Öttiz yoshlardagi kishi 6 yoshli
qizchasi bilan sayr qilib yurardi.
Ular gul
dökoni yaqiniga kelgach ota
bugungi bayram bilan tabriklash
uchun
qizchasiga gul olib bermoqchi
böldi. Gullarni körib sevinib
ketgan qiz
dadasidan mayin ovozda iltimos
qildi: "Adajon, oyimga ham gul
olaylik,
oyim yaxshi köradigan qizil
gullardan olaylik". Dadasi
qizchaning
sochlarini silab qöydi va u
aytgandek qizil gullardan xarid
qildi. Ular
yana biroz aylangach taksi
töxtatishdi va uyga yöl olishdi.
Qizcha özida
yöq xursand edi. Ötgan yilgi
bayramda bölgani kabi bugungi
bayramda
ham onasini astoydil
tabriklamoqchi edi. Qizcha
dadasiga yuzlandi:
"Adajon, oyimga özim yodlagan
she'rimni aytib bersam maylimi?"
Dadasi
qizchaning sochlarini silagancha
jilmayib javob berdi: "Mayli..."
Manzilga
yetib kelishgach, ular uyga
kirishdi. Qizcha qölida qizil
gullarni tutgancha
chopib oyisining xonasiga kirdi
va özi yod olgan she'rni ayta
boshladi:
"8-mart bugun, Onajonlar
bayrami...." Qizaloq she'rni
yakunlab
birdaniga yig'lab yubordi. Dadasi
ortidan kelib qizchaning
sochlarini
siladi, egilib peshonasidan öpib
qöydi. Qizcha yosh tölgan
közlarini
pirpiratib dadasiga qaradi:
"Oyijonimni judayam
sog'indim..." Devordagi
qip-qizil gullar osilgan suratdan
esa onasi qizchaga kulib qarab
turardi..