Alvido, go'zallik..(1-qism)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 599
  • Коммент: 0
Saksoninchi yillarning oxirlari edi.
Sahro oxir-oqibat baribir yana sahroga aylanadi, degan
gapda haqiqat unsurlari bor shekilli, keyingi yillarda
choʻlning qoq kindigiga joylashgan qishlogʻimizdan
fayz ketdi. Bu narsa avvalo hosildorlik pasayib
ketganida koʻrindi. Keyin esa gurkirab oʻsib turgan
daraxtlar asta-sekin soʻla boshladi.
Keksalar sizot suvining yer sathiga koʻtarila
boshlaganini aytishdi. Dar-haqiqat, ayniqsa kuz
paytlari yer usti xuddi tuz sepib chiqilganday oqarib
qolardi. Xullas, yer shoʻrlamoqda edi.
Ovulimiz uch-toʻrt yil ichida ancha huvillab qoldi.
Sarmoyasi borlar shaharga koʻchib ketishdi,
eplaganlar esa yana togʻdagi asl qishlogʻimizga. Uylar
narxi ham birdan arzon boʻlib qoldi.
Shu zaylda tirikchiligimiz asta-sekin, anchayin zerikarli
tarzda oʻtib bormoqda edi. Men tezroq maktabni
bitirishni va biron institutga kirishni, ishqilib, bir
amallab qishloqdan chiqib ketishni orzu qilib yurardim.
Ovulimizning aksariyat erkaklari ichishni yaxshi
koʻrishar, shu sabablimi toʻylar janjalsiz oʻtmasdi;
ayollari esa kun boʻyi mol-hol tashvishi bilan band
edilar. Kechqurunlari, televizorda biron bachkana,
uzundan uzoq serial boʻlib qolsagina koʻpchilik
dasturxon atrofida oʻtirib, shuni tomosha qilishardi.
Mana shunday ikki tomchi suv yangligʻ bir xil oʻtib
borayotgan kunlarimizdan birida ovulimizda yaqinda
armiyadan qaytgan Muslim aka uylandi. Toʻyda
odatdagidek molday toʻyib ichib olgan erkaklar janjal
qilishdi, ayollar uy-uylariga narsa tashishdi.
Muslim akaning ushoqdaygina onasi, biz hammamiz
Marvarid momo deb chaqiradigan kampir bolalarga bir
belbogʻ parvarda sochqi qildi. Soʻng, bunga qanoat
hosil qilmadi shekilli, ichkaridan uch-toʻrtta katta-
katta boʻlak nov-vot qand olib chiqib ulashdi.
Bolalarga xudo berib qoldi.
Ishqilib, toʻy oʻtdi.
Avji yoz, dalada ish qaynagan payt edi. Biz paxta
ichidan beri kelmasdik hisob. Ana shunda avval
dalada ishlayotgan chopiqchilar orasida, undan
avvalroq esa ovulda Marvarid momoning yangi
tushirgan kelini behad suluvligi xususida gap-soʻzlar
oʻrmalab qoldi. Hatto joʻshib ketgan Omon traktorchi
«Ey, ammo-lekin bir qoshiq suv bilan yutib yuborsa
boʻlarkan-da», debdi. Bu maqtovga kelinchakni koʻrib
kelganlarning hayrati qoʻshildi. Hatto aytishlaricha,
ba’zi odamlar ishgayam toʻgʻri yoʻl qolib, Marvarid
momoning uyi yonidan oʻtib qaytadigan boʻlishibdi.
Bola-baqra-ku, bu hovlidan beri kelmasmish hisob.
Lof ham evi bilan-da, deb yuraverdik. Ammo tez orada
bu kelinchakning goʻzalligiyu tili shirinligi xususidagi
e’tiroflar shu qadar koʻpayib ketdiki, biz ham beixtiyor
bu yerda bir gap bor degan xulosaga keldik. Axir,
shamol boʻlmasa daraxtning uchi qimirlarmidi.
Choʻl shamolida rosa qoraygan, lablari, qoʻllari
taram-taram yorilib ketgan, faqat koʻz oqigina yiltirab
koʻrinib turgan qishloq ayollari yangi kelinchakning
husni haqidagi shivir-shivirlarga gʻayirlik bilan
qarashar, ba’zi sharttakilari esa «Bu nozik oyimcha biz
bilan bir hafta ketmon koʻtarib ishlasin, ana undan
keyin koʻramiz ahvolini» deyishardi.
Ayollar bashorat qilishgan ekan. Toʻydan keyin oradan
ikki hafta oʻtar-oʻtmas Muslim aka xotinini chopiqqa
chiqardi. Shunda biz koʻrdik, darhaqiqat, kelinchak
juda chiroyli edi. Ismiyam jismiga monand: Oysuluv.
Atlas koʻylak-lozim kiygan, yaltirab turgan sochi
taqimini oʻpadigan, oppoq yuzli, kipriklari uzun-uzun,
jismi nozikkina bu ayolni bolalar negadir «Kumush
checha» deb chaqirishardi. Oʻziyam kinodagi
Kumushga juda oʻxshab ketardi-da...
