Maydonchada bolalar bir birini
quvib o'ynab yurishibdi..Bir
chekkada esa
bir yigitcha,ko'zlarini osmonga
qarab hayol surayapdi..
Rashid,qachon va
nima uchun bu yerga tushib
qolganini eslay olmaydi.. Faqat
shuni biladi-
ki,bu yerdagilar hammasi
kimnidir hatolari qurboniga
aylanishgan..
Tavoqasiga katta harflar bilan
"MEHRIBONLIK UYI’ deb yozib
qo’yilgan bu
maskan kimgadir juda
mehribonchilik ko’rsatgan
bo’lishi mumkun lekin
Rashidga emas..Har holda Rashid
shunday o’ylaydi.. Har safar
kimdir
farzand asrab olish uchun
kelganida,”meni ham kimdir
oilasiga olib
ketarmikan ?”degan ilinj bilan u
safning birinchi o’rniga o’tib
oladi..Lekin
nimagadir unga hech kim e’tibor
bermaydi.. Bunday harakat va
umid
bilan kutishlar,har safar davom
etarkan..Rashidning yuragidan
nimadir
chirs etib uzilgandek
bo’ladi..Uksinadi.. Hatto
tarbiyachi opaning unga
nisbatan ko’rsatgan
mehribonchiliklari ham kor
qilmay qo’yadi
o’shanda…!! O’zining honasiga
berkinvolib o’ksib o’ksib
yig’laydi..
Endigina 14 yoshga to’lgan
yigitchaning ayni o’smirlik
yoshidagi bu tahlid
holat kimgadir ajablanarli
ko’rinishi mumkun,ammo
o’zidan o’tganini o’zi
biladi.. Kutish… Vaqtlar
o’tmaqolmaydi..Bolalar
maydonchasiga
borganida do’stlarining
qiyqirishib o’ynashlari ham uni
yupatolmay
qoladi ba’zan… Shunday
kunlarning birida farzand
istagida bo’lgan bir
yoshi kattaroq ayol keldi..
Nimagarir u Rashidga qarab
uzoq turib qoldi…
Keksayib yoshi elliklarini
qoralagan bu ayolning unga bu
tahlid tikilishi
Rashidda umid uchqunlari
uyg’otdi.. U Rashidni yoniga
kelib,qo’lini
uzatdi… -Isming nima bolam..?!
"bolam”shu birigina so’z…!!
Naqdar
sehri,naqadar yoqimli eshitiladi
quloqqa..!! Rashidni yuragi
qinidan
chiqqudek bo’lib gupillab ura
boshladi..