil-zil..
Yelkamda gunohim qo’nim topadi..!
Iymonsiz ulfatni,oshnodek bilib,
Orsiz nasihatni quloqqa ilib,
So’ngida ko’ksimni poralar qilib,
Yelkamda gunohim qo’nim topadi..!
Muhabbat neligin anglamay yashab,
Begona dillarda oshimni oshab,
O’z farzim,o’zganing yoniga tashab,
Yelkamda gunohim qo’nim topadi..!
Azizam,qachondir seni sevgandim,
Senining ko’zlaringda bahtni ko’rgandim,
E voh yolg’izlikka bugun o’rgandim,
Chilvir sochlaringni qo’lim topadi..!
Sen birovga zorsan,men ham senga zor,
Yaktan vujudimni aylabon bozor,
Bugun o’zligimdan bo’liblar bezor,
Endi izlaringni yo’lim topadi..!
Barcha bir-birini axtarar topmas,
Umr degan otliq bekorga chopmas,
Ammo yashayapman..bilaman bir kun..
Barchamizni bir-bir,o’lim topadi