Oysuluv yanga yerga qaragancha iymanib turardi.
Shunda Muslim aka zalvorli ketmonni xotiniga
tutqazdi va atay qattiq ovozda dedi:
- Shu ketmon endi seniki, kampir. El qatori ishla,
eldan qolma. Iloji boʻlsa ishga erta kelib, kech qayt.
Ketmon chindan ham ogʻir edi. Oysuluv yanga yerdan
boshini koʻtarmasdan ketmonni olarkan biz uning
yanada nozik, ozgʻin va oppoq qoʻllarini koʻrdik va
beixtiyor «uv-v» deb yubordik: bu qoʻllar ketmon
uchun yaratilmagandi.
Muslim aka bir qadam oldinga chiqdi va qoʻllarini
beliga tiragancha xotiniga dagʻdagʻa qildi:
- Bu yer sening togʻdagi qishlogʻing emas, ey, paxta
qoʻy emas, qirda yurib oʻzidan oʻzi oʻsavermaydi.
Qiyinchilikka chidab ishlasang ishlaganing, boʻlmasa
oʻzingdan koʻr, ey...
Shu yoʻl bilan xotin zotini mensimasligini hammaning
koʻz oldida isbotlagan Muslim aka gerdayib shiypon
tomon yoʻl oldi.
Oysuluv yanga hadiksirab ketmonni qoʻliga oldi, soʻng
biz tomonga jovdirab qaradi. Biz indamay ishga
kirishdik.
E, xudo-yim, tabiat Oysuluv yangani bunchalar nozik
qilib yaratgan ekan-a! Bamisoli ketmon koʻtarsa bas,
butun vujudi shuvillab toʻkilib ketadiganday.
Oysuluv yanga ketmonni uquvsizlik bilan ushlagancha
bizning qatorimizga kirdi. Ha, ketmonni ham bilgan
chopsin ekan. Yangada na kuch bor edi, na mahorat:
ketmonni begona oʻtga toʻgʻri moʻljallab urolmas,
buning ustiga zarbasi juda kuchsiz edi. Halidan buyon
yangani gʻayirlik bilan koʻz qirlarini tashlab
kelinchakni kuzatib turgan qishloq ayollari piching gap
qilishga oʻtib ketishdi:
- Opamlar bir umr qoʻllarini sovuq suvga urmagan
shekilli... Choʻlga borib, keng uyning kelinchagi boʻli-ib
oʻtiraman deb oʻylagan-da... Ketmon chopish non ye-
eb oʻtirish emas...
Men shu tomonga qaradim va Oysuluv yanga
xijolatdan qizarib-boʻzarib, boʻgʻriqqancha kuchanib
ketmonni koʻtarayotganini koʻrdim. Yana bir
qaraganimda yanganing koʻzlariga jiq-jiq yosh toʻlgan
edi...
Odatdagi ishimizga kirishib ketdik.
Nogahon yanga qattiq ingrab yuborganini eshitdim.
Yalt etib qaradim. Oysuluv yanga oyogʻini chopib
olgan edi. Bu qanday sodir boʻlgan, tasavvur
etolmadim, ammo yanga oyogʻini chopib olgani rost
edi. Aftidan yanga sal kattaroq begona oʻt - shoʻrani
bir oyogʻi bilan bosib turib, soʻng ketmon urgan
shekilli. Xayriyatki, zarba kuchsiz boʻlgan. Ozgina qon
chiqdi, xolos. Yanga non tugib kelgan belbogʻni olib,
oyogʻini mahkam bogʻladi. Soʻng oqsoqlana-
oqsoqlana ishini davom ettirdi. Men nimadir bahona
qilib yangaga yaqin keldim va u kishidan kelayotgan
nafis boʻydan boshim aylanib ketdi.
Qayerdan eshitgani noma’lum, bir payt koʻzlari
qontalash Muslim aka oʻshshayib kelib qoldi va
uzoqdan turib xotiniga qarab baqirdi:
- Koʻzingga qarab ishlasang oʻlasanmi, ey...
Shu bilan oʻz burchimni ado etdim deb oʻyladi
shekilli, Muslim aka yana shiyponga, ichishni davom
ettirishga ketdi.
Bunday razm solsam bukchayib, kichkinagina juvonga
aylanib qolgan Oysuluv yanga piq-piq yigʻlayapti va
koʻz yoshlarini birovga koʻrsatmaslik uchun boʻlsa
kerak zoʻr berib ketmon chopayapti.
Hali aytganimday, dalada sharoit ogʻir, ichimlik suvi
yoʻq edi. Shu sababli biz oʻzimizcha «lotok» deb
ataydigan beton ariqdan oqadigan boʻtana suvdan
ichishga majbur edik.
Mana shunday suvdan borib ichdik. Ancha orqada
qolib ketgan Oysuluv yangaga qizib ketgan alyuminiy
idishda biroz suv olib keldik. Koʻzlari qizarib,
qaboqlari shishib ketgan yanga idishdagi boʻtana
suvga qarab hayron boʻlib qoldi. Buni koʻrgan
chopiqchi


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.