O'qing faqat yig'lamang

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.02.2016
  • Просмотров : 408
  • Коммент: 0
Ösha kuni telefonim juda ko'p va
uzoq jiringladi. Kechasi bilan
uxlamasdan odnoklassnikida
o'tirganim uchun közimni
ochishga erinib,
uxlashda davom etdim. Lekin
telefon qayta-qayta
bezovtalanaverardi. Uyqisirab
telefon ekraniga qaradim, eng
yaqin
do'stim - Shahruz. Göshakni
ko'tarib javob berdim:
"Allo, qalaysan?" Jimlik. U javob
bermasdi. "Allo, Shahruz,
tinchlikmi?
Allo!" Yana jimlik. U mening eng
qadrli do'stim bo'lganligi uchun
xavotir
ola boshladim. "Allo.. allo ..." Uzoq
jimlikdan keyin uning
qayerdasan
og'ayni, degan ovozini eshitdim.
"Uydaman, tinchmisan? Nima
gap?" "Ha,
tinchlik. Hozir ko'chaga chiqa
olasanmi?" "Ha, albatta qayerga
borishim
kerak?" Uyimdan 150 km
uzoqlikdagi adressni berdi. "Men
shu
yerdaman, kelolsang kel,
kutaman",- dedi. Bosh qotdi,
uning ovozi
boshqacha eshitildi. Nimadir
bölganinini könglim sezardi.
Dadamning
mashinasini olib qochishga
to'g'ri keldi. Garaj darvozasini
ochdim,
mashinani xolostoy qilib
ko'chamizning boshigacha itarib
bordim. O'sha
yerda o't oldirdim va aytilgan
manzilga yo'l oldim. Roppa-rosa
bir yarim
soatlarda aytilgan joyga bordim.
Lekin u yerda Shahruz yo'q edi.
Uning
mashinasini ta'mirlab
bo'lmaydigan darajada
pachoqlanib ketgan holda
ko'rib qo'rqib ketdim va unga
qöng'iroq qila boshladim.
Telefonga javob
bermasdi. Qayta-qayta telefon
qildim. Özimni koyirdim. Tongda
telefonni
vaqtliroq kötarmaganim uchun.
U javob bermasdi. Nima qilishni
bilmay
qolgandim. "Sog'mikan? Menga
telefon qildiku! Biror
kasalxonada bölsa
kerak",- deb öylardim. Nihoyat
akasiga telefon qilishga qaror
qildim: "Aka
tinchmisiz? Shahruz qayerda?
Nega jimsiz? Allo... allo javob
bering..."
Yig'i ovozi eshitildi: "Shahruzning
umri qisqa ekan, uni topshirib
qo'ydik..."
Nima???!!! Telefonim qölimdan
tushib ketib sochilib ketdi. Butun
vujudimni titroq bosdi. Yuragim
tez urib, tomog'imga achchiq bir
nima
tiqildi. Közimga yosh quyilib
kelardi. "Bo'lishi mumkinmas! U
nega meni
kasalxonagamas, bu yerga
chaqirdi? Nega yoniga
chaqirmadi? Nega?"
Keyin darhol telefonimni yig'ib
oldim, har tugul yondi. Sms
kelgan ekan, ochdim: "Do'stim,
seni juda juda yaxshi ko'raman,
senga omonatim bor, mashinani
bardachokini qara, uni asrab
qöy, uzr,
shunaqa bo'lib qoldi,meni
unutma..." Dodlavordim:
"Yo'o'o'o'q!!!" Tel ni
endi özim yerga urib chil-chil
qildim. Mashinasining yoniga
borib bardachokni ochdim va
yana yig'ladim: suratlar...
Ikkalamizning
maktab davrimizda tushgan
rasmlarimiz. Yana tilla tross (uni
tug'ilgan
kuniga men sovg'a qilgandim).
Ortga qanday qaytdim,
bilmayman.
Do'stimni sönggi bor quchdim.
Faqat endi u jonsiz edi... Akasi
umrining
so'nggi daqiqalarida ham
qo'lidagi telefonini mahkam
ushlab olganligi
haqida aytib berdi. Shahruz,
og'ayni seni hech qachon
unutmayman.
Ohirating obod bölsin!


Раздел: Стихи / Рассказы
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.