Rossiya va Janubiy Koreya vakillari KXDR vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganini muhokama qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.01.2016
  • Просмотры: 472
  • Коммент: 0
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov hamda Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Xvan Chjun Guk telefon orqali muloqot chog‘ida KXDR tomonidan vodorod bombasi sinovi o‘tkazilganini muhokama qildi. Suhbat Koreya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Ikki tomon ham KXDR rasmiylari vodorod bombasi sinovi o‘tkazilganini e’lon qilgani munosabati bilan jiddiy tashvishlanish bildirdi. Shimoliy Koreyaning yadro salohiyatini oshirishga qaratilgan harakatlari BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining qo‘pol ravishda buzilishi ekanligi ta’kidlandi”, — deya ma’lum qilinadi Rossiya TIV saytida joylashtirilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya KXDR o‘tkazgan sinovni qoralagani haqida xabar berilgandi.
... Читать дальше »
Раздел: Новости мира

Twitter xabarlar uchun 140 belgidan iborat cheklovni bekor qilishni rejalashtirmoqda

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.01.2016
  • Просмотры: 418
  • Коммент: 0
Twitter foydalanuvchilarga hozirgi 140 belgi (ramz) o‘rniga 10 minggacha belgidan (ramz) iborat hajmdagi postlarni joylashtirish imkoniyatini berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
AQShning yetakchi yuqori texnologiyali kompaniyalari yangiliklarini yoritishga ixtisoslashgan Re/code saytining ma’lum qilishicha, Twitter yangi xizmatni shu yil birinchi choragi oxirigacha ishga tushirishni mo‘ljallangan, biroq aniq sana hozircha ma’lum emas.
Ekspertlar Twitter’dagi bu va boshqa yangiliklarni oktabr oyida kompaniya rahbariyatiga uning asoschilaridan biri Jek Dorsi qaytgani bilan izohlamoqda.
Раздел: Новости мира

Qor qamalida bir sutka qolib ketgan orenburglik Putinga shikoyat qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.01.2016
  • Просмотры: 441
  • Коммент: 0
Orenburg—Orsk trassasini qor bosganligi uchun mashinasida bir sutka qolib ketgan orenburglik Pavel Gusev prezident Putin, Orenburg viloyati gubernatori Yuriy Berg va mahalliy favqulodda xizmat rahbari Pyotr Ivanovga videomurojaat yo‘lladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mazkur videomurojaatda Gusev o‘zi kabi qor qamalida qolib ketgan haydovchilarga uzoq vaqt mobaynida yordam yetib kelmagani sabablarini tekshirib ko‘rishni so‘ragan. “Biz qayerga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bo‘lsa, bog‘lanib ko‘rdik. Bizga ‘kutinglar, texnika yo‘lga chiqqan’, deya javob berishardi. Oxir-oqibat aslini olib qaraganda hech kim yordamga kelmadi ham. Shu tufayli ko‘pchilikni sovuq urdi”, — deya ma’lum qilgan Gusev.
Orenburg — Orsk trassasini yil boshida qor bosdi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, trassada qolib ketgan odamlarni qutqarishda 150 kishi ishtirok etgan va 55 ta maxsus texnikadan foydalanilgan. Trassadan jami 84 kishi evakuatsiya qilingan, 12 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Noramiy manbalarg ... Читать дальше »
Раздел: Новости мира

Putin Shimoliy Koreya o‘tkazgan sinov haqidagi ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirib ko‘rishni topshirdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.01.2016
  • Просмотры: 382
  • Коммент: 0
Мoskva KXDR vodorod bombasi sinovini o‘tkazganligi haqidagi xabarlardan jiddiy tashvishda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
Rossiya rahbariyati sinovlar o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish va bundan tegishli xulosa chiqarish niyatida. “Vladimir Putin barcha o‘lchov stansiyalari, jumladan, seysmologik stansiyalar ma’lumotlarini sinchkovlik bilan o‘rganish va sinovlar to‘g‘risidagi xabarlar tasdiqlansa, vaziyatni chuqur tahlil etishni topshirdi”, — deya ta’kidlagan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya mazkur sinovlarni qoralagani, shuningdek, Janubiy Koreya vakillari bilan vaziyatni muhokama etgani haqida xabar berilgandi.
... Читать дальше »
Раздел: Новости мира

“Gazprom” Turkmaniston gazini xarid qilishdan bosh tortdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 04.01.2016
  • Просмотры: 434
  • Коммент: 0

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Turkmaniston gazini xarid qilishdan bosh tortdi. Bu haqda “Turkmangaz” davlat konserni matbuot xizmati ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Matbuot xizmatining izoh berishicha, mazkur qarorga xalqaro gaz bozoridagi vaziyatning o‘zgargani, shuningdek, “Gazprom eksport”da paydo bo‘lgan moliyaviy muammolar sabab bo‘lgan.

Turkmaniston tomoni Rossiya kompaniyasi bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirgan. O‘tgan yil iyunida “Gazprom” shartnomaviy narxlar ko‘rib chiqilishini talab qilib, Stokgolmdagi arbitraj sudida “Turkmangaz”ga qarshi da’vo qo‘zg‘agandi.

... Читать дальше »

Раздел: Новости мира
« 1 2 3 4