BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan yadro sinovi o‘tkazilishiga nisbatan rezolyutsiya bo‘yicha javob choralari yuzasidan darhol ish boshlaydi. Bu haqda 6-yanvar kuni Xavfsizlik kengashiga raislik qiluvchi urugvaylik diplomat Elbio Rosselli jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Kengash a’zolari sinovni qat’iy qoralab, uni Pxenyanga yadro quroli va ballistik raketa ishlab chiqarish bilan bog‘liq har qanday faoliyatni taqiqlovchi mavjud rezolyutsiyani jiddiy buzish deb baholadi.
Rossellining eslatib o‘tishicha, 2013-yilda KXDR tomonidan yer osti yadro portlashi amalga oshirilgandan so‘ng, Xavfsizlik kengashi sinovlar takrorlangan holatda javob choralarini qabul qilishga kelishib olgan edi.
“Ushbu qarorga muvofiq, Xavfsizlik kengashi a’zolari ushbu choralarni o‘z ichiga oluvchi yangi rezolyutsiyani ishlab chiqish bo‘yicha darhol ish boshlaydi”, — dedi u.
Rezolyutsiya KXDRga nisbatan amalda bo‘lgan sanksiyaviy rejimning kengay
...
Читать дальше »