Unga tabiat behad go'zallik ato
etgan edi. Faqat uning o'zi bu
go'zallikni
ko'ra olmasdi. Qiz dunyoga ko'zi
ojiz bo'lib kelgandi. Shunga
qaramasdan
dunyo go'zalliklarini ko'rish
baxtidan bebahra qolgan qizga
boshqa bir
baxt nasib etdi: sevish-sevilish...
Yigit uni behad sevardi. Unga
turmushga
chiqish taklifini aytib
charchamasdi. "Qachonki sizni
ko'zlarim bilan ko'rsam, keyin
mayli,
turmushga chiqaman", - derdi
qiz har doim.
Ne baxtki bir kuni shifoxonadan
unga donor topildi va qizning
közini
operatsiya qilishdi. Operatsiya
muvaffaqqiyatli o'tdi, endi qiz
nafaqat o'z
go'zalligini balki dunyoning bor
ajib go'zalliklarini, osmonni,
gullarni va
eng muhimi, sevganini ko'ra
olardi. U yigitni topdi, ammo
bilsa yigitning
ham xuddi u kabi ko'zlari ojiz
ekan. Yigit
boshini egganicha so'radi: "Endi
meni ko'ra olasan, menga
turmushga
chiqasanmi?" Uning ko'rligini
bilgach xafsalasi pir bo'lgan qiz
javob
berdi: "Biz baxtli bo'lolmaymiz,
axir sen ko'rsan..." Yigit achchiq
jilmaydi
va ma'yus ovozda gapirdi: "Mayli,
endi oramiz ochiq... Men har
doim
baxtli bo'lishingni istaganman.
O'zingni va...mening ko'zlarimni
ehtiyot
qil..